Umummetodologik fanlar kafedrasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə53/107
tarix27.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#103558
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107
MAJMUA ona tili oqitish

Savol va topshiriqlar.

  1. Boshlang‘ich sinflarda qanday so‘z turkumlari o‘rganiiadi? Uiarni o‘rganishdagi izchillikni tushuntiring.

  2. O‘quvchilarga otni tushuntirishda qanday usullardan foydalanasiz? Otga oid bironta dars ishlanmasini yozing.

  3. Otlarning egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi haqida ma’lumot bering.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Qosimov K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Nosir, 2009.
2. Qosimov K. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: O‘qituvchi, 1995.
3. Roziqov O. va boshqalar .Ona tili didaktikasi –T.: Yangi asr avlodi, 2005.
8-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda sifat so‘z turkumini o‘qitish metodikasi.
Reja:
1.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sifat tushunchasini shakllantirish
2. Sifatni o‘rganish bosqichlari
3. O‘quvchilarni sifatlarni yasalishi bilan tanishtirish

Asosiy tushuncha va tayanch iboralar: sifat, son, sanoq son, taqsim son, dona, cha, jamlovchi sonlar, tartib son, fe’l, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’l, kesim, qo‘shma fe’l, o‘tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon fe’llari, tuslanish, shaxs-son qo‘shimchasi.


1-masalani bayoni
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sifat tushunchasini shakllantirish
Sifatni o‘rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomon- dan izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko‘zda tutadi. 0‘quvchilar 1- va 2-sinfda sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so‘rog‘ini berishga o‘rganadilar; 3-sinfda sifat so‘z turkumi sifatida o‘rganiladi; 4-sinfda ilgari o‘rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda qip-qizil, yam-yashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o‘rgatiladi. Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma’lum bo‘lgan sifatlarning ma’nosiga aniqlik kiritiladi. Sifatni o‘rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko‘rinishi, maza-ta’mi, xarakter-xususiyati, hidi, vazni, o‘rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma’nosi uni ot bilan bog‘liq holda o‘rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun 1-sinfdanoq o‘quvchilar e’tibori sifatning otga bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi. O‘quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so‘roq yordamida gapda so‘zlarning bog‘lanishini aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi, ya’ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so‘z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog‘liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) yo‘nalishda olib borishni talab etadi.
Boshlang‘ich sinflarda ,,Sifat“ mavzusi quyidagi izchillikda o‘rganiladi: 1) sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-, 2-sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (3-sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o‘zlashtirish (4-sinf).
2-masalaning bayoni
Sifatni o‘rganish bosqichlari
Birinchi bosqich. Sifat bilan dastlabki tanishtirish sifat­ning leksik ma’nosi va so‘roqlari ustida kuzatish o‘tkazishdan boshlanadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo‘lib, uni rangi, mazasi, shakli, xil-xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan sifat tushun- chasini shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi.
O‘qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko‘rsatadi, o‘quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma - qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) ip - uzun, ko‘k ip. Albatta, suhbat asosida o‘quvchilar olma, ip so‘zlari nima? so‘rog‘iga javob bo‘lib, predmet nomini biidirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so‘zlar qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli) ni bildirishini aniqlaydilar. O‘qituvchi atrofimizni o‘rab olgan predmetlarning o‘z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday ? daraxt -Katta, chiroyli, sershox, ко‘m-ко‘к daraxt. Qanaqa? shkaf— Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday?, qanaqa ? so‘roq‘iga javob bo‘lgan so‘zlar predmet belgisini bildiradi.
O ‘quvchilar belgi bildirgan bunday so‘zlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko‘p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib qoldirib, so‘ngra sifatlari bilan o‘qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko‘rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so‘zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko‘rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, sujetli rasmlar) dan keng foydalaniladi.
O‘quvchilar qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lgan (predmet belgisini bildirgan) so‘zlarni o‘zlashtirishlari uchun mashqning qu­yidagi turlari samarali hisoblanadi: 1) so‘roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so‘zlarni tanlash; 2) aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish; 3)^matndan kim ? yoki n/mfl?so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni va unga bog‘langan qanday? va. qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni tanlab (so‘z birikmasini topib) aytish va yozish; 4) tayanch so‘zlar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish.
Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: „Sifat" tushunchasini shakl­lantirish hamda o‘quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish hal qilinadi.
„Sifat" tushunchasini shakllantirish o‘quvchilarning „predmet belgisi" degan umumlashtirilgan kategoriyani o‘zlashtirish darajasiga bevosita bog‘liq. Shu maqsadda rang, maza, shakl, hajm, xil-xususiyat bildiradigan so‘zlar guruhlanadi va shu so‘zlarning xususiyatlari umumlashtiriladi. Sifatning leksik ma’nosi bilan birga uning xaraktcrli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umumlashtirish asosida o‘quvchilar uning so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos ko‘rsatkichlarini ajratadilar: a) predmet belgisini bildiradi, b)qanday? yoki qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, d) gapda otga bog‘lanib, shu ot bilan so‘z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.
Bu sinfda og‘zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog‘i yoki parkka ekskursiya vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoya tuzish kabilar)ga katta o‘rin beriladi. O‘quvchilarning sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o‘stirish uchun: 1) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish: Qanday? shaftoli
shirin, suvli, tuksiz shaftoli. Qanday? kitob Qalin, qiziqarli kitob;
2)berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: Tikanli, kichkina, foydali ... (tipratikan). Ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi ... (tulki);
3)predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini aytish kabi mashqlardan foydalanish mumkin.
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o‘rnini puxta o‘zlashtirishga erishish uchun ma’nodosh va zid ma’noli sifatlar ustida ishlash, o‘qish darslarida sifatning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. Sifatni o‘rganish jarayonida so‘z yasashga oid mashqlarni muntazam o‘tkazib borish o‘quvchilarda u yoki bu so‘z turkumini yasash uchun so‘z yasovchi qo‘shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi.
Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og‘zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nik- masini o‘stirish bilan bog‘liq holda -roq qo‘shimchasi bilan qo‘llangan sifatlarni va ko‘m-ko‘k, yam-yashil kabi sifatlarni to‘g‘ri yozish malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o‘quvchilar nutqini o‘stirishga qaratiladi.
Nazariy ma’lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlarning belgilarini ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo‘yish, gapda sifat bog‘langan otni (so‘z birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so‘z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq mate­rialini tanlashda -roq qo‘shimchasi bilan qo‘llangan yaxshiroq, aqlliroq kabi, shuningdek, tip-tiniq, sap-sariq kabi sifatlar ko‘proq bo‘lishiga e’tibor beriladi. O‘quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin mashq topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira boriladi. Shunday qilib, sifatni o‘zlashtirishda uni ot bilan o‘zaro bog‘liq holda o‘rganishga asoslaniladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin