4
KIRISH
Umumiy va tarixiy geologiya” fanidan kurs ishini yozish bo‘yicha
uslubiy ko‘rsatm 60721600-“Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv
va razvedkasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli
uchun davlat ta’lim standarti asosida kadrlar tayyorlash yo‘nalishi
bo‘yicha ishlab chiqilgan.
Kurs ishi “Umumiy va tarixiy geologiya” fanidan tuzilgan o‘quv
dasturiga mos ravishda tuzilgan.
Ushbu qo‘llanmada
kurs ishi uchun mavzular, uning mazmuni va
dizayniga qo‘yiladigan talablar aks etilgan. Har bir mavzu bo‘yicha
mantiqiy ketma-ketlikda kurs ishida o‘zlashtirilishi va tushuntirilishi kerak
bo‘lgan asosiy masalalar va atamalar ro‘yxati berilgan.
Kurs ishi talabalar mustaqil ishining eng muhim elementidir. Kurs
ishining asosiy maqsadi tadqiqotchilik ko‘nikmalarini
yaratish va
rivojlantirish, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, uni o‘rganish
asosida
xulosalar va umumlashmalarni tuzishdan iboratdir.
Kurs ishi talabaning muammoni mustaqil bayon qilish,
eng ustuvor
masalalarni aniqlash qobiliyatini ko‘rsatishi kerak, manbalardan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish (kompilyatsiya)
mumkin emas va mavzuga
mos turli maqola va o‘quv adabiyotlarining parchalaridan iborat bo‘lishi
kerak. U ilmiy, to‘liq material bo‘lishi, hodisalar,
jarayonlar, dalillar
o‘rtasidagi munosabatlarni ochib beradigan faktlar va ma’lumotlarga ega
bo‘lishi kerak.
Kurs ishi bo‘yicha ishlash tartibi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- mavzuni belgilash va
rahbari bilan suhbatlashish;
- material to‘plash, mavzu bo‘yicha adabiyotlarni izlash, bibliografiya
tayyorlash, shaxsiy ish rejasini tayyorlash;
- ishning birinchi
variantini tayyorlash;
- kurs ishining birinchi variantini rahbarga tekshirish uchun aqdim etish;
- izohlarga ko‘ra
matnni takomillashtirish, kurs ishini yakunlash va
kurs ishini himoyaga (taqdimot ko‘rinishida) taqdim etish.
Dostları ilə paylaş: