2. Stilistik tahlil talablari va bosqichlari. Lingvistik tahlil metodlari ichida stilistik tahlil alohida ahamiyatga ega. Stilistik tahlil prinsipi, hajmi, to‘laligi va maqsadiga ko‘ra har xil bo‘ladi. Stilistika o‘zbek tilshunosligida yangi soha bo‘lganligi uchun unga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy va amaliy metodik adabiyot kam. Bu hol stilistik tahlil strukturasini belgilashda ancha qiyinchilik tug‘diradi. Stilistik tahlil oldiga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat bo‘lishi kerak va ularni qanday metodik priyomlar orqali amalga oshirsa bo‘ladi? Stilistik tahlilda stilistikaning qaysi sohalari kengroq va qaysi sohalari kamroq aks etishi ksrak? kabi masalalar nazariy va mstodik jihatdan nshlab chiqilmagan.
Stilistik tahlil oldiga qo‘yilgan talablar stilistikaning hamma sohalarini o‘zida qamrab olishi lozim. Unda leksik, fonetik, morfologik, sintaktik stilistika o‘z aksini topishi zarur.
Stilistik tahlil quyidagi talablar asosida o‘tkazilishi mumkin:
1) tekstning nutq stillariga .hosligiii aniqlash;
2) tekstdagi epg ko‘p ma’naviy va stilistik vazifa olgan til vositalarinn aniqlash;
3) shu tekst uchun «begona» bo‘lgan uslubiy vositalarni topish va ularning stilistik funksiyalarini aniqlash.
Stilistik tahlil ayrim tomonlari bilan leksikologik, fonetik, morfologik va sintaktik tahlilga o‘xshaydi. CHunki stilistik tahlil material tomonidan bu tahlil turlari bilan mushtaraklikka ega.
Stilistik tahlil tartibi:
1. Tekstning qaysi nutq uslubiga xosligi (kitobiy uslublar, ilmiy uslub va hokazo).
2. Usha uslubni belgilovchi vositalar.
3. Til uslublari (fonetik, leksik, grammatik). Bunda:
a) fonetik stilistikaga xos (urg‘uning o‘rni, tovush o‘zgartirish, tovush orttirish va hokazo) vositalar;
b) leksik stnlistikaga xos (sinonim, omonim, antonim; tarixiy, eskirgan va yangi so‘zlar; frazeologizm, dialektizm, professionalizmlar va hokazo) vositalar;
v) morfologik stilistikaga xos (forma yasovchi qo‘shimchalar) vositalar;
g) sintaktik stilistikaga xos (so‘z birikmalari, gap tiplari, gapda so‘z tartibi, sintaktik sinonimiya, sintaktik omonimiya va h.) vositalar ko‘rsatiladi va ularning stilistik funksiyasi aniqlanadi.
Ko‘rinadiki, stilistik tahlil talablari nihoyatda ko‘p va murakkab. SHunga ko‘ra, tahlil uchun tekst tanlanganda xilma-xillikka, tekstning ko‘p talabli bo‘lishiga e’tibor haratilishi zarur.
Stilistik tahlil tilning barcha sathlarida qo‘llaniladi. Bu esa, uning universallik xususiyatini belgilaydi. Matnni stilistik tahlil qilish jarayonini tasvirlashda I.R. Galperin quyidagi bosqichlarni tavsiya etadi: