arboblardan Uyg’onosh davri madaniyati rivojiga o’z hissasini qo’shgan juda ko’p
buyuk shaxslar borki, ularning ilmiy faoliyati va salohiyati haqida ushbu
qo’llanmada fikr yuritiladi.
VIII – XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda katta va muhim o’zgarishlar
ro’y berdi. Movarounnahr va Xuroson arablar tomonidan to’lig’cha bosib olinib,
arab xalifaligi – imperiyasi tarkibiga kiritildi.
Yerli xalq arab mustamlakachiligiga qarshi to’xtovsiz kurash olib bordi va
asta – sekin IX – X asrlarga kelib bu yerda mustaqil davlatlar vujudga kela
boshladi. Mustaqil davlatchilik sohasida o’zaro urushlar davomida Somoniylar,
Qoraxoniylar, Ma’muniylar, G’aznaviylar, Xorazmshohlar birin – ketin
hukmronlik qilib, tarix sahnasiga kelib – ketdilar. Lekin shunga qaramay bu davr
madaniyati, ma’naviy hayotida juda katta ijobiy o’zgarishlar ro’y berdiki, ular
nafaqat Movarounnahr, balki butun musulmon Sharqi tarixida o’chmas iz qoldirdi.
Shuningdek, bizga ma’lumki, G’arb adabiyotlarida Yevropa mamlakatlarida
keskin madaniy yuksalishga olib kelgan XV – XVII asrlarni Renessans –
Uyg’onish davri nomi bilan yuritadilar. Biroq ko’pchilik mualliflar Sharqda
shunday jarayon bo’lganligidan ko’z yumadilar. Holbuki, IX – XII asrlarda
Markaziy Osiyoda Yevropadan bir necha asr ilgari madaniy yuksalish yuz
berganligini hech kim inkor eta olmaydi.
“U Yevropadagidek yangi siyosiy –
Dostları ilə paylaş: