Umumiy ta'lim maktablarida o'quvchilarda qurilish chizmalarini o'qiy olish va uni bajarish ko'nikma va malakasini shakllantirish


II bob Boshlang’ich sinflarda integratsiyaviy o’qitishning pedogogik asoslari



Yüklə 142 Kb.
səhifə5/9
tarix15.06.2023
ölçüsü142 Kb.
#130768
1   2   3   4   5   6   7   8   9
UMUMIY TA\'LIM MAKTABLARIDA O\'QUVCHILARDA QURILISH CHIZMALARINI O\'QIY OLISH VA UNI BAJARISH KO\'NIKMA VA MALAKASINI SHAKLLANTIRISH

II bob Boshlang’ich sinflarda integratsiyaviy o’qitishning pedogogik asoslari.
Ilmiy texnikaviy axborotlarni jadal rivojlanishi,emperik va nazariy bilimlarni to’planishi sharoitida-ilmiy-yo’nalishlarni ko’payishi kuzatiladi.Fanlarni differentsiatsiyalanishi bilan bir borada unga teskari bo’lgan jarayonga,ya’ni integratsiyalanish jarayoniga extiyoj kuchayadi. Bu jarayonlar o’zaro chuqur bog’langan,chunki ishlab chiqarishni va uning texnologiyalarini rivojlanishi fanlarni mos yo’nalishigagina emas,balki fanlararo sintezga,integratsiya darajasiga va ko’lamiga ham bog’liq.Shu sababli fanlararo integratsiya ta’limda ham o’z aksini topishi kerak.Ta’limni to’laligini va fundamentalligini ta’minlash uchun esa ta’limda integratsion jarayonni hosil qilishni taqazo etadi.Ta’limga integratsiyan kiritish maktabga qo’yilayotgan hozirgi kundagi javob beradi.Talabning sotsial mohiyati-bu intelektual yuqori malakali shahsni tayyorlash.Xozirgi yoshlar atrof olam to’g’risida yaxlit tasavvurga ega bo’lishi kerak.Lekin fanlarni uzoqlashuvi maktab yoshlarini olam to’g’risidagi bilimlarini framentar bo’lib qolishiga olib kelmoqda.Vaholanki hozirgi dunyoda ekonomik,siyosiy,madaniy axborotlarni integratsiyalanishi yo’nalishidagi harakatlar kuzatilmoqda.Shunday qilib fanlararo bog’lanishlarni sustligi o’quvchilarda olam to’g’risida yahlit tasavvur xosil bo’lishiga to’sqinlik qilmoqda,oqibatda ularning tushunchalaricheklangan holatda shakllanmoqda.
O’zbekiston ta’lim standartlarida bu holat xisobga olingan bo’lib mazmunan va mohiyatan yaqin o’quv fanlari uchun integratsiya o’z aksini topdi.Ayniqsa integratsiya muammosi boshlang’ich sinflarda katta ahamiyatga ega,chunki bir o’qituvchi barcha fanlarni o’qitadi.[1]
Boshlang’ich ta’limda integratsiya xodisalarni local ajratilgan holatda o’rganishga emas balki ulani o’zaro bog’langan xolda kompleks o’rganishga imkon beradi.
Agar boshlang’ich sinf o’quvchilarini yosh hususiyatlarini xisobga olsak o’z o’zidan ma’lum bo’ladiki integratsiya ularni emotsional rivojlantirish bilan bir qatorda ijodiy fikrlashishini ham shakllantiradi va rivojlantiradi.Bunga sabab yosh o’quvchilarni qiziquvchanligi va yangi axborotlarni tez o’zlashtiruvchanligi.Integratsiyani hisobga olgan holda darsga tayyorgarlik ko’ruvchi o’quvchilar xam amalda olgan bilimlarini yahshi qo’llay oladilar.Integrativ ta’lim maktabdayoq o’quvchilarda olam to’g’risida jamiyat to’g’risida chuqur va to’la ma’lumot olishiga yordam beradi va atrof olamga nisbatan ularda to’g’ri munosabatni yaratadi.Shu tariqa integrativ ta’lim o’quvchilarda o’quv jarayoniga qiziqish uyg’otadi.Interaktiv o’qitish muammolari ko’p yetakchi uslubchi-olimlar faoliyatida o’z aksini topdi.Bular R.R.Mavlyanova,M.G.Lvov,V.G.Goretskiy,N.N.Svetlovskaya va boshqalar.
Integratsiya so’zini ma’nosini quyidagicha izohlash mumkin:bu rivojlanish natijasida sistemada yaxlitlkka va to’laqonlikka erishish.Buning omillaridan biri sistemadagi o’zarobog’lanishlarni mavjudligidir[3].
Ta’lim jarayonida integratsiya mohiyati nimadan iborat?
Ta’lim sistemasiga nisbatan integratsiya ikki xil xususiyatni ifodalashi mumkin:

  1. Maqsad-o’quvchida olam to’g’risida to’la tasavvur xosil qilish.

  2. O’qitish uslubi sifatida fanlararo bog’lanishlarni yuzaga keltirish uchun umumiy asos yaratilishi.

Integratsiya darajasi o’z navbatida katta ahamiyatga ega. Xususan yuqori darajadagi integratsiya har xil xarakterdagi bilimlarni xam o’z ichiga qamrashi mumkin.Shu sababli xozir ta’limdagi integratsiya ikki xil ko’rinishda borayotganini aytishimiz mumkin:
-fan ichidagi;
-fanlararo.
Lekin fanlararo integratsiya fan ichidagi integratsiya bilan bog’langan bo’lib yagona integratsiya maydonini hosil qiladi.
Predmet integratsiyasi ma’lmotlarni “preslashga”,ya’ni mavzularni yirik bloklarga mujassamlashga yo’nalgan.Shu tariqa fanlararo integratsiya fandagi integratsiyani ancha boyitishi mumkin.
Uslubchi olimlarni ta’kidlashiga qarganda ta’limdagi gumanizatsiya,axborotlashtirish,ekolik ta’lim keng tus olib borishi bu integratsiyaning bir ko’rinishi xolos.
Lekin boshlang’ich ta’lim integratsiyasi jarayonida foydali va foydasiz tomonlari ham bo’lishi mumkin.Masalan noqulayliklar:
1.O’quv fanlarini cheklanganligi.Lekin bu cheklanganlikni kompensatsiya qilish uchun olam to’g’risida chuqurroq ma’lumotlar berish mumkin.
2.O’qish,hisob va yozish bo’yicha chuqur malakaviy natijalarga erishish.
Bu degani ta’lim yo’nalishidagi o’quv materiallaridan tashqari qo’shimcha adabiyotlar bilan tanishib boorish,yozuv malakalarini har tomonlama rivojlantirish,matematik bilimlarini chuqurlashtirish.Rebert karilosning ta’kidlashicha boshlang’ich ta’lim vaqtida o’quvchilarda shakillangan bilim va malakalari ularning tabiiy qobilyatlari bilan bir xil darajada kelajakdagi bilim olish qobilyatlarini belgilaydi.
3.Integrativ ta’limni olib boorish qiyinligidan yana biri bu yosh hususisyatlarini xisobga olish.
Bu muammoni xal qilish uchun maxsus integrative ta’lim uslublarini va maxsus tayyorgarlik ko’rgan o’qituvchilarni tayyorlashdir.
Barcha yuqorida aytilganlarni xisobga olib ularni umumlashtirish mumkin:
a)Integrativ dastur bir-biriga yaqin sohaga tegishli bo’lgan fanlararo tashkil qilinganda ularning har-biri bir xil darajada teng “xuquqli”ishtrok qilishi ta’minlangan bo’lishi mumkin.
b)Integrativ dastur bir-biriga yaqin bo’lgan sohalar uchun hosil qilinganda biron fan asosida tashkil qilinishi ham mumkin.
v) Integrativ dastur xar xil lekin yaqin fanlararo ham xosil qilinishi maqsadga muvofiq bo’lib bunda xam fanlar teng “huquqli” qatnashishini amaliy jihatlari foydali boladi.
g)Yuqoridagilarga o’xshab integratib dasturni biron fan asosida tashkil qilib boshqa fanlar unga yordamchilar sifatida olinishi mumkin.
d)Bazida uzoq joylashgan fanlar orasidagi integrative bog’lanishlar ham aniqlanib bunday dasturlar ham tuziladi.
Masalan adabiyot fanining lingvistik masalalarida matematik hisoblashlar integrative ta’lim o‘qitishni jadallashtiradi va o’quvchilarda qiziqishni so’nmasligiga,aksincha o’sishiga olib keladi.Shu tariqa o’qituvchi ham qisqa vaqt davomida ko’p materialni berishga ulgiydi.
Ko’p holatlarda o’qituvchilar integrative o’qitishni qisman qo’llaydi.Ya’ni darsning bir qismida.
Bunda biz integrative usulda tayyorlangan bir darsni misol keltiramiz.
Ma'lumki, chizma geometriya va geometriya fanlarining negizi bir. Chunki, geometriya fanida tekislikdagi va fazodagi figura-larni matematik nuqtayi nazardan nazariy o'rganilsa, chizma geometriyada figuralarni tekislikda chizish yo'li bilan amaliy o'rganiladi. Shuning uchun geometrik figuralarni avval nazariy, so'ngra amalda chizmalarini chizish orqali anglash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Maktablarda (barcha ko'rinishdagi o'quv yurtlarida) chiz­machilik grafik ta'lim beruvchi fan hisoblanadi. Chizmachilik fanini o'qitish jarayonida o'quvchilarga awalo ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy-nazariy va amaliy meroslardan faxrlanish tuyg'ularini sing-dirish, ularni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash zarur. Buning uchun:
1. Umumiy o'rta ta'lim maktablari chizmachilik kursining mazmuni va didaktik tamoyillardan kelib chiqqan holda, chizmalarni o'qish va chizish bo'yicha standart talablariga binoan fazoviy yechimlar zarur bo'lgan chizma geometriyaning klassik metodlari nazariy asos qilib olinadi.

  1. Nazariy va amaliy (grafik) ishlar mazmunini chizmalarni o'qishda hamda ta'lim jarayonida loyihalash masalalaridan foydalanilgan holda xalqaro standartlarda qabul qilingan shartli belgilar bilan muvofiqlashtirish amalga oshiriladi.

  2. Maktab grafik ta'limi mazmuniga ajratilgan tasvirlash metodiga tegishli chizmalarni tanlashda, materiallarning texnik va amaliy mohiyati, hayotda qo'llash ko'lami kengligi ham hal qiluvchi rol o'ynashini e'tiborga olish kerak. Bunday tasvirlash metodi chizmachilikda asosiy hisoblangan to'g'ri burchakli (ortogonal) proyeksiyalash metodidir.

  3. Grafik ta'lim mazmunini tuzishda politexnik ta'lim vazifalari va turdosh predmet (fan) lar hamda mehnat tayyorgarligi talablarini hisobga olish zarur.

Ta'limdagi politexnik tamoyil o'quvchilarni o'quv va mehnat faoliyati obyektlarining politexnik mazmunini hamda uning o'qituvchi tomonidan ochib berilishi va o'quvchilarning qabul qilish tizimlarini ifodalaydi.
Aytib o'tilgan asosiy tamoyillarda quyidagi shart-sharoit-larni hisobga olish tavsiya etiladi:

  • hozirgi zamon ilm-fan va texnikaning rivojlangan, ishlab chiqarish taraqqiyoti vazifalari bilan uzviy bog'langan asosiy yo'na-lishlarini o'zida aks ettiradigan bilim, ko'nikma va malakalar tizimi;

  • o'quv materiallarining rivojlangan mamlakatlar grafik ta'lim mazmuni tajribalariga mutanosibligi;

  • o'quv predmetini o'rganish uchun tanlangan mavzu maz­munini belgilangan vaqt davomida o'quvchilar ongiga singdirish;

  • grafik ta'lim mazmunining hozirgi va istiqboldagi maktablar moddiy-texnika hamda didaktik vosita imkoniyatlariga muvofiqligi.

Grafik ta'lim hajmining majburiy minimumi umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarga berilishi zarur bo'lgan ta'lim mazmunini ifodalaydi. Maktab grafik ta'limi me'yorlarini belgilashda bitiruvchilar chizmachilik fanining asoslaridan standart doirasida nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishlari ko'zda tutiladi. Milliy istiqlol g'oyasini shakllanti-rishda chizmachilik fanining vazifalari O'qituvchining oldida quyidagi muhim savollar turadi: o'quvchilarga nimani o'qitish va qanday o'qitish? Ushbu savollarga istiqlolning dastlabki yillaridayoq qabul qilingan O'zRDSt. 1.0—92 O'zbekiston Respublikasining Davlat Standartlashtirish tizimi, „Ta'lim to'g'risida"gi, „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", Davlat Ta'lim standarti va o'quv dasturida bayon etilgan asosiy talablar hamda umumiy o'rta ta'lim maktablarida chizmachilik fanining asosiy vazifalari javob beradi.
Ushbu vazifalar o'qituvchidan chizmachilikni o'qitishda turli metodlardan samarali foydalanish hamda zamonaviy ta'lim berish usullarini izlashni talab etadi:

  • chizmachilikni o'qitishda yuqori malakali, ilg'or tajribali o'qituvchilarning o'qitish usullaridan foydalanish;

  • o'quvchilarning fazoviy tasavvur qilish qobiliyatlarini rivojlantirish va faollashtirish omillarini tatbiq qilish;

  • aksonometrik proyeksiyalarning qonun-qoidalarini tatbiq etish orqali qo'lda, ko'zda chamalab eskiz va texnik rasm chizishni mustahkam egallash usullarini tatbiq etish;

  • chizmalar chizish va ularni o'qish bo'yicha mustahkam bilim berish, ularda ko'nikma va malaka hosil qilish omillarini tatbiq etish;

  • o'quvchilarni mustaqil ijodiy fikrlashga, ishlashga o'rgata-digan omillarni izlab topish va ta'lim berishda joriy etish;

  • turli chizmalarni ijodiy mustaqil bajara olish malakalarini egallay oladigan omillardan foydalanish.

Davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturining bajarilishi har bir o'qituvchining Davlat va jamiyat oldidagi ma'naviy burchi hisoblanadi. O'qituvchi Davlat Ta'lim standartida bayon qilingan quyidagi belgilangan talablarni bajarilishini ta'minlaydi:

  1. Ta'lim dasturining bajarilish majburiyligi.

  2. O'quvchilarning o'quv yuklamalarining mukammal hajmini o'rganishlari va egallashlari.

3. O'quvchilarning o'quv ta'lim saviyasining mukammalligi.
O'qituvchi chizmachilikni o'qitishda quyidagi yo'nalishlarni
asosiy vazifa qilib olishi maqsadga muvofiqdir:
— chizmachilik texnika rivojlanishining ilmiy asosi ekanligi tushunchasini rivojlantira borish;

  • chizmachilik orqali texnikaga bo'lgan qiziqish, uning rivojlanishiga hissa qo'shish imkoniyati mavjudligiga ishonch hosil qilish tarbiyasiga ahamiyat berish;

  • chizmachilikning mohiyati, maqsadini tushuntirish, o'quvchilar qalbida fanga bo'lgan qiziqish, ishonch uyg'otish, ularda fikr, tushuncha, bilim, iste'dod, qobiliyatni shakllan-tirish;

  • chizmachilik o'quv-tarbiya jarayonining har bir bosqi-chida milliy istiqlol g'oyalarining uzviy rivojlanishiga ahamiyat berish.

Chizmachilik fanining asosiy manbalari:

  • ajdodlarimiz qoldirgan chizmalar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar;

  • O'rta Osiyo olimlarining asarlaridagi chizmalarga oid bilimlar;

  • to'g'ri va qiyshiq burchakli proyeksiyalar yasash naza-riyasi, chizma geometriya fani;

  • chizma geometriya, chizmachilik va perspektivaga oid turli adabiyotlar va ma'lumotnoma (spravochnik)lar.

Chizmachilik fanining maqsadi va uni o'qitishga qo'yila-digan talablar:

  • mutafakkir olimlarimiz, rassomlarimiz, xattotlarimiz ijodida chizmachilik ilmining paydo bo'lishiga qo'shgan hissa-larini o'quvchilarga yetkazish;

  • yoshlarni chizmachilik bilimlari bilan qurollantirish. Shu maqsadda texnik chizmalarni chizish va ularni o'qiy oladigan texnik kadrlar sifatida tayyorlash;

  • ta'lim-tarbiya jarayonida, milliy va tarixiy ma*naviyat omillari, umuminsoniy qadriyatlar mohiyatini tushuntirish;

  • umumiy o'rta ta'lim maktablarida chizmachilik kursi ta'limning umumiy maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Chizmalarni o'qish va chizish orqali bolalarning fazoviy tasawuri va mantiqiy tafakkurini, ijod, bunyodkorlik, loyiha-lash kabi sifatlarini rivojlantirish.

8-sinf o'quvchilariga chizmachilik fanidan beriladigan tushunchalar:
— chizmachilik haqidagi tarixiy ma'lumotlar, chizmachilik asboblari, moslamalari, buyumlari va ulardan to'g'ri foyda-lanish, ularni tekshirish va to'g'rilash;
— nuqta, to'g'ri chiziq, to'g'ri chiziq kesmasi, ko'pburchak.
6 aylana, yoy, radius, diametr, kvadrat, to'g'ri to'rtburchak, geo-metrik yasashlar, tutashmalar, urinmalar o'tkazish, to'g'ri chiziq kesmasini teng bo'laklarga bo'lish, o'zaro parallel va pefendikulag chiziqlar o'tkazish, konuslik va qiyalik;

  • masshtablar, standartlar, chiziq turlari, shriftlar, raqamlar, format (bichim) lar, asosiy yozuv, o'lchamlar qo'yish, shartlilik va soddalashtirishlar, oval va ellips yasash;

  • proyeksiyalar, proyeksiyalash asoslari, proyeksiya tekislik-lari, gorizontal, frontal, profil tekisliklar, proyeksiyalash turlari, markaziy proyeksiyalash, parallel proyeksiyalash, to'g'ri burchakli ortogonal proyeksiyalash, bitta tekislikka ortogonal proyeksiyalash, ikkita o'zaro perpendikular tekislikka, uchta o'zaro perpendikular tekislikda to'g'ri burchakli proyeksiyalarni hosil qilish;

  • ko'rinishlar, asosiy, bosh, qo'shimcha, mahalliy ko'ri-nishlar, oktant, epyur, tekis chizma hosil qilish;

  • geometrik jismlar va ularning proyeksiyalari, prizma, pa­rallelepiped, kub, piramida, silindr, konus, shar (sfera);

  • oddiy model ko'rinishlarini chizish, modellarni tahlil qilish, chizmalarni o'qish, yetishmaydigan (uchinchi) proyek-siyani aniqlash;

  • aksonometrik proyeksiyalar, qiyshiq burchakli frontal dimetrik proyeksiya, to'g'ri burchakli izometrik proyeksiya, yassi shakl, geometrik jism va model (detal) laming aksonometriyalarini yasash;

  • eskiz, eskiz chizish, texnik rasm bajarish, detallarni o'l-chash asboblari yordamida o'lchash.


Yüklə 142 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin