Metodning qo‘llanilishi. Aktual bo‘linish asosan ikki xil ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin: a) ega va kesim bilan (yig‘iq gaplarda); b) ega va kesim sostavi bilan (yoyiq gaplarda). Quyidagi misollarga e’tibor qaratamiz. Gapni aktual bo‘laklarga bo‘lishning birinchi turi (ega va kesim bilan): yugurish – foydalaidir. Bunda ifoda asosi – yugurish bo‘lsa, ifoda yadrosi – foydalidir so‘zidir. Ko‘rinadiki, bunda gap ega va kesimdan iborat va ikki ma’noli bo‘lakka bo‘linyapti. Gapni aktual bo‘laklarga bo‘lishning ikkinchi turi (ega va kesim sostavi bilan): maktabimiz o‘quvchilari fan olimpiadalarida yuqori natijani qo‘lga kiritdilar. Bunda ifoda asosi – maktabimiz o‘quvchilari bo‘lsa, ifoda yadrosi – fan olimpiadalarida yuqori natijani qo‘lga kiritdilar qismdir. Bunda gap ega va kesim va ularning sostavlaridan iborat ikki aktual bo‘lakka bo‘linyapti.
Yozma nutqda gapning aktual bo‘laklari, odatda, tire bilan ajratilsa, og‘zaki nutqda ohang bilan ajrailadi. So‘z tartibi yoki mantiqiy urg‘u gapning aktual bo‘linishiga ta’sir qilishi mumkin.
Ushbu tahlil metodining kamchiligi shundan iboratki, u nutqda har doim ham o‘z qonunlariga amal qilmaydi, ya’ni ega (va ega sostavi) har doim ham ifoda asosi bo‘lamasligi yoki kesim (va kesim sostavi) har doim ham ifoda yadrosi bo‘lmasligi mumkin. Ayrim gap turlar (nominativ gaplar, ba’zi to‘liqsiz gaplar)i aktual bo‘laklarga ega bo‘lmaydi (Sodiqov va boshq., 1981, b. 188). Birinchi kamchilikni o‘zbek tilshunos olimi M.T. Irisqulov quyidagicha izohlaydi: gap va hukm bir-biriga doim ham teng emas. Hukm mantiq birligi bo‘lib, u gap, asosan, darak gap orqali namoyon bo‘ladi. Sub’ekt va predikat hukmni tashkil etadi. Gapni esa ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol yuzaga keltiradi. SHu bois, hukmning sub’ekti har doim ham gapning egasiga, hukmning predikati esa har doim ham gapning kesimiga to‘g‘ri kelmaydi. Hukmning sub’ekti tema, predikati esa, rema deyiladi. hukm bo‘laklari dinamik bo‘lsa, gap bo‘laklari statikdir. So‘zlovchining gapirishdan maqsadiga qarab, gapning har bir bo‘lagi hukmning sub’ekti va predikati bo‘lib kelishi mumkin. YA’ni, gapning egasi tema emas, balki rema, va, aksincha, gapning kesimi rema emas balki tema bo‘lib kelishi mumkin (Irisqulov, 2009, b. 145). Bu esa so‘zlovchining ifoda maqsadiga bog‘liq. Natijada mazkur gapdan bir necha hukm yuzaga kelishi mumkin. SHuning uchun gapning tuzilishi va hukmning tuzilishi o‘zaro mos kelmaydi.
Savollar:
Transformatsion metodning morfem va so‘z yasash tizimidagi o‘rnini izohlay olasizmi?
Distributiv tahlilning so‘z yasalish sistemasidagi ahamiyati qanday?
Tilni morfologik sathda tahlil qilish metodlari qaysilar?
Oppozitsion tahlilning morfologik birliklarni tahlil qilish tamoyili qanday?
Distributiv tahlilning morfologik birliklarni tahlil qilish tamoyili qanday?
Tilni gap darajasida tahlil qilish metodlari qaysilar?
Oppozitsion tahlilning gap darajasida tahlil qilish tamoyili qanday?
Distributiv tahlilning gap darajasida tahlil qilish tamoyili qanday?
Bevosita ishtirokchilarga ajratish tahlilining gap darajasida tahlil qilish tamoyili qanday?
Transformatsion metodning gap darajasida tahlil qilish tamoyili qanday?
Gapni aktual bo‘laklarga ajratish metodi haqida nima bilasiz?
Dostları ilə paylaş: |