Umumiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 471,78 Kb.
səhifə92/103
tarix13.04.2022
ölçüsü471,78 Kb.
#55266
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103
LTM ma\'ruza

Eksperimental tahlil. Eksperimental tahlil usuli axborot yig‘ishning ilk shakllaridan biri sifatida tilshunoslikda dastlab psixolingvistikada qo‘llanilgan. Mazkur usul yordamida til qanday qilib inson ongida namoyon bo‘lishi, qay holda axborotni qayta ishlashi kabi savollarga javob topishda foydalanilgan. Psixolingvistik eksperimentlar quyidagicha xarakterlanadi: nazoratlar (controls), omillarga asoslangan loyihalar (factorial designs) va miqdoriy tahlil (quantitative analysis). Eksperiment konsepti orqali dastlab biror narsani sinab ko‘rishga qaratilgan har qanday harakat tushunilgan bo‘lsa, hozirda mazkur termin ancha tor ma’noda qo‘llaniladi. YA’ni, eksperimentning eng asosiy elementi har xil turdagi kirish (input)lar bilan bog‘liq bo‘lgan chiqish (output) samaralarini taqqoslash hisoblanadi. SHu bois nazoratdagi shart-sharoitlar eksperiment loyihalari uchun muhim sanaladi. Barcha fan sohalarida, xususan, lingvistikada ham eksperiment jarayonida bir faktorli emas, balki bir necha faktorli holatlar, ya’ni bir-biri bilan kesishgan shart-sharoitlar hisobga olinishi lozim. Ko‘p omilli eksperimentlar bir omilli eksperimentlardan afzalligi shundaki, bir necha tadqiqot savollariga javob topish imkonini beradi.

SHuningdek, bunday eksperimentlarda omillarning o‘zaro aloqadorlik xususiyatlari izohlanadi, ularning bir-biriga ta’siri tasvirlanadi va elementlar o‘rtasidagi munosabatlar tushuntiriladi. Statistik tahlil lingvistik, xususan, psixolingvistik eksperimentlarning muhim hususiyatlaridan biridir. Statistik tahlil eksperimentning yakunini nafaqat chiroyli tasvirlaydi, balki uning mantig‘iga ham o‘z hissasini qo‘shadi. Statistik tahlil puxta loyihasiz yaxshi samara bermasligi mumkin. Tadqiqot ishtirokchilarining barchasi yoki aksariyati tomonidan ma’qullangan holat statistik muhim natija bo‘lishi mumkin, lekin bu statistik tahlilning samarali amalga oshirilganini anglatmaydi. Statistik tahlil samarali bo‘lishi uchun, unda sharhlovchi xususiyat bo‘lishi lozim. YA’ni, unda statistik natijalar mos ravishda sharhlanishi talab etiladi. SHuningdek, eksperimental tahlil kognitiv tilshunoslik, xususan, kognitiv semantikada quyidagi masalalarni o‘rganishda ishlatilishi mumkin: insonlarning har kungi muloqot jarayonida lingvistik ma’noni qay holda ifodalashi va tushunishi, lingvistik ma’noning kognitiv asoslarini isbotlash va boshq. Masalan, lingvistik ma’no konseptualizatsiya nuqtai nazaridan tavsiflanadi degan gipoteza tekshirilishi uchun eksperiment o‘tkaziladi. Bunda insonlarning turli muloqot vaziyatlarida va turli sharoitlar ostida so‘z, gap va imo-ishoralarni tushunish va ifodalash yo‘llarini hisoblash va tekshirish uchun statistik metodlardan foydalanadi.

Ushbu uslubning tabiiy kuzatish usulidan farqi shuki, bunda tadqiqotchi ob’ektga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. YA’ni, yuqoridagi savollarga javob topish uchun tadqiqotchi sharoitni – eksperiment jarayonini – zaruriy asbob-uskuna yoki jihozlar bilan bevosita nazorat qiladi.

Eksperimental tahlil tilshunoslik sohasida lingvistik ifodalanish (linguistic representations) va lingvistik qayta ishlash (linguistic processing) masalalarini hal etishda qo‘llanilmoqda. Eksperimental tahlil turli ma’lumotlardan birlishtirilgan dalil ta’minlash va chigal yoki murakkab hodisalarni sinash imkoniyatini beradi. U nafaqat lingvistik ifodalanishning mohiyatini ochib berishda, balki bunday ifodalanishlarni so‘zlovchi, tinglovchi va o‘quvchi tomonidan manipulyasiya qilinganda va foydalanilganda zarur bo‘ladigan hisob-kitoblarni ham ta’minlashda ahamiyatlidir.



Yüklə 471,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin