Umumiy tilshunoslik kafedrasi


Foydalanish uchun adabiyotlar



Yüklə 471,78 Kb.
səhifə76/103
tarix13.04.2022
ölçüsü471,78 Kb.
#55266
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103
LTM ma\'ruza

Foydalanish uchun adabiyotlar:

1. Umarxo‘jaev M.E. Umumiy tilshunoslik. – Andijon, 2007.

2. Sodiqov A., Xolmurodov A. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 2014.

3. Kondrashov N.A. Istoriya lingvisticheskix ucheniy.– M., 2009.

4. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – T, 2010.

13-MA’RUZA. TIL SATHLARI BO‘YICHA METODLARNING QO‘LLANILISHI. STILISTIK SATH
Reja:


  1. Stilistikaning o‘rganish ob’ekti.

  2. Stilistik tahlil talablari va boskichlari.

  3. Matn stilistikasi muammolari.


1. Stilistikaning o‘rganish ob’ekti.

Stilistika til va nutq uslublarini o‘rganadi. Uning predmeti «til stillari; tilning lug‘at sostavida, frazeologiya, morfologiya va sintaksisda mujassamlashgan ifoda vositalari; badiny, ilmiy, publitsistik va boshqa asarlarning uslublari; ba’zi bir stillarga xos bo‘lgan badiiy tasvir priyomlaridir.

Stilistika tilning alohida birligi bo‘lmasa-da, u tilning fonologik, leksik va grammatik birliklarining stilistik bo‘yoqdorligini o‘rganishda qiyoslash ob’ekti bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, stilistik vositalar (troplar) ham alohida ob’ekt sifatida qiyoslanishi mumkin.

Stilistika tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, uning o‘rganish ob’ektiga quyidagilar kiradi: til uslublari, leksik va grammatik sathlarda sinonimiya hodisasi, til elementlari (hodisalar)ning ma’no va qo‘llanish xususiyatlari. Xususan, rus tilshunos olimi V.V. Vinogradov stilistikaning quyidagi qismlarini farqlaydi: a) tilning funksional stillarini o‘rganuvchi stilistika (struktural stilistika); b) turli janrlarning semantik va ekspressiv-stilistik xarakterlarini hamda og‘zaki va yozma nutq orasidagi farqlarni tekshiruvchi nutq stilistikasi (nutq stilistikasi); v) adabiy yo‘nalishlar, badiiy asar hamda yozuvchi uslubini tadqiq etuvchi badiiy adabiyot stilistikasi (badiiy adabiyot stilistikasi).

SHuningdek, milliy til stilistikasi ham stilistikaning muhim tadqiqot ob’ekti sifatida quyidagi masalalar bilan shug‘ullanadi: tilning barcha birliklari (fonetik, leksik, grammatik) stilistikasi, tilning og‘zaki va yozma shakllari, adabiy va so‘zlashuv nutq ko‘rinishlari. Stilistikaning tekshirish ob’ektiga fikr va maqsadni ifodalashda til element (hodisa)larining to‘g‘ri tanlanganligi yoki tanlanmaganligi, til birliklariini maqsadga muvofiq tanlash va qo‘llash usullari, sinonimik munosabatlarning barcha turlari (so‘zlarning stilistik belgilari, sintaktik strukturalarning qo‘llanish xususiyatlari) ham kiradi.


Yüklə 471,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin