Sintaktik tahlil. Ushbu metod tilning leksik sath elementlarini ularning formal-grammatik tomoni bilan moslashtirish uchun ishlatiladi. Ushbu usulni qo‘llash natijasida gapning sintaktik strukturasi hosil qilinadi. Natijada matn tahlilining keyingi bochqichlari uchun muhim o‘rin o‘ynaydi.
Semantik tahlil. Ushbu usul gapning semantik strukturasini hosil qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, semantik munosabatlar va nuqtai nazarlarni tahlil qilishda muhimdir. Ushbu tahlilning maqsadi gaplar tarkibidagi so‘zlardan hosil bo‘lgan shunday semantik nuqtai nazarlarni yuzaga keltirishdan iboratdir. SHunday semantik nuqtai nazarlar tuzilishi to‘g‘risidagi ilmiy farazni shakllantirish uchun asos sintaktik tahlil natijasida olingan ma’lumot hisoblanadi. Ushbu tahlil doirasida qator usullardan foydalanish mumkin: T-LAB kompyuter vositasida amalga oshiriladigan usul bo‘lib, tematik tahlil, qiyosiy tahlil uchun zamin yaratadi va matnning asosiy g‘oyalari va so‘zlarning semantik tuzilishini aniqlaydi. Ushbu tahlilda matnlarni segmentlash, kalit so‘zlar tanlash va boshqa amallar muhim sanaladi.
Savollar: Matnni tahlil qilishda intent tahlil usulining o‘rni qanday?
Kontent tahlil matnni qaysi nuqtai nazardan tahlil qiladi?
Fonosemantik tahlilning matn tadqiqidagi ahamiyati qanday?