Umumiy qoidalar



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

120-modda. Besoqolbozlik
Besoqolbozlik, ya’ni erkakning erkak bilan zo‘rlik ishlatmasdan jinsiy ehtiyojini qondirishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(120-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
121-modda. Shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish
Xizmat, moddiy yoki boshqa jihatdan aybdorga qaram bo‘lgan shaxsni jinsiy aloqa qilishga
yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga majbur etish, —
uch yuz soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat og‘ir oqibatlarga olib kelsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat jinsiy aloqada bo‘lish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan
bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning 
uchinchi qismida 
nazarda tutilgan harakat:
a) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan;


b) yaqin qarindoshiga, sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan
shaxsga yoxud umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan;
v) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 
118

119

128 
va (yoki) 
129-
moddalarida 
nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
g) og‘ir oqibatlarga olib kelsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(121-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin