Umumiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 471,78 Kb.
səhifə70/103
tarix13.04.2022
ölçüsü471,78 Kb.
#55266
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103
LTM ma\'ruza

Distributiv tahlil. Distributiv tahlil sintaksis tizimida gap tuzilmalarini tahlil qilishda keng qo‘llaniladi. Bunda asosiy e’tibor, sintaktik tuzilmaning mazmunidan ko‘ra, ko‘proq uning model-qoliplari va shakliy tuzilishiga qaratiladi. Gap tuzilmasi butun bir qurilma sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali ma’lum qoidalarga ko‘ra “qayta tiklanishi” mumkin (nutq vaziyatidan kelib chiqib ellipsis yoki reduksiya hodisalari bartaraf etiladi). Tahlil jarayonida ramziy yozuvlar asosida shakllantirilgan formulalardan foydalaniladi (ot-N, fe’l - V, sifat - A, ravish - Adv). Distributiv tahlilda ellipsisning bartaraf etilishi va reduksiyaning amalga oshirilishi quyidagi misollarda ko‘rinishi mumkin: Masalan, «Navoiy Balxda, Marvda, Astrobodda yashaydi. Xorazmga safar qiladi» (P. Qodirov. Til va El. T., 2005. -135 b.) matnida biz «Navoiy» bo‘lagini qayta tiklashimiz kerak bo‘ladi va faqat shundagina ikkinchi gap (Nb) +Nj + V ko‘rinishini oladi. (Bu erda b- bosh kelishik, j-jo‘nalish kelishigi). Xuddi shuningdek, «Oqsaroy SHaxrisabzning markazida» gapi struktura jihatndan to‘liq bo‘lishi uchun fe’l kesimning tiklanishi talab qilinadi va uning formulasi Nb+ Nq + No‘+ (V) (Bushuy, Safarov, 2007, b. 143-146).

SHuningdek, distributiv tahlil orqali gap tarkibiy qismini shakllantiruvi bo‘laklar o‘rtasidagi munosabatlar, ularning birikish imkoniyati va xususiyatlari ham tahlil predmeti bo‘lishi mumkin.

Distributiv tahlilning afzalliklari sifatida quyidagilar qayd etiladi: a) xulosalarning tahlil tadbirlariga mutanosibligi; b) amallarning sodda va oddiyligi; v) qo‘llanish doirasining chegaralanmaganligi. Shuningdek, ushbu metodning kamchiliklari quyidagicha: a) tadqiqot materiallarining katta miqdorda bo‘lishi; b) taxlil usuli tadqiqot ob’ektining mohiyatini to‘la ochib bera olmaydi.


Yüklə 471,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin