UMUMIY TA'LIM MAKTABLARIDA O'QUVCHILARDA QURILISH CHIZMALARINI O'QIY OLISH VA UNI BAJARISH KO'NIKMA VA MALAKASINI SHAKLLANTIRISH
Kirish
I bob Ta’lim mazmunining majburiy minimumi
Chizmalarni taxt qilish qoidalari.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8-9-sinflarida “Chizmachilik” o’quv dasturidan foydalanish yuzasidan tavsiyalar.
II bob Boshlang’ich sinflarda integratsiyaviy o’qitishning pedogogik asoslari.
2.1 Chizmachilik fanining nazariy vamilliy asoslari
2.2 Chizmachilik darslarida zamonaviy pedagogik axborot texnologiyalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Kurs ishining maqsad va vazifalari Umumiy o’rta ta’lim maktablarida chizmachilik ta’limi rivojlanib borayotgan mustaqil davlatimiz xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida yangi texnologiyaning yaratilishi va joriy qilinishida, zamanoviy ishlab chiqarish, fan –texnika taraqqiyotining jadallashtirishda hamda inson amaliy faoliyatida tutgan o’rni bilan belgilandai.Maktab chizmachilik kursi ta’limning umumiy maqsadlarini amalga oshirishga hizmat qilib, o’quvchilarning tabiat va texnikani ko’rgazmaliidrok etishga, predmetlarning tuzilishini va fazoviy munosabatlarini chuqurroq bilishga, ko’zbilan ko’rib bo’lmaydigan jarayonlar va hodisalarini sinchiklab o’rganishga yordam beradi. Shuningdek, chizmalarni o’qish va bajarish orqali bolalarning fazoviy tasavvuri va mantiqiy tafakkurini, texnikaviy ijod, bunyodkorlik, loyihalash kabi sifatlarni rivojlantiradi.
Maktab chizmachilik ta’limining maqsadi o’quvchilarni murakkab bo’lmagan texnik chizmalarni bajarishga, o’qishga va o’z fikrini grafik rasvirlar vositasida ifoda etishga o’rgatishdan iborat.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida chizmachilik ta’limining asosiy vazifalari:
O’quvchilarda chizmalarni taxt qilish qoidalarini va chizma asboblaridan o’z o’rnida foydalanish malaka va ko’nikmasini hosil qilish.
Bolalarda ish o’rnini to’g’ri tashkil etish, intizom va ijtimoiy mulkni asrab avaylash kabi fazilatlarni tarbiyalash.
Geometrik yasashlar, tsirkul va lekalo yordamida bajariladigan egri chiziqlar bo’yicha ko’nikmalar hosilqilish.
Proyektsiyalash usullarini o’rgatish, murakkab bo’lmagan detallarning to’g’ri burchakli hamda aksonometrik proyektsiyalarini bajarish ko’nikmalariga ega bo’lish
Chizmalar tarkibini tahlil qilish va o’qish malakalarini hosil qilish.
Bolalalrning fazoviy tasavvuri hamda grafik tafakkurini rivojlantirish.
Chizmalarda kesim, qirqim shartliklar va soddalashtirishlardan foydalan olishga o’rgatish.
Grafik redaktor yoradamida oddiy chizmaar yasash ko’nikmalarni shakllantirish.