tarix darslari jarayonida qiyosiy tahlil qilish orqali o’quvchilarda nafaqat millat
madaniyatiga, balki o’zga xalqlar madaniyatiga, tarixiga bo’lgan qiziqish, hurmat
orta boradi. Bunday his – tuyg’uni o’quvchilarga singdirishda hozirgi zamon
o’qituvchisi har bir dars jarayonida zamonaviy dars usullaridan, yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
O’z davrida va hozir ham dunyo xalqlari buyuk allomalarning va
olimlarning dunyo madaniyatiga qo’shgan hissasini yuqori baholaydilar. Hozirda
ularning ijodi va xalqlarga qoldirgan madaniy va ma’naviy merosi bilan nafaqat
Markaziy Osiyo va Yevropa xalqlari, balki butun jahon madaniyati va san’ati haqli
ravishda faxrlanadi. Zero, Prezidentimiz shunday degan edilar:
“Biz xalqni nomi
bilan emas, balki madaniyati orqali bilamiz, tarixning tag – tomirigacha nazar
tashlaymiz”
Dostları ilə paylaş: