O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatmay uyatsiz-buzuq
harakatlar sodir
etish, —
ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan;
b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
v) o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan;
g) nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan;
d) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning
118
,
119
,
121
va (yoki)
128-
moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
e) yaqin qarindoshiga yoki bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga nisbatan;
j)
jabrlanuvchini tarbiyalash, o‘qitish va (yoki) unga g‘amxo‘rlik
qilish majburiyatlarini
bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan
zimmasiga yuklatilgan ta’lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan sodir
etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan
besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar zo‘rlik ishlatib yoki qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(129-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: