10- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Sifatni o‘rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish.
1-2-3-4-sinflar uchun sifatni o‘rganish darsining ishlanmasini tuzish.
Reja: 1. Sifatni o‘rganish bo‘yicha boshlang‘ich sinf ona tili o‘quv dasturi talablari ustida ishlash.
2. 1-,2-sinf ona tili darsligida berilgan “Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so‘zlar” mavzularini o‘rganish.
3. 1-,2-sinf ona tili darsligidagi “Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so‘zlar” mavzulari bo‘yicha mashq materiallarini tahlil qilish.
4. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida 1-,2- sinflar uchun sifatni o‘rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish.
Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga Sifatni o ‘rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish bo‘yicha sinflar kesimida tushuncha berish.
Amaliy topshiriq: Mavzu mohiyatini rejalar asosida o’rganish va asoslab yozish. Sinflar kesimida ish reja asosida ”Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so’lar” mavzulari doirasida mashg’ulot ishlanma tayyorlash.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 1. Qosimov K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Nosir, 2009.
2. Qosimov K. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: O‘qituvchi, 1995. 3.Roziqov O. va boshqalar .Ona tili didaktikasi –T.: Yangi asr avlodi, 2005
11- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Sonni o‘rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish. 1-2-3-4-sinflar uchun sonni o‘rganish darsining ishlanmasini tuzish. Reja: 1. Sonni o‘rganish bo‘yicha boshlang‘ich sinf ona tili o‘quv dasturi talablari ustida ishlash.
2. 1-2-sinf ona tili darsligida berilgan “Shaxs va narsaning miqdorini va tartibini bildirgan so‘zlar ” mavzularini o‘rganish.
3. 1-2-sinf ona tili darsligidagi “Shaxs va narsaning miqdorini va tartibini bildirgan so‘zlar” mavzulari bo‘yicha mashq materiallarini tahlil qilish.
4. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida sonni o‘rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish.