“Umumiy tarix” kafedrasi Katta o’qituvchilar


kiritgach, o’z taqdirining chinakam egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga xos



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/19
tarix10.05.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#110493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
kiritgach, o’z taqdirining chinakam egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga xos 
milliy madaniyatning sohibiga aylandi
5
 – degan fikrlarni aytgan edi. 
Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk 
ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi 
fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat maktabiga 
aylanmoqda. Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql – idrat bilan ma’naviy jasoratni, 
diniy dunyoqarash bilan qomisiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk 
arboblar ko’p bo’lgan. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi tarqqiyotiga 
qo’shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum. Tarixiy tajriba, 
an’analarning meros bo’lib o’tishi, bularning barchasi yangidan – yangi avlodlarni 
tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog’i lozim. Bizning madaniyatimiz 
butun insoniyatni o’ziga rom etib kelayotgan markaz bo’lib qolayotganligi 
tasodifiy emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar va san’at ixlosmandlari 
uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar 
uchun ziyoratgohga aylangan. O’zbek olimlarining kuch – g’ayratlari bilan 
tariximizning ko’pdan – ko’p g’oyat muhim sahifalari, eng avvalo, temuriylar 
davri tarixi hamda XIX asr oxiri – XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi. 
Shuni esda tutish muhimki, o’tmishimizni “oqlash” vazifalari umuman olganda 
bajarib bo’lindi; hozit esa asosiy vazifa tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan xolisona va 
halol amalgam oshirishdan iboratdir. 
Olimlarimiz eng yaxshi an’analarni o’zlashtirib, tarixiy merosimizni chuqur 
o’rganib, buyuk ajdodlarining ishlarini munosib davom ettirmoqdalar. Ilmiy 
ziyolilarimizning muhim fazilati hamma vaqt bilimga, ilg’or ilmiy tafakkurning 
oldingi marralarida bo’lishga intilishidan iborat. Ular yangi, kam o’rganilgan, 
dolzarb muammolarni tadqiq qilishga dadil kirishib, o’z mehnatlari bilan 
respublikani ijtimoiy 
– iqtisodiy rivojlantirishga,innovatsiya salohiyatini 
5
I. A. Karimov. “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid,barqarorlik shartlari va tarqqiyot 
kafolatlari”. T. “O’bekiston”. 1997. 137 – 138 – betlar. 


mustahkamlashga sezilarli hissa qo’shmoqdalar. Hozir O’zbekiston Markaziy 
Osiyodagi yirik ilmiy markazdir. Bu markaz tadqiqot uchun zarur bo’lgan 
rivojlangan moddiy asosga, keng ilmiy fondga, malakali ilmiy kadrlarga ega. 
Ularning mehnati butun dunyoga e’tirof etilgan. 
Respublikaning ilmiy – tadqoqot majmui akademiya, oily o’quv yurtlari va 
tarmoq yo’nalishidagi 362 muassasani, shu jumladan, 101 ilmiy tadqiqot 
institutini, oily o’quv yurtlaridagi 55 ilmiy – tadqiqot bo’linmalarini, 65 loyiha- 
konstruktorliktashkilotini, 32 ilmiy – ishlab chiqarish birlashmasi va tajriba 
korxonalarini, 30 axborot – hisoblash markazini o’z ichiga oladi. Ilmiy 
salohiyatning o’zagi O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasidir. U 
mintaqadagi yetakchi yetakchi ilmiy va tajribamarkazi bo’lib, yarim asrdan 
ortiqroq tarixga ega. Vatanimiz mustaqillikka erishgandan keyin ushbu zaminda 
yashagan, shu zaminda o’z ilmiy faoliyatini olib borgan allomalarning ilk 
Uyg’onish davridagi faoliyatini o’rganish, ularni ilm – fan taraqqiyotiga tadbiq 
etish natijasi Respublikamizning aql – zakovat salohiyatini rivojlantirishga, xalqaro 
ilmiy – madaniy aloqalarni kengaytirishga jamiyatshunos olimlarimiz, birinchi 
navbatda, tarixchilar, arxeologlar, etnograflar, tilshunoslar va adabiyotshunoslar 
katta hissa qo’shdilar. O’zbek xalqining etnogenezini o’rganish va uning xolisona 
tarixini qayta yaratish, an’analari, turmush tarsi va madaniyatini o’rganish bilan 
bog’liq ishlar juda katta qiziqish uyg’otmoqda. Prezidentimiz: “O’z aql – zakovat, 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin