“Umumiy tarix” kafedrasi Katta o’qituvchilar



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/19
tarix10.05.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#110493
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Dars tipi: Sinash. 
Dars usuli: Og’zaki bahs, munozara
Dars uslubi: “Aqliy hujum”. 
Dars didaktikasi: Markaziy Osiyo xaritasi, Yevropa davlatlari xaritasi, 
Markaziy Osiyo allomalarining va Yevropa madaniyati namoyandalarining 
suratlari, ularning asarlari nashr etilgan adabiyotlar, allomalarning hayoti va 
ijodiga bag’ishlangan ba’zi ma’lumotlar keltirilgan internet xabarlari, 
qo’shimcha adabiyotlar, tarqatma materiallar, matbuot materiallari. 
Darsning borishi:
1. 
Tashkiliy qism. Oquvchilar bilan salomlashish, navbatchi hisobotini 
tinglash, davomatni aniqlab, o’quvchilarni darsga jalb qilish. 
2. 
Yangi mavzu bayoni: 
Darsning rejasi: 
a). Savollar yozilgan jadvalni osib qo’yib ish boshlash. 
b). Javoblarni o’zaro tekshirish. 
v). Kichik guruhlarni o’zaro tekshirish. 
g). Jamoa bo’lib javob berish. 
d). Javoblarni yozib olish va muhokama qilish. 
Tayanch 
tushunchalar: 
Madaniy 
hayot. 
Madaniy 
hayotning 
ravnaqi 
ta’minlangan omillar. Markaziy Osiyolik allomalarning jahon taraqqiyotiga 
qo’shgan hissalari. 
Muammo: Dars jarayonida Markaziy Osiyo va Yevropa davlatlarining Uyg’onish 
davri madaniyatini rivojlantirgan omillarni qiyosiy tahlil qilib borish. 
Savollar. 
1. Somoniylar davridagi qanday tarixiy jarayonlar Xorazmning yuksalishiga, 
madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi? 


2. Nima uchun IX – XII asrlarda yurtimizda ilm – fan yuksak taraqqiy etdi? 
3. “Ikkinchi muallim” Farobiy ijodi haqida nimalarni bilasiz? 
4. Ibn Sinonig jahon fanida tutgan o’rniga baho bering. 
5. Beruniy va Zamaxshariy ijodini taqqoslang. 
6. Al – Marg’inoniyning “Hidoya” asari haqida nimalar bilasiz? 
7. Makaziy Osiyoda va Yevropa davlatlaridagi Uyg’onish davri madaniyati 
rivoj topgan davrni taqqoslang. 
8. Markaziy Osiyoda Yevropa davlatlariga nisbatan Uyg’onish davri ilgariroq 
boshlanganligining asosiy omillari nimalardan iborat? 
9. Markaziy Osiyo allomalari va Yevropa madaniyati namoyandalarining ijodi 
va faoliyatini taqqoslang. 
10. IX – XII asrlarda Markaziy Osiyodagi allomalarning jahon sivilizatsiyasiga 
qo’shgan bebaho xazinasiga baho bering. 
11. Yevropa madaniyati namoyandalarining jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan 
hissasiga baho bering. 
Yuqoridagi muammo va savollarga har bir o’quvchi va har bir guruh o’z fikr – 
mulohazalarini bildirib, bahs – munozara olib boradi. Bunda har bir o’quvchi 
(guruh) o’z fikrini izohlab, muammoni yechish yo’llarini ilmiy asosda ifodalab 
berishga intiladi. Bu esa o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, dunoqarashini 
kengayishiga, ko’proq manbalar, qiziqarli ma’lumotlar olish uchun intilishga, 
tarixga bo’lgan qiziqishlarini ortib borishiga olib keladi. 
Ushbu muammoni yechishda yuqoridagi barcha shartlar bajarilgandan keyin 
taklif va mulohazalar jamlanib muammoning yechimi aniqlanadi va yakuniy 
xulosa chiqariladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin