Shu bois hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki, umumjahon sivilizatsiya beshiklaridan biri bo’lganligini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan va sayqal topgan. 4 Biron bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida
ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib,
o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy
merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbay
bo’lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay,
O’zbekiston xalqi avloddan – avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy vamadaniy
qadriyatlarini hamda o’ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p
asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy merosni tiklash
davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi.
Yurtboshimiz o’zining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va tarqqiyot kafolatlari” asarida quyidagicha mulohaza yuritib:
“Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan 4
I. A. Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. t. “Sharq”. 1998y. 3 – bet.
xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz. Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga