2-masalaning bayoni Ot so‘z turkumini o‘rganish metodikasi ,,Ot“ mavzusini o‘rganish tizimi maqsadga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, bunda shu so‘z turkumining umumlashtirilgan ma’nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog‘liqlikda o‘rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to‘g‘ri foydalanish va to‘g‘ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.
Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o‘rganish vazifalari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ularni o‘rganish izchilligi belgilangan.
Boshlang‘ich sinflarda otni o‘rganish vazifalari quyidagilar:
,,ot“ haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan (Shaxs bildirgan) otlardan nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash ko‘nikmasini hosil qilish;
kishilaming familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlar va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko‘nikmasini shakllantirish;
otlarda son (otning birlik va ko‘plikda qoilanishi) bilan tanishtirish;
otlami egalik qo‘shimchalari bilan to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish;
otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shim- chalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish;
o‘quvchilar lug‘atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish;
So‘zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
Bu vazifalaming har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda hal etiladi. Shu bilan birga, ,,Ot“ mavzusini o‘rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo‘lgan bir vazifani hal qilishga ko‘proq ahamiyat beriladi. Masalan, 1-2-sinflarda so‘z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so‘roqlari) o‘rganiladi, 3-sinfda esa otgaatama beriladi, birlik va ko‘plikda qo‘llanishini o‘zlashtirishga ahamiyat beriladi. 4-sinfda otning egalik qo‘shinichalari bilan qo‘llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishini o‘rganishga e’tibor qaratiladi. 0‘quvchilarning nutqi va tafakkurini o‘stirish vazifasi esa mavzuni o‘rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik materialni o‘rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni o‘quvchilar lug‘atini boyitishga, bog‘lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishga qaratiladi.
So‘z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma’nolari va grammatik belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy leksik ma’nosi shaxs va narsani ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi, qush, hayvon, asalari), yer va osmonga oid narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog), o‘simliklar (paxta, beda, gul), voqealar (yig‘in, majlis), ta- biat hodisalari (shamol, bo‘ron,yomg‘ir, momaqaldiroq), belgi-xususiyat (ahillik, kuchlilik, samimiyat), harakat-holat (uyqu, sevinch, kurash), o‘rin va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi.
Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko‘plikda qo‘llanadi, egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko‘proq ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hoi va kesim vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, son, olmosh, fe’l bilan birika oladi.
Otning ma’nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun ham ot haqidagi bilim o‘quvchilarda amaliy vazifalami bajarish jarayonida asta shakllantira boriladi.
Otni o‘rganishda izchillik. Otni o‘rganishga tayyorlov bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda o‘quvchilar shaxs-narsalarni va ularning nomi bo‘lgan so‘zlarni farqlashga o‘rganadilar, so‘zning leksik ma’nosiga e’tibor ko‘proq qaratiladi, ma’nolarini hisobga olgan holda so‘zlar (qushlar, meva va sabzavot- lar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni guruhlash ko‘nikmasi shakllantiriladi. So‘zlarni leksik ma’nosi asosida guruhlash mashqlari otlarni taqqoslash, o‘xshash tomonlarini aniqlash, umumlashtirish ko‘nikmasini o‘stiradi. Shunga qaramay, grammatik tushunchani shakllantirish uchun o‘quvchilar so‘zning aniq ma’nosini yetarli bilmaydilar, so‘zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik belgilarini ham o‘zlashtirish zarur.
Keyingi bosqichda otning leksik ma’nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi (kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘lishi, shaxs, narsani biidirishi tushuntiriladi). o‘quvchilar kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlarni nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlardan farqlashni, ularni so‘roq berish bilan ajratishni o‘rganadilar, o‘quvchilarda mavhum grammatik tafakkur o‘sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh harf bilan yozish ko‘nikmasi shakllana boradi.
2-sinfda otlarning leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz) haqidagi bilim chuqurlashtiriladi.
,,Ot“ tushunchasini shakllantirish uchun shu so‘z turkumiga kiradigan otlarni asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos bo‘lgan belgilarni, ularning nutqimizdagi o‘rnini ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda mavzuni o‘rganishga bag‘ishlangan birinchi darslardayoq shaxs va narsani bildiradigan so‘zlar bir tizimga solinadi, kishilarni, buyum, o‘simliklar va hayvonlami, tabiat hodisalarini, voqealarni bildiradigan so‘zlar guruhlarga ajratiladi. Shu so‘zlarning hammasi uchun umumiy bo‘lgan belgilar aniqlanadi: bu so‘zlar shaxs, narsalami bildirib kim? yoki nima ? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Dasturga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sifat va boshqa so‘z turkumlaridan yasalgan mavhum ma’nodagi (yaxshilik, go ‘zallik, ishonch, sevinch, o‘kinch, qo‘rqinch, tayanch kabi) otlar bilan tanishtirish talab etilmaydi. Ammo matnda uchrasa va o‘quvchilar qiziqib so‘rasalar, otning bolalar o‘rgangan belgilari asosida {nima?so‘rog‘iga javob bo‘lishi, shaxs yoki narsa nomini biidirishi) tushuntiriladi. Otlarning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun o‘qituvchi o‘qish kitobidan matn tanlab, o‘quvchilarga matndagi otlarni topishni, so‘ngra matnni shu so‘zlarsiz o‘qishni topshiradi. O‘quvchilar matndagi otlarni tushirib qoldirib o‘qiganda, matn mazmunini tushunib bo‘lmasligini anglaydilar.
Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o‘rab olgan shaxs va narsalarning nomi, bu so‘zlarsiz bir-birimizga o‘z fikrimizni tushuntira olmaymiz.