Umumiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 471,78 Kb.
səhifə88/103
tarix13.04.2022
ölçüsü471,78 Kb.
#55266
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   103
LTM ma\'ruza

Grafematik tahlil. Ushbu tahlil usuli formula, raqamli birikmalar, so‘z qismlari asosidagi navbatdagi morfologik va sintaktik tahlilni amalga oshirish uchun asosni yaratadi. Ushbu metod matnni so‘zlarga va boshqa bo‘laklarga ajratib tahlil qiladi. Masalan, so‘zlar guruhi, turg‘un birikmalar, ism, familiya, sharif, sana, elektron pochta manzili, fayl nomlari, paragraf matnidan olingan gaplar, sarlavha, e’lonlar shular jumlasidandir.

Morfologik tahlil. Matndagi har bir so‘zning morfologik interpretatsiyasini amalga oshirishga qaratilgan. Ushbu metod matn tahlilining boshqa turlari uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

ATLAS.ti usuli tadqiqotchiga matnning yirik qismlari, turli grafiklar, audio va video ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini beradi. Bu usul ma’lumotni sifat (qualitative analysis) jihatdan tahlil qilish, matn tadqiqi, matnni qiyoslash maqsadlariga mo‘ljallangan.

Textanz tahlil usuli matnni so‘z, ibora va so‘z shakli darajalarida tahlil qilishga qaratilgan. Ushbu usul har qanday turdagi matn uchun qo‘llaniladi.


Yüklə 471,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin