Umumiy ta'lim maktablarida o'quvchilarda qurilish chizmalarini o'qiy olish va uni bajarish ko'nikma va malakasini shakllantirish


Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8-9-sinflarida “Chizmachilik” o’quv dasturidan foydalanish yuzasidan tavsiyalar



Yüklə 142 Kb.
səhifə4/9
tarix15.06.2023
ölçüsü142 Kb.
#130768
1   2   3   4   5   6   7   8   9
UMUMIY TA\'LIM MAKTABLARIDA O\'QUVCHILARDA QURILISH CHIZMALARINI O\'QIY OLISH VA UNI BAJARISH KO\'NIKMA VA MALAKASINI SHAKLLANTIRISH

1.2 Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8-9-sinflarida “Chizmachilik” o’quv dasturidan foydalanish yuzasidan tavsiyalar.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8-9-sinflarida chizmachilik darslarini olib boruvchi o’qituvchilar mazkur o’quv dasturi tarkibidan o’rin olgan mavzular mazmuni va ular yuzasidan berilgan tavsiyalar bilan yaqindan tanishib chiqishlari zarur.Dastur mazmunida aks ettirilgan mavzularning ketma-ketlik taribi va ular uchun belgilangan soatlar hajmi imkon qadar o’zgartirilmasdan ilova qilingan taqvimiy-mavzuiy reja asosida darslar olib borilishi tavsiya etiladi.
Sakkizinchi sinf dasturining kirish qismida chizmalar tarixiga alohida e’tibor berib, O’rta Osiyoda chizmalarning shakllanishiga asos slogan buyuk mutafakkir olimlardan Abu Rayhon Beruniy,Abu Ali ibn Sinolar kabi buyuk ajdodlarimiz haqida ma’ruza qilinadi.
Chizma asboblari va o’quv qurollarning ro’yhati mashq daftariga yozib qo’yiladi.Chizma chiziqlarning asosiy beshta turi haqida keng ma’lumot berib,ularning bir-biridan farqi va vazifalari to’la bayon etiladi.O’lcham qo’yish qoidalari va chizma shriftlarning yozilishi ko’rsatib beriladi.Bunda hharflar va raqamlarning o’lchamlari(5,7,10) haqida to’la ma’lumot berilib,ularning yozilishi,konstruktiv tuzilishi bo’yicha guruhlarga ajratilib tushuntiriladi.
Dasturda geometrik yasashlar uchun ajratilgan soatlardan ufoydalanilgan holda har bir mavzu yuzasidan o’quvchilarning mashq bajarishlariga imkoniyat yaratiladi.Mazkur mavzular bo’yicha amaliy ishlar ko’proq mashq daftarida bajariladi.
Proyektsiyalash usullari mavzusini bayon etishda ko’rgazmali qurollar,maketlar,geometric jismlar,modellar,detallar va o’quv plakatlardan keng foydalanish zarur.Oktant va epyur haqida ma’lumot berilgandan so’ng,nuqta,to’g’ri chiziq va tekis shakllarning birinchi oktantidagi va epyurdagi proyektsiyalari ko’rsatib beriladi.Geometrik jismlarning proyektsiyalari haqida ma’lumot berilganda ularning modellaridan ko’proq foydalaniladi.Geometrik jismlarga detallarning tarkibiy elementi sifatida qaraladi.
Ko’rinishlar mavzusini bayon etishda proyektsiyalash usullari takrorlanib,mustahkamlanadi.O’quvchilar har bir ko’rinish nomlarini hotirada chuqur saqlab qolishi uchun qisqa muddatli mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi.Oddiy detallarning asliga qarab uning ko’rinishlari bajarilishi zarur.Detallarning bosh ko’rinishlar sonini aniqlash yuzasidan ko’nikmalar hosil qilinadi.
Chizmalarni o’qish mavzusida dastlab oddiy modellarning,ya’ni ishlov berilmagan detallar chizmalari tahlil qilinadi va geometric jismlarga ajratiladi.Bunda o’quv detallardan foydalaniladi.O’quvchilar chizmalarni o’qish tartibi va qoidalarini yod olishlari lozim.
Aksonometrik proyektsiyalar haqida umumiy ma’lumotlar berilib,ularning o’qlarini hosil qilish va elipslarini qurish ko’rsatib berladi.Izometrik va dimetrik proyektsiyalar yasash tushuntirilgandan so’ng,texnik rasm bajarish tartib-qoidalari bayon etiladi.O’qituvchi tomonidan sinf doskasida bajarilgan chizmalar mashq daftariga ko’chirilishi bilan barobar o’quvchilar mavzu mazmunidan kelib chiqib qisqa muddatli mashqlar bajarishi va o’tilgan materiallarni mustahkamlab borishlari lozim.
Sakkizinchi sinf o’quvchilarining dastur o’quv materiallari yuzasidan egallagan bilimlari reyting usulida baholanadi.Nazariy bilimlar test savollari orqali,amaliy bilimlar esa grafik topshiriq yordamida sinaladi.
Dastur mazmunida sakkizinchi sinflar uchun 8 ta grafik ish bajarilishi mo’ljallangan bo’lib,har chorakka 2 tadan to’g’ri keladi.Grafik ishlarning bajarilishi majburiy bo’lib,ularning mazmuni quyidagilardan iborat:
1-grafik ish chizmachilik chizmachilik shriftlari yuzasidan bajarilib,A4 format chizma qog’oziga hoshiya,asosiy yozuvi bilan birga 10-shrifda bosh va yozma harflar hamda raqamlar yoziladi.
2-grafik ishda chizma chiziqlarning 5 ta asosiy turlari aks ettirilib,ularning qalinligi,o’lchamlari ko’rsatiladi.Detal chizmasi misolida ularning vazifasi ifodalanadi va yozuvlari chizma shriftda(5,7) bajariladi.
3-grafik ish mazmunida tutashmalar bajariladi va o’lcham qo’yish qoidalari aks ettiriladi.Bunda oddiy tekis shakllardan foydalaniladi.Mazkur format qog’ozda qiyaliklar va konusliklar ham chiziladi.
4-grafik ishda lekalo va tsirkul yordamida egri chiziqlar bajarilib,bunda oval va elips chiziladi.Mazkur grafik ishlarning 2 tasi bajarilib,qabul qilingandan so’ng,o’quvchilarning bitta chorakdagi grafik faoliyatiga yakun yasaladi va xulosa qilinadi.
Ikkinchi yarim yil davomida ham 4 ta grafik ish bajariladi va dastlabki 5-grafik ish geometric jismlarning proyektsiyalariga bag’ishlanadi.Bunda ko’pyoqli va aylanish sirtli geometric jismlarning (bittadan) uch ko’rinishi chiziladi.Geometrik jismlar proyektsiyalarining birida o’qituvchi tomonidan belgilangan nuqtaning etishmaydigan proyektsiyalari topiladi.
6-grafik ishda o’quvchlar chizma tarkibidan maxsus olib tashlangan chiziqlarni to’ldiradilar.Mazkur ish oddiy simmetrik detal chizmalari yordamida bajarilib, to’g’ri burchakli proyektsiyalarning etishmaydigan chiziqlari to’ldiriladi.
7-grafik ish modelning asliga qarab eskizini bajarishga mo’ljallangan bo’lib,bunda katak daftar yok millimetrlarga bo’lingan qog’ozga (A4 format) oddiy detalning ko’rinishlarini chizish tavsiya etiladi.
8-grafik ishda detalning uch ko’rinishiga,asosan izometrik va dimetrik proyektsiyalari yasaladi.
O’lcham qo’yish tartib qoidalari 5-7-grafik ishlar mazmunida o’z ifodasini topishi lozim.O’quvchilar tomonidan bajarilgan barcha grafik ishlar o’qituvchi tomonidan ball qo’yib qabul qilinadi va amaliy bilimlarni o’zlashtirilishi yuzasidan xulosa yasaladi.Har chorak davomida o’tilgan materiallar yuzasidan o’quvchilarning egallagan nazariy bilimlari test savollari yordamida sinab ko’riladi.
9-sinf dasturi mazmunidan o’rin olgan o’quv materiallarini bayon etishdan oldin 8-sinfda o’tilgan o’quv materiallar takrorlanib,umumlashtiriladi.
Kesimlar va qirqimlar mavzusiga ajratilgan soatlar sonidan unumli foydalanilgan holda chizmalarda materiallarning grafik belgilanishi,kesim yuzasining shtrixlanishi tushuntirib o’tiladi.Qiya qirqim hamda uning kesilgan yuzasini haqiqiy kattaligi yasaladi.Aksonometriyada qirqim bajariladi.
Chizmalardagi shartliliklar va soddalashtirishlar haqida ma’lumot berilib,mazkur mavzu yuzasidan daftarga mashqlar bajariladi.Buning davomida eskiz bajarish qoidalari o’rganiladi va texnik rasm bajarish mustahkamlanadi.
Loyihalash elementlari haqida tushuncha berilgandan so’ng,mashq daftariga mazkur mavzu yuzasidan ddetalning shaklin va fazoviy holatini o’zgartirishga oid topshiriqlar bajariladi.Grafik redaktorining imkoniyatlaridan foydalanib,o’quvchilar format rom chizig’i shtampi va oddiy geometric modelning chizmasini bajaradilar.
Mashinasozlik chizmalari haqida umumiy ma’lumotlar berib,buyumlarning hamda hujjatlarning turlari bo’yicha tushuncha beriladi.Yig’ish chizmalari yuzasidan ma’ruza qilinib,ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar bilan tanishtirib,ularning vazifalari bo’yicha ma’lumot beriladi.Rezba turlari bayon etiladi va ularni chizmalarda belgilanishi ko’rsatiladi.Rezbali detallar va ularning birikmalari mashq daftariga chiziladi.
Qurilish chizmachiligi va sxemalar haqida umumiy ma’lumotlar berilib,mavzu yuzasidan chizmalar mashq daftariga bajariladi hamda chizmalarni o’qish yuzasidan topshiriqlar beriladi.Dastur mazmunida 9-sinflar uchun 8 ta grafik ish bajarish nazarda tutilgan bo’lib,ularning mazmuni quyidagilardan iborat:
1-va 2-grafik ishda kesimlar va qirqimlar talab qiluvchi detallar zaruriy ko’rinishlarida chizmalar bajarilishiga mo’ljallangan bo’lib,bunda tanlab olingan detal oddiy bo’lishi lozim.Har ikki grafik ish mazmunida ham o’lchamlar qo’yish bo’yicha ko’nikmalar hosil qilinishi nazarda tutilishi kerak.3-grafik ishning bundan oldingi 1-2-grafik ishlardan farqi shundaki,mazkur ish mazmunida yuqoridagilarni mustahkamlash bilan birga chizmalardagi soddalashtirishlar va shartliliklardan foydalanish bo’yicha bilimlar beriladi.
4-grafik ishda soda detallarning texnik rasmi qirqim qo’llangan holda bajarilib,mazkur mavzu bo’yicha 8-sinfda egallangan bilimlar yuzasidan ko’nikma va malakalar hosil qilinadi.
5-grafik ish loyihalash elementlariga oid topshiriqlarga bag’ishlanadi.Bunda berilgan vazifaga muvofiq narsaning shaklni va fazoviy holatini o’zgartirib tasvirlash bo’yicha topshiriqlar bajariladi.Topshiriqlar mazmunini murakkablashtirib yubormaslik tavsiya etiladi.
6-grafik ish kompyuterda ishlashga mo’ljallangan bo’lib ‘quvchilar grafik redactor yordamida chizma shriftlarni yozish,tekis va hajmli shakllarning tasvirlarini hamda oddiy geometric shakllarni yasash va berilgan jismning fazoviy holatini shuningdek, uning shaklini o’zgartirish bo’yicha topshiriqlar bajaradi.Bajarilgan vazifalar printerdan chiqarilib baholanishi tavsiya etiladi.
7-grafik ishda standart rezbali detallar zaruriy ko’rinishlarda chiziladi.Mazkur detallarning (bolt,gayka,shpilka va uning uyasi) o’lchamlari turlicha berilib,o’quvchilar uchun variantlar sonining ko’paytirlishi maqsadga muvofiqdir.
8-grafik ish mazmunida ettinchi grafik ishda chizilgan rezbali detallarning soddalashtirilgan holda boltli birikmasini uch ko’rinishi va shpilkali birikmasining esa,bitta ko’rinishi bajariladi.
1-va 2-grafik ishlar bajarilgandan so’ng,birinchi chorakka, 3-va4-grafik ishlarning bajarilishiga qarab o’quvchilarning yarim yillik faoliyatiga yakun yasalib xulosa chiqariladi.
5-va 6-grafik ishlar bajarilgandan so’ng uchinchi chorakka,7- va 8-grafik ishlarning bajarilishiga qarab ikkinchi yarim yillik bo’yicha o’quvchilarning grafik faoliyatiga yakun yasalib xulosa qilinadi.Mazkur grafik ishlarning barchasi A4 format qog’oziga bajariladi va o’qituvchi tomonidan ball qo’yib qabul qilinadi.O’quvchilarning o’tilgan materiallar yuzasidan nazariy bilimlari test savollari yordamida sinab ko’riladi.



Yüklə 142 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin