128-modda. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda
qondirish, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda
manfaatdor etish orqali sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning
118
,
119
,
121
va (yoki)
129-
moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) yaqin qarindoshiga yoki bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga nisbatan;
v) jabrlanuvchini tarbiyalash, o‘qitish va (yoki) unga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatlarini
bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan
zimmasiga yuklatilgan ta’lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan sodir
etilgan bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(128-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son) Oldingi tahrirga qarang. 128 -modda. O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki
mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni
g‘ayritabiiy usulda qondirish, —
uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha
axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan to‘rt yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan to‘rt yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(128 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)