Intent tahlil. Matnda muallifning intensiyalari (sub’ektiv munosabati)ni o‘rganish usulidir. Muallif intensiyasi ushbu tahlil usuli yordamida samarali aniqlanadi. Zero, muallifning individual uslubi va tili uning intensiyasini aniqlash uchun etarli emas. Ushbu metod o‘zining izchil bosqichlariga ega: muhokama etilgan mavzu va masalalarni tanlash; ob’ektlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash; tasvir vositalarni mahfiylashtirish; ob’ektlar guruhini baholash; qo‘lga kiritilgan qiymatlarni o‘rta darajaga keltirish; har bir ob’ektning asosiy qiymatini ma’lum parametrlar yordamida aniqlash.