Umumiy tilshunoslik kafedrasi


Foydalanish uchun adabiyotlar



Yüklə 471,78 Kb.
səhifə57/64
tarix18.05.2023
ölçüsü471,78 Kb.
#116299
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64
Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. Umarxo‘jaev M.E. Umumiy tilshunoslik. – Andijon, 2007.
2. Sodiqov A., Xolmurodov A. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 2014.
3. Kondrashov N.A. Istoriya lingvisticheskix ucheniy.– M., 2009.
4. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – T, 2010.

15-MA’RUZA. LINGVISTIK TADQIQOTLARDA STATISTIK VA EKSPERIMENTAL TEKSHIRISH USULLARI VA ULARNING AHAMIYATI


Reja:
1. Eksperiment tushunchasi va eksperimental tahlil.
2. Tajriba-sinov ishlarining qo‘yilishi va bosqichlari.
3. Tilshunoslikda statistik tahlil metodining qo‘llanilishi.


1. Eksperiment tushunchasi va eksperimental tahlil.
Eksperiment ma’lum bir fikr yoki farazni sinab ko‘rish, tekshirib ko‘rishga qaratilgan ilmiy metodning bir ko‘rinishidir. Eksperiment ma’lum fikr real voqelikka qay darajada mutanosib yoki to‘g‘ri kelishini sinab ko‘rish uchun ishlatiladi. SHuningdek, eksperimentga ma’lum gipotezani asoslash, inkor etish yoki qo‘llab quvvatlash maqsadida olib boriladigan protsedura deb ham ta’rif beriladi. Eksperiment nazorat ostida va nazoratsiz olib borilishi mumkin. Nazoratga olingan eksperimentlarda mustaqil o‘zgaruvchidan boshqa barcha o‘zgaruvchilar va ularning ta’siri kamaytiriladi, nazorat qilinadi. Bu esa, eksperiment natijalarining ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.
Eksperimentda ikkita guruh olinadi: eksperimental va nazorat guruhi. Ularning bir-biridan yagona farqi shuki, eksperimental guruhda mustaqil o‘zgaruvchining samaradorligi sinaladi. Nazorat guruhi eksperiment guruh bilan taqqoslanish uchun standard guruh vazifasini o‘taydi.
Eksperimentning tipik xususiyatlariga quyidagilar kiradi: a) protokol (puxta rejalashtirilgan jarayon); b) manipulyasiya (tadqiqotchi tomonidan yaratilgan turli shart-sharoitlar); v) nazorat (o‘zgaruvchan hodisalar yoki o‘zgaruvchilar (variables)ning eksperimental izohlashga bo‘lgan ta’sirini kamaytirish) va g) eksperiment uchun tanlangan sub’ektlar (sampling) (eksperimentni tanlangan sub’ektlar ustida amalga oshirish).
SHuningdek, eksperimentning puxta o‘tkazilishi quyidagilarga bog‘liq: a) tadqiqot savolining aniqligi (tadqiqot savoli eksperimentning barcha bosqichlarida aniq bo‘lishi zarur, unga juda ko‘p narsalar bog‘liq); b) mos ravishda tanlangan va aniq ta’rifga ega bo‘lgan eksperimental davolash (muammoga echim topish). Bunda quyidagi holatlar muhim sanaladi: eksperimental davolash haqiqiy bo‘lishi talab etiladi; eksperimental davolash boshqalar ham takrorlashi mumkin bo‘lgan darajada aniq ta’riflangan bo‘lishi lozim; tabiiy aniqlangan nazoratga ega bo‘lishi kerak; eksperimental davolash tadqiqot savoliga javob topa olishi lozim; v) mos ravishda tuzilgan eksperimental loyiha (tajriba-sinov uchun mo‘ljallangan loyiha). Bunda loyiha amalga oshirilish imkoniga ega bo‘lishi va zaruriy axborot (ma’lumot bera olish imkoniyati)yarata olishi lozim.

Yüklə 471,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin