O‘qishvayozuvdarslarigaqo‘yiladigantalablar. Dars ta’limning asosiy shakli hisoblanadi. Analitik-sintetik tovush metodi asosida olib boriladigan savod o‘rgatish darslari xilma-xil bo‘lishi, o‘quvchilarni zeriktirmasligi va charchatib qo‘ymasligi kerak.
Savod o‘rgatish davridagi o‘qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari uchun umumiy bo‘lgan asosiy talablar mavjud:
Umumdidaktik talablar:
har bir darsning tarbiyaviy maqsadi bo‘lib, unda bironta axloqiy sifat o‘stirilishi lozim;
darsning ta’limiy maqsadi, ya’ni o‘quvchilar darsda qanday yangilikni bilishi, nimani o‘rganishi, qanday ko‘nikma va malakalar o‘stirilishi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va faolligining qanday bo‘lishi aniq belgilab olinishi kerak;
v) darsning izchilligi va istiqboli, uning oldingi va keyingi darslar bilan bog‘liqligi aniq belgilab olinishi zarur;
g) o‘tiladigan materialning xarakteri va ta’lim maqsadidan kelib chiqib dars uchun xilma- xil va qiziqarli metodik usullar va vositalar tanlanishi lozim;
dars davomida o‘quvchilarga differenstial va individual yondashish, ishni barcha o‘quvchilarning imkoniyati, bilimi, ko‘nikma va malakasi hamda fikrlash faoliyatini hisobga olgan holda uyushtirish kerak;
o‘quvchilarni aqliy mehnat (o‘qish) usullariga o‘rgatish, ularda maktabda o‘qish uchun kerakli ko‘nikmalarni hosil qilish zarur;
yo) beriladigan material ilmiy, o‘quvchilar yoshiga mos va muvofiq bo‘lsin va hok.
Maxsus metodik talablar:
o‘quvchilar nutqi uchun qayg‘urish, darsda adabiy til nuqtai nazaridan to‘g‘ri, ifodali, obrazli, aniq nutqqa erishish lozim;
o‘qish darsida ham, yozuv darsida ham o‘quvchilar nutqini o‘stirishga, lug‘atini boyitishga, gap tuzish va uni tahlil qilishga, og‘zaki hqikoyalash va shu kabi ish turlariga alohida ahamiyat qaratish kerak;
v) maktab va sinf devorlariga osilgan, xattaxtaga yozilgan har qanday yozuv mazmunan va imlo jihatdan savodli bo‘lishi zarur;
g) darsda nutq madaniyati hukmron bo‘lishi, o‘qituvchi va o‘quvchilar adabiy tilda so‘zlashishlari kerak;
o‘qish va yozuv ko‘nikma-malakalarini shakllantirish mashqlari darsda etakchi o‘rinni egallab, taxminan, darsning uchdan ikki qismiga to‘g‘ri kelishi lozim;
har bir o‘qish va yozuv darsida “Alifbe”dagi matnlar bilan bir qatorda Q. Muhammadiy,
P. Mo‘min, Z. Diyor, A. Obidjon kabi sevimli bolalar shoiri va yozuvchilari asarlaridan namunalar tanlab olinishi va sinfda o‘qish sinfdan tashqari o‘qish hamda o‘qib berilgan matnni eshitish bilan bog‘lanishi zarur.
yo) o‘qish va yozuv darslari bir-biri bilan uzviy bog‘lanishi, ya’ni o‘qish darsi o‘quvchilarni yozuv darsiga tayyorlashi, yozuv darsi oldingi o‘qish darsining davomi sifatida xizmat qilishi kerak va hok.