“Umumiy tarix” kafedrasi Katta o’qituvchilar


o’zlarida mavjud bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, balki xorijiy



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/19
tarix10.05.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#110493
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
o’zlarida mavjud bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, balki xorijiy 
mamlakatlar tajribasini qunt bilan o’rganib, mag’zini chaqib, undan keyin o’z 
o’quvchilariga saboq berishlari zarur”
8
. Shu sababli yangi dasturda 
umumbashariy qadriyatlar va istiqlol mafkurasi ruhida yoshlarga bilim brish asosiy 
maqsad qilib qo’yildi. 
Barcha zamonlarda barkamol avlod tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi 
bo’lib kelgan. Biroq dunyo xalqlarining barchasi ham bu haqda o’ylayvermagan. 
Bunday orzudagi insonlar azaliy ma’rifatga, madaniyatga mansub bo’lgan 
yurtlarning donishmandlari – eng mo’tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblanganlar. 
Ularning orasida O’zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan 
bobolarimizning o’z o’rni va hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati tomonidan qabul 
qilingan haqiqatdir. Barkamol avlodni tarbiyalash borasida o’z tariximizdan juda 
ko’plab dalillar keltirishimiz mumkin. Farobiyning “Fozil odamlar shahri” 
asaridagi g’oyani yodga olaylik. Unga ko’ra jamiyatning har bir fuqarosi – 
mansabi, tutgan o’rni, ya’ni kim bo’lishidan qat’iy nazar FOZIL kishi. Fozil inson 
o’z davlatining barcha qonun – qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi
8
“Ma’rifat” gazetasi. 1995 yil 11 oktabr. 


fikrlaydi, o’z kasbining ustasi, lozim bo’lganda Vataniga qalqon bo’ladi. Avvalo 
bunday fikr yuritish uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir – biriga 
hurmatda bo’ladi. Ota – ona va farzand, ustozu – shogird o’rtasida sharqona 
nazokat, mehr va ehtirom o’zi bobolarning ma’naviy darajasi naqadar yuksak 
bo’lganligini va albatta bunday fikr aytish bu borada ko’p asrlik meroslarni 
o’rganish natijasida vujudga kelishini ta’kidlash lozim. Demak bizning barkamol 
avlod tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma’naviy asos bor. Millatimiz urf – 
odatlaridagi, qonidagi ma’rifat tushunchasi, ilm va bilimga intilish xislati bir necha 
minga yillar davomida shakllangan va sayqal topgan. 
Bobolarning shu kabi o’y – fikrlari tildan – tilga ko’chgan, kitoblarda qolgan. 
Bundan xalq, ayniqsa, yurtboshilar xabardor bo’lishgan. Chunonchi, Sohibqiron 
Amir Temur ham buyuk davlat qurishda, ish yuritishda o’tib ketgan bobolarning 
o’gitlari, davr donishlarining maslahatlari bilan ishlaganligi tarixiy manbalardan 
ayon. Butun dunyoga ma’lumki, o’sha davrda ilm – fan rivoji uchun sharoit 
yaratilgan. Madaniyat rivojlangan, bugun dunyoni lol etayotgan osmono’par 
minorayu masjidlar bunyod etilgan. Bu davlatni barcha davlatlar eng yuqori 
madaniyat o’chog’i sifatida tan olishgan, o’z elchilarini jo’natishgan. Elchilarni 
yuborish mazkur davlatni hurmat qilish va tan olish natijasidir. Bizning 
mamlakatimizda ham mustaqillk sharofati bilan bobolar og’iti zamirida yosh 
avlodni tarlim – tarbiyasiga katta e’tibor berib kelinmoqda. Bu o’rinda 
Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimovning sa’y – harakatlarini alohida ta’kidlab 
o’tish joiz. 
Jamiyatimiz buyuk o’zgarishlar sari yuz tutgan bugungi davrda ta’lim sohasini 
tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak 
ma’naviyatli, erkin fikrlovchi barkamol yetuk shaxsni tarbiyalash hamda ta’lim – 
tarbiya jarayonini takomillashtirish orqali ta’lim samaradorligini oshirish talab 
qilinmoqda. 
O’zbekistonda bu borada so’nggi yillarda anchagina diqqatga sazovor ishlar 
amalga oshirildi. Eng avvalo “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash 


Milliy dasturi” qabul qilindi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ta’lim tizimining 
asosiy g’oyalarini o’zida mujassamlashtiradi. 
Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq umumiy 
o’rta ta’limning barcha bo’g’inlarida o’quvchilarning muntazam bilim olishi, 
ularda mustaqil ijodiy fikrlash, kasb tanlashga va atrof muhitga ongli munosabatni 
hosil qilish, milliy va umumbashariy qadriyatlarni hurmat qilish o’z Vataniga, 
xalqiga sadoqat, mehr – muhabbat ruhida tarbiyalash tamoyillari aks ettirilgan. Shu 
bilan birga har tomonlama kamol topgan, ta’lim va kasb – hunar dasturlarini ongli 
ravishda puxta o’zlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldidagi o’z fuqarolarni 
tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g’oyalar belgilangan. 
Mazkur uslubiy qo’llanmani yaratishdan maqsad ham umumta’lim maktablari 
tarix darslari jarayonida Markaziy Osiyoda ilk Uyg’onish davri madaniyatini 
Yevropa uyg’onish davri madaniyati bilan qiyosiy tahlil qilish natijasida millatimiz 
tarixining, madaniyatining jahon tarixida titgan o’rni va mavqeyi, ahamiyati haqida 
o’quvchilarda to’laqonli fikrlarni paydo qilish, ularni vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash, avlodlarimizdan qolgan madaniy merosimizni, milliy qadriyatlarimizni 
asrab – avaylash kabi hislarni tarbiyalash yo’llarini yangi pedagogik texnologiyalar 
asosidagi usullarda ko’rsatib berishga harakat qilishdir. Avvalo yangi pedagogik 
texnologiyalarga asoslangan noan’anaviy usullar haqida fikr yuritamiz. 
Ta’lim sohasida yuz bergan o’zgarishlar qatorida pedagogik jarayonning 
mazmun mohiyati, metodlar ayniqsa keskin o’zgardi. Yangi pedagogik 
texnoligiyalar amalga tadbiq qilina boshladi. 
Ilg’or pedagogik texnoligiyalar hozirgi davr ta’lim jarayonini yangi sifat 
ko’rsatkichlariga olib chiqishi mumkin bo’lgan metodlar tizimiga aylandi. Jahonda 
rivojlangan davlatlarning tajribasi ilg’or pedagogik texnologiyalarga asoslangan 
holda – o’quvchi yoshlarning bilim olishiga bo’lgan qiziqishi va ehtiyojlarini 
qondiribgina qolmasdan, yuqori malakali mutaxassislar yetishtirib berish 
vazifalarini ham hal etmoqda. 
Shunday ekan, maktablarda o’quvchilarga bilim berish ko’nikma va 
malakalarni hosil qilishda pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda ta’lim 


jarayonini yo’lga qo’yish jahon andozalariga mos keladigan mutaxassislarni 
tayyorlashga ulkan hissa qo’shadi. 
Shu asnoda yangi pedagogik texnoligiyalar asosida test reyting tizimi keng 
qo’llanila boshlandi. Ularning ta’siri ostida ta’lim – tarbiya jarayonining tarkibiy 
qismlari kengaydi. Aniq hisob – kitoblar, o’lchamlar, rejalar, dasturlar, xilma – xil 
shakllar asosida texnologik yondashuv, shuningdek, darslarni noan’anaviy 
usullardan foydalangan holda o’tish joriy etildi. 
Bugungi kunda noan’anaviy dars usullari 3 asosiy turga bo’linadi: 
A). Mutaxassis chaqirish. 
B). Muammoli dars o’tish. 
S). Boshqa noan’anaviy usullar. 
Hozirgi vaqtda ilg’or pedagogik tajriba asosidagi bir qancha usullar bo’lib, 
ularning ko’plari ilg’or (yangi) pedagogik texnologiya asosida interfaol usullar 
sifatida qabul qilingan. Bularga:
*** “Masofali ta’lim”; 
*** “Aqliy hujum”; 
*** “Noma’lum shaharga sayohat”; 
*** “Fan ajoyibotlari”; 
*** “Internet”; 
*** “Tarixiy shaharlar tilga kirganda”; 
*** “Oltin uchlik”; 
*** “Sinovga tayyormisan?”; 
*** “Zinama – zina”; 
*** “Zakovat”; 
*** “Zanjir” va hokazo. 
Avvalo ba’zi bir interfaol usul haqida batafsil to’xtalib o’tamiz. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin