Umumiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 471,78 Kb.
səhifə84/103
tarix13.04.2022
ölçüsü471,78 Kb.
#55266
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103
LTM ma\'ruza

Kontent tahlil. Ushbu tahlil metodi matn kontentini ham sifat ham miqdor nuqtai nazardan tahlil qilish imkonini beradi. So‘zlarning distributsiya chastotasi, so‘z birikmalar distributsiya chastotasi va shu kabi boshqa matn birliklari o‘rganiladi. Kontent tahlilning turli usullari mavjud. PROTAN har qanday matnni tahlil qilishga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan kontent tahlil tizimi bo‘lib, tadqiqotchiga ikki masalani echish imkonini beradi: matnning strukturasini aniqlash (semantik lug‘atlar yordamida); matndagi asosiy mavzu va g‘oyalarni aniqlash (matn tahlii birliklari o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi ma’lumotga asoslangan holda).

S. Ticher va boshq.ning e’tirof etishicha, dastlab, kontent tahlil matn mazmunining komponentlarining tadqiqiga, ya’ni matndagi so‘zlarning nisbiy chastotasini o‘lchashga nisbatan qo‘llangan bo‘lsa-da, hozirda matning sintaktik, semantik va pragmatik aspektining tahlilini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Xususan, qayd etiladiki, kontent tahlil kommunikatsiyaning kontent-axborot qismini ob’ektiv, tizimli va kvantitativ ravishda tahlil qilish usulidir. U ma’lum axborot xususiyatlarini tizimli va ob’ektiv aniqlash orqali xulosalar shakllantirish usulidir.




Yüklə 471,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin