Umummetodologik fanlar kafedrasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə30/107
tarix27.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#103558
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   107
MAJMUA ona tili oqitish

O‘qish va yozuv darslarining turlari. Savod o‘rgatish jarayonidagi darslar quyidagi belgilariga ko‘ra farqlanadi:

  1. Ta’limning predmetiga ko‘ra:

    1. “Alifbe” darsligi asosidagi o‘qish darslari;

    2. “Yozuv daftari” asosidagi yozuv darslari.

  2. Ta’limning davri va bosqichlariga ko‘ra:

    1. alifbogacha bo‘lgan davrdagi darslar;

    2. alifboni o‘rganish jarayonidagi darslar.

  3. Darsda yangi mavzu o‘tilishi va o‘tilmasligiga ko‘ra:

    1. yangi tovush-harf o‘rganiladigan o‘qish darslari;

    2. yangi harfni yozish darslari;

v) yangi tovush-harf o‘rganilmaydigan darslar.
Bulardan tashqari, umumlashtiruvchi va takrorlash darslari hamda savod o‘rgatish davrining oxirida “Alifbe” bayrami o‘tkaziladi.
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar bilimi dars jarayonida barcha ishlarga bog‘lab aniqlanadi, bog‘lanishli nutqni o‘stirish ham o‘qish va yozuv darslariga uzviy bog‘lanib ketadi. O‘quvchilarning sinfdan tashqari o‘qishlariga rahbarlik qilishlariga xaftada bir marta 20 daqiqa ajratiladi.
Savod o‘rgatish darslarida ish turlarini almashtirib turish, vaqti-vaqti bilan dam olish daqiqalari o‘tkazish zarur. Bu o‘quvchilar toliqishining oldini oladi.
Darslar tizimi deyilganda o‘quv vaqtini mavzularga nazariy va amaliy jihatdan rejali taqsimlangan, darslarning mantiqiyligi va istiqboli bir-biri bog‘langan, dars turlari va unda o‘qituvchi bilan o‘quvchilar foydalanadigan asosiy metodik vositalar xilma-xil bo‘lgan izchillik nazarda tutiladi.
Savod o‘rgatish davri uchun darslar tizimi o‘quv jarayoni bosqichlari asosida o‘qish va yozuv darslari muayyan guruhini ajratishni ko‘zda tutadi. Amaldagi “Alifbe” darsligi va ularga yozilgan qo‘llanmalarga asosan, savod o‘rgatishga jami 4 oy (shundan tayyorgarlik davriga 8 dars (ikki hafta), asosiy davrga qolgan vaqt) ajratiladi. Ta’limning har bir bosqichidagi darsning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Darslar qurilishida ichki mantiqiylik bo‘lib, har bir darsda yangi tovush va harf o‘rganiladigan dars bilan yangi mavzu o‘rganilmaydigan darsni navbatlashtirish, imlo va so‘zning bo‘g‘in tuzilishi haqida ma’lumot berish, o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirish kabi talablarga rioya qilinadi. Darslar umumlashtirish-takrorlash darsi bilan yakunlanadi.
Savod o‘rgatish davridagi darslarda ham interfaol usullar qo‘llaniladigan darslardan foydalanish katta ahamiyatga ega.

    1. Yüklə 0,53 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin