12-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Fe’lni o‘rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish. 3-4-sinflar uchun fe’lni o‘rganish darsining ishlanmasini tuzish.
Reja:
1. Fe’lni o‘rganish bo‘yicha boshlang‘ich sinf ona tili o‘quv dasturi talablari ustida ishlash.
2. 1-2 sinf ona tili darsligida berilgan “Fe’l so’z turkumi” mavzularini o‘rganish.
3. 1-2 sinf ona tili darsligidagi “Fe’l so’z turkumi” mavzulari bo‘yicha mashq materiallarini tahlil qilish.
4. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida fe’lni o‘rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish.
5. Dars ishlanmasi muhokamasi.
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga Fe’lni o ‘rganish darslari rejasini va ishlanmasini tuzish haqida tushuncha berish.
Amaliy topshiriq:1. Mavzu mohiyatini rejalar asosida o‘rganish va tahlil qilish. 2.3-4 sinfda fe’lni o‘rganish darslari bo‘yicha o‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiya elementlarini asoslab yozish. 3. Mavzu doirasida 3-4 sinf ish rejasi asosida dars ishlanma tayyorlash va tahlil qilish.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Qosimov K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Nosir, 2009.
2. Qosimov K. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: O‘qituvchi, 1995. 3.Roziqov O. va boshqalar .Ona tili didaktikasi –T.: Yangi asr avlodi, 2005
GLOSSARIY
Asos – so‘zning asosiy ma’nosini ifodalovchi, mustaqil qo‘llanish imkoniyatiga ega bo‘lgan qismi
Bog‘lovchi – gapning uyushiq bo‘laklarini va qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so‘zlar Bog‘lamalar – ot kesimlarni ega bilan moslashtiruvchi vositalar
Bog‘lovchilar – gap bo‘laklari yoki sodda gaplarni biriktirish uchun xizmat qiladi. I. Teng bog‘lovchilar: 1. Biriktiruv bog‘lovchilari: va, ham, hamda, bilan. 2. Zidlovchi bog‘lovchilar: ammo, lekin, biroq. 3. Ayiruv bog‘lovchilari: yo, yoki, yoxud, goh-goh, dam-dam, ba’zan. II. Tobe (ergashtiruvchi) bog‘lovchilar: -ki, chunki, shuning uchun, toki, go‘yo, agar, garchi.
Bog‘lovchi-yuklamalar – ham bog‘lovchi, ham yuklama vazifasida keluvchi -u (-yu), -da, na ..., na yordamchilari
Egalik qo‘shimchalari – ismlarga qo‘shilib, asos qismdan ifodalangan narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarning uch shaxsdan biriga qarash-liligini bildirgan qo‘shimchalar
Egalik qo‘shimchalari – predmetning qaysi bir shaxsga oidligini ko‘rsatuvchi qo‘shimchalar. Birlik: I – kitob Mm, xona+m. II – kitob+ing, xona+ng. III – kitob +i, xona+si. Ko‘p1ik: I– kitob+imiz, xona+miz. II – kitob+ingiz, xona+ngiz. III – kitob+lari, xona+lari.
Egalik shakli – shaxs, narsa, hodisaning uch shaxsdan biriga tegishliligini bildiruvchi shakl
Fe’l – ish-harakat, holat ifodalovchi so‘z turkumi fe’ldir: yozdi, o‘qidi, o‘yladi. O‘timli fe’1 – ish-harakatni biror obyektga o‘tishini ifodalaydi: ko‘rdi, topdi, qo‘ydi. O‘timsiz fe’l – ish-harakat biror obyektga o‘tmasligini ifdalaydi: keldi, yurdi, yuvindi.
Fe’l – nima qil(moq), nima bo‘l(moq) so‘roqlariga javob bo‘lib, shaxs yoki narsalarning harakat, holatini atab kelgan so‘zlar turkumi
Fe’l darajalari (nisbatlari) – ish-harakatning subyektga yoki obyektga munosabatini ifodalaydi: yuvindi (o‘zlik), yozildi (majhul), yozdirdi (orttirmq), yozishdi (birgalik).
Fe’l mayllari: Buyruq mayli – harakatni bajarishga buyruq, istak ma’nolarini ifodalaydi: yoz, kel, boray, keling. Shart mayli –harakatni bajarishda shart boigan holatni ifodalaydi: kelsa, bo‘lsa.
Fe’lning munosabat shakllari – fe’l asoslariga qo‘shilib, gapda kesim vazifasida qo‘llanishiga xoslovchi shakllar
Fe’lning vazifa shakllari – fe’lning turli gap bo‘laklari vazifasida kelishi uchun xoslangan shakllariFonema – ma’no anglatishda ishtirok etgan nutqning eng kichik qismi (unsuri): qil, qol, qo‘l.
Grammatik ma’no – so‘zning shakliy qismi – grammatik shakli ifodalaydigan ma’no
Grammatik shakl – grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladigan til vositasi
Harakat fe’llari – shaxs va narsalarning jismoniy harakati natijasida ro‘y bergan harakatni ifodalovchi fe’llar
Hisob so‘zlari – sanoq-son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so‘z o‘rtasida qo‘llanilib, bu narsaning o‘lchovini bildiradigan so‘zlar
Holat fe’llari – shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish jarayonini ifodalovchi fe’llar
Ismlar – egalik, kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlar
Juft olmoshlar – bir-biriga mazmunan yaqin bo‘lgan olmoshlar
Kelishik kategoriyasi – ot, otlashgan so‘z, olmoshlarning ot yoki fe’l bilan grammatik ma’nosini va aloqasini ifodalovchi qo‘shimchalar. Hozirgi o‘zbek tilida 6 ta kelishik bor: 1. Bosh kelishik – qo‘shimchasi yo‘q. 2. Qaratqich kelishigi– qo‘shimchasi -ning. 3. Tushum kelishigi – qo‘shimchasi -ni. 4. Jo‘nalish kelishigi – qo‘shimchasi -ga, -ka, -qa. 5. O‘rin-payt kelishigi – qo‘shimchasi -da. 6. Chiqish kelishigi – qo‘shimchasi -dan.
Kelishik shakli – ot va otlashgan so‘zlarning boshqa so‘zlar bilan sin-taktik munosabatini ko‘rsatuvchi shakl
Kelishik shakllari – ismlarni boshqa so‘zlarga tobelashtirib bog‘lash uchun xizmat qiluvchi shakllar
Kesim – gapda asosiy maqsad, belgi-xususiyatni ifodalaydi. Fe’1-kesim – fe’l turkumidagi so‘z orqali ifodalanadi: U maqsadiga erishdi. Ot-kesim – ot, sifat, son, olmosh, ravishlar orqali ifodalanadi: Kitob – bitmas xazina. Olmaning rangi – qizil.
Kesim – gapda fikr ifodalab keluvchi asosiy bo‘lak
Kesim tarkibi – kesim va unga tobe bo‘lgan ikkinchi darajali bo‘laklar
Kesim – gapning mazmuniy markazi.
Ko‘makchi – ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiluvchi bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sayin kabi so‘zlar
Ko‘makchi fe’l – asosiy fe’lga qo‘shilib, harakatni turli tarzda bo‘lishiniifodalaydi: Davomlilik: o‘qib turibdi. Davomsiz1ik: gapirib qo‘ydi. Takror: turtkilab turdi. Tugal1ik: o‘qib bo‘ldi.
Ko‘makchi fe’l – o‘z mustaqil ma’nolarini yo‘qotgan, ravishdoshning -(i)b, -a, -y shakllariga qo‘shilib, asosdan anglashilgan harakat-holatning bosqichlari va tarzini ifodalovchi fe’l
Ko‘makchilar – ot yoki otlashgan so‘z, olmoshlarning boshqa so‘zlar bilan grammatik munosabatini ko‘rsatadi: uchun, sari, kabi, qadar, ustida, yuzasidan, tashqari va b.
Ko‘p ma’noli so‘zlar (polisemiya) – bir-biriga ma’nodosh bo‘lgan so‘zlar: ishning ko‘zi, gapning tuzi, ishning boshi.
Ko‘plik kategoriyasi – miqdor jihatdan ko‘p bo‘lgan shaxs va predmetlar yoki birdan ortiq shaxslar tomonidan bajarilgan harakat, holat: kitoblar, yozdilar, yozdik, kelganmiz.
Kontekst – so‘z va iboralarning ma’lum gapda qo‘llanishi.
Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari – gapning ma’lum bir bo‘lagi yoki butun gap ma’nosini kuchaytirib, ta’kidlab keluvchi yuklamalar
Lug‘aviy shakl – ismlarning ko‘plik, kichraytirish-erkalash, qiyoslash ma’nolarini bildiruvchi qismi
Lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha – asosga qo‘shilib, qo‘shimcha ma’no hosil qiluvchi qo‘shimcha
Mavhum ot – sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin boimagan, tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan otlar
Mayl shakllari – fe’l asosida anglashilgan harakat-holat haqidagi xa-bar, buyruq-istak, shart ma’nolarini ifodalovchi fe’l shakllari
Modal so‘zlar – so‘zlovchining xabarga bo‘lgan munosabatini (ishonchi, shubhasi va b.) ifodalaydi: albatta, shubhasiz, aftidan, koshki.
Morfema – so‘zning tarkibiy qismlari: o‘zak, negiz, qo‘shimchalar (affikslar).
Morfologiya – so‘z turkumlari va ularning xususiyatlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi.
Morfologiya – so‘zlarning grammatik ma’nolari va grammatik shakllarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi
Munosabat shakli – ismlarning egalik, kelishik, -man,-san,-dir qo‘shimchalariga ega bo‘lgan shakli
Mustaqil so‘zlar – atash ma’noli so‘zlar yoki ular o‘rnida qo‘llanilib, ma’lum so‘roqlarga javob bo‘luvchi va gapda ma’lum gap bo‘lagi vazifasida keluvchi so‘zlar
Mustaqil so‘zlar – atash ma’nosiga ega bo‘lgan, so‘roqqa javob bo‘ladigan, sintaktik vazifa bajaradigan so‘zlar.
Mantiqiy urg‘u – gapdagi biror so‘zni, bo‘lakni (ma’nosini ta’kidlab, kuchaytirib) ajratuvchi urg‘u, gap urg‘usi
Modal so‘zlar – bayon qilinayotgan fikrga so‘zlovchining ishonch, gumon, quvonch, afsuslanish munosabarlarini bildirgan so‘zlar
Nisbiy so‘zlar – ergash gap tarkibida qoilaniluvchi kirn, nima, qancha, qanchalik, qanday, qayer kabi so‘roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo‘lib keluvchi shu, o‘sha, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar, bir-biriga nisbatan qo‘llanilganligi, biri ikkinchisini taqozo etuvchi so‘zlar
Olinma so‘zlar – boshqa tillardan kirgan so‘zlar.
Olmosh – boshqa so‘zlar, shuningdek, so‘z birikmasi va gap o‘rnida almashtirib qo‘llaniluvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so‘roq bildiruvchi so‘zlar
Olmosh – turli so‘z turkumlari o‘rnida almashib keladigan so‘z turkumidir. Kishilik olmoshi– shaxslar, narsalar o‘rnida qo‘llanadi: men, sen, u, biz. Ko‘rsatish olmoshi – shaxs, narsa yoki belgilar o‘rnida qo‘llanadi: bu, shu, okha. O‘zlik olmoshi – shaxsni ajratib, kuchaytirib ifodalaydi: o‘z, o‘zimiz. So‘roq olmoshi – shaxs, narsa, belgilarni so‘rash uchun qo‘llanadi: kirn, nima, qancha, qanday. Egalik olmoshi – shaxs, narsalarning qarashliligini ko‘rsatadi: meniki, uniki, bizniki kabi. Belgilash olmoshi – shaxs, narsa va belgilarni umumlashtirib ko‘rsatadi: hamma, har qanday, harqachon, barcha, bari. Gumon olmoshi– shaxs, narsa va belgilarga ishora qiladi: allakim, allaqaysi, kimdir. Bo‘lishsizlik olmoshi – shaxs, narsa, belgini inkor qiladi: hech kim, hech qanday va b.
Ot – kim? nima? qayer? So‘roqlariga javob bo‘lib, yakka shaxs, narsa, joy nomlarini yoki bir turdagi shaxs va narsa nomlarini ifodalovchi so‘zlar turkumi
Ot – shaxs va predmet tushunchasini ifodalovchi so‘z turkumi: Karim, kitob, sevgi. Otlarning ma’no turlari: l.Atoqli otlar: shaxs, joy, tarixiy voqea, asarlar, astronomik nomlar, atab qo‘yilgan nomlar: Shohista, Toshkent, Navro‘z bayrami, “Kecha va kunduz” romani, Cho‘lpon yulduzi, Arslon. 2.Turdosh otlar – bir turdagi narsa va hodisalarning umumiy nomi: kitob, daftar, daraxt, shahar.
Qo‘shimcha – so‘zning asos qismisiz qo‘llanmaydigan, faqat asosga qo‘shilib unga yangi yoki qo‘shimcha ma’no beradigan, shiningdek so‘zlarni bog‘lash uchun xizmat qiladigan qism
Dostları ilə paylaş: |