v) o‘ta shafqatsizlik bilan;
g) g‘arazli niyatlarda;
d) diniy taassublar zamirida;
e) bir guruh shaxslar tomonidan;
j)
takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning
97
,
104
va (yoki)
105-
moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
z) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
i) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan
ashyolarni ishlatib sodir
etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan
shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli
bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida ko‘rish, so‘zlash,
eshitish qobiliyatini
yo‘qotishga yoxud biron a’zoning ishdan chiqishiga yoki uning funksiyalari tamoman yo‘qolishiga,
ruhiy holatning buzilishiga yoki sog‘liqning boshqacha tarzda yomonlashuviga, umumiy mehnat
qobiliyatining o‘ttiz uch foizidan kam bo‘lmagan qismining yo‘qolishiga yoki homilaning tushishiga
yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab bo‘lsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning
oltinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
b) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
v) o‘ta shafqatsizlik bilan;
g) g‘arazli niyatlarda;
d) diniy taassublar zamirida;
e) bir guruh shaxslar tomonidan;
j) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir
etilgan bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning
oltinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning
97
va (yoki)
104-
moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
v) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
g) jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(126 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Dostları ilə paylaş: