Umumiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 471,78 Kb.
səhifə86/103
tarix13.04.2022
ölçüsü471,78 Kb.
#55266
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103
LTM ma\'ruza

Diskurs tahlil. Ushbu tahlil usuli matn yoki boshqa nutqiy tuzilmalarni ma’lum ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar va madaniy-tarixiy sharoitlarda sodir bo‘lgan nutq faoliyati mahsuli sifatida o‘rganadi. Ushbu metod jamiyat va madaniyat rivojlanishi davrida ma’lum tarixiy davr mobaynida ijtimoiy kommunikatsiya strukturasidagi til tadqiqiga e’tibor qaratadi.

Ushbu tahlil quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: o‘rganilayotgan til materialini belgilash, uning formal xususiyatlarini aniqlash, kontekstni kommunikativ vaziyat sifatida belgilash, tahlil strategiyasi va yo‘nalishini aniqlash, tadqiqot bosqichlarini nazariy tizimlashtirish, tahlil usullari va instrumentlarini aniqlash, tahlil birliklarini belgilash, nazariy va empirik materiallardagi kategoriyalar tizimini tekshirish, tadqiqotning asosiy bosqichlari (tavsiflash, qayta yaratish, interpretatsiya)ni tadbiq etish, tadqiqot natijalarini belgilash, umumlashtirish, tizimlashtirish va interpretatsiya qilish. Mazkur usul asosan sotsiologik va siyosiy tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi.



SATRAS diskurs tahlilning bir shakli bo‘lib, Galileo tizimiga asoslangan har qanday tilda yozilgan matnlarni tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, kognitiv va madaniy jarayonlarni ilmiy o‘rganishni maqsad qilgan metodlar va nazariyalar kompleksidir. U tadqiqotchiga dastlabki lingvistik tahlillarsiz matning asosiy g‘oyalarini aniqlash imkonini beradi.


Yüklə 471,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin