Taksonomik bosqich: Bunda matnning turi funksional stilistika nuqtai nazardan aniqlanadi. Matnning uslubi (badiiy, publitsistik, rasmiy, ilmiy) aniqlanadi. Matn modeli va janri aniqlanadi. Masalan, baddiy matn, nasr janri, hikoya turi.
Matn mazmunini tushunish bosqichi: Bu bosqichda matnning asosiy mazmunini tushunish talab etiladi. Bunda matnda ifodalangan faktual-mazmuniy axborot to‘g‘ri talqin etilishi lozim.
Semantik bosqich. Bu bosqichda matnda qo‘llanilgan har bir til birligi (so‘z, so‘z birikmasi, gap, qo‘shma gap)ning lug‘aviy ma’nolari o‘rganiladi. Mazkur til birliklarining polisemantik xususiyatlari lug‘at yordamida tahlilga tortiladi. Bu bosqich stilistik tahlilda eng muhim sanalib, faktual-mazmuniy axborot va konseptual axborot o‘rtasidagi semantik bo‘shliqni to‘ldirishga yordam beradi. YA’ni, o‘quvchiga konseptual mazmunni anglash imkonini beradi.