“Umumiy tarix” kafedrasi Katta o’qituvchilar


anglash, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, halollik, poklik, insof, diyonat



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/19
tarix10.05.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#110493
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
anglash, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, halollik, poklik, insof, diyonat, 
iymon, intizomlilik, o’z qadrini bilish, go’zallikni sevish kabi xislatlarni kamol 
toptirish vositasidir. Bu fan “O’zbekiston tarixi” ning uzviy davomi bo’lib, 
o’quvchilarning dunyoviy bilimlarni chuqur egallashlarida nihoyatda katta manba 
9
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. T. “Sharq”. 1999 y. 137 – bet.


vazifasini o’taydi. Mamlakatimiz ijtimoiy – siyosiy hayotini teranroq anglashga va 
uni boshqa mamlakatlardagi ijtimoiy – siyosiy hayot bilan solishtirib zarur nazariy 
– ilmiy, g’oyaviy – tarbiyaviy xulosalar chiqarishga hamda milliy istiqlol 
mafkurasining shakllanishiga yordam beradi. Yosh avlodni vatanparvarlik tuhida 
tarbiyalaydi, o’z vatanining qadriga yetishga, uning ozodligi, kelajagi uchun jonini 
fido qilishga tayyor bo’lishga yordam beradi. Voqea va hodisalarni, jumladan, 
Uyg’onish davri madaniyatining ba’zi ko’rinishlari, rivoji o’zaro dialektik 
bog’liqlikda ekanligini tushunishga yordam beradi hamda “O’tmishsiz kelajak 
yo’q”, degan tarixiy haqiqatni teranroq anglashga undaydi. O’zbekistonning jahon 
xalqlari tarixida tutgan o’rnini ilmiy to’g’ri baholashga, uning dunyo 
hamjamiyatidagi mavqeini yanada oshirish va mustahkamlash hamda inson 
omillarining faollashuviga ko’maklashadi. O’zbek xalqi tarixini boshqa xalqlaqr 
tarixi bilan qiyoslash baynalmilalachilik tarbiyasining muhim vositasidir. Bu fanni 
o’rganish natijasida boshqa millat va xalqlarni hurmat qilish, ularning urf – odatlari 
va tarixini qadrlashga, umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish hissini 
tarbiyalashga yordam beradi. Buning uchun ta’lim muassasalarida tarix darslari 
jarayonini samarali tashkil etish bilangina erishish mumkin, deb o’ylaymiz. Shu 
bois, mazkur uslubiy qo’llanmani yaratish jarayonida shu narsani his etdikki, yana 
shu narsaga amin bo’ldikki, ta’lim muassasalarida tarix o’qitishning 
samaradorligini oshirishning muhim sharti ta’lim jarayonlarida noan’anaviy 
darslardan foydalanish sanaladi. Bunday darslardan foydalanish, avvalo, 
o’quvchilarni ijodkorlikka, faqat darslik bilan emas, balki qo’shimcha adabiyotlar 
va matbuot materiallaridan foydalanishga undaydi. Shu bilan birga o’quvchilarning 
bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini orttirish va bilish faoliyatini faollashtirishga 
zamin tayyorlaydi. 
Zamon bilan hamnafas ishlayotgan har bir o’qituvchi o’quvchilardagi istak va 
orzularni amalga oshirish uchun ta’lim jarayonida tinmay mehnat qilmog’i lozim 
deb hisoblaymiz.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin