Kishilik taraqqiyotiga o’zining ochmas ulushini qoshib, mamlakatimiz
shuhratini olamga taratib, tarix sahifalariga abadul – abad muhrlangan
Muhammad al – Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek,
Imom al – Buxoriy, Imom at – Termiziy, Bahouddin Naqshband, Alisher Navpiy
singari ulug’ siymolarni yetishtirgan millat har qancha g’ururlansa arziydi
11
.
Bir haqiqatni o’quvchi yoshlarga tarix darslari jarayonida singdirish lozimki,
11
I. A. Karimov. Ahmad al – Frag’oniy haykalining ochilishiga bag’ishlangan marosimda so’zlagan nutqi. “Xalq
so’zi”. 1998. 24 oktabr.
o’zbek zaminida asrlar davomida fan va madaniyatning turli sohalarida buyuk
iste’dodlarning parvarish topgani bejiz emas. Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday
o’zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan
jarayonlar, kashfiyotlar o’z – o’zidan yuz bermaydi. Buning uchun, avvalo asriy
an’analar, tegishli shart – sharoit, tafakkur maktabi, madaniy – ma’naviy muhit
mavjud bo’lmog’i kerak. Millatning tabiatida, qonida, nasl – nasabida ezgulik va
ma’rifat sari intilish mafkurasi va qonuniyati jo’sh urishi lozim. Biz xuddi mana
shunday ajdodlarning vorislarimiz. Ular bizga qoldirgan madaniy va ma’naviy
merosni asrab – avaylash, uni kelajak avlodlarga yetkazish muqaddas
burchimizdir.
Bularni yosh avlodga ta’lim jarayonida yetkazish esa har bir zamonaviy
pedagogning vazifasidir. Shu bois, bitiruv malakaviy ishimizni yozish jarayonida
shu narsani his etdikki, ta’lim muassasalarida tarix o’qitishning samaradorligini
oshirishning muhim sharti ta’lim jarayonlarida noan’anaviy darslardan foydalanish
sanaladi. Mana shu jihatlarni hisobga olgan holda ushbi bitiruv malakaviy
ishimizda tarixiy ta’lim – tarbiya jarayonida dars samaradorligini oshirish
masalalari yuzasidan fikr yuritdik.
Yuqoridagi fikrlarimizdan kelib chiqqan holda, tarix ta’limida quyidagi
noan’anaviy dars usullarini qo’llash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
“Masofali ta’lim”, “Aqliy hujum”, “Noma’lum shaharga sayohat”, “Fan
ajoyibotlari”, “Internet”, “Tarixiy shaharlar tilga kirganda”, “Oltin uchlik”,
“Sinovga tayyormisan?”, “Zinama – zina”, “Zakovat”, “Zanjir” va hokazo. Bunday
usullarda dars o’tish o’quvchilarni mustaqil ishlash, o’zi yashab turgan hudud
tarixi, madaniyatini o’rganish va tarix faniga bo’lgan qiziqishini orttiradi. Biz
muammoli darslardan “Tayanch signallari” usulida dars o’tish haqida fikr yuritib,
bunday darslarni ko’proq yuqori sinflarda qo’llash orinli degan xulosaga keldik.
Chunki, yuqori sinf o’quvchilarning fikrlash doirasi, bilim saviyasi, iqtidori ancha
yuqori bo’ladi. Quyi sinflarda olgan bilimlaridan o’z o’rnida foydalana oladilar.
Xullas, hozirda yoshlarda mustaqillik ma’naviyatini tarbiyalash barcha
tarixiy – madaniy boyliklarning asosiy tomonlarini o’rganish, milliy
madaniyatimiz rivoji, davrlari, taraqqiyot qonuniyatlari, ma’naviy boyliklarni
yaratgan yirik siymolar, donishmand adiblarning merosini o’zlashtirish, boshqa
rivojlangan mamlakatlar madaniyati yutuqlarini o’rganish, ularga hurmat – izzatda
bo’lishni, bu masalalar bo’yicha keng ta’lim, o’quv – o’qituv ishlarini olib borishni
talab etadi. Bu mustaqillik sharoitida yosh avlodni milliy – madaniy boyliklarini
yaxshi bilgan, milliy g’urur, vatanparvarlik hissi bilan yo’g’rilgan, dunyo madaniy
rivojlanish darajasidan xabardor bo’lib yetishuvida yetakchi omil bo’lib xizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: |