Autogen mashq (yun. autogenes – oʻzi bajaradigan), autotrening – ichki a’zolar funksiyasi, harakat faoliyati buzilganda oʻz-oʻzini ishontirish va oʻz-oʻzini boshqarish orqali shu holatdan forigʻ boʻlishga olib keladigan psi-xoterapiya (ruhiy davolash) usuli. Ne-mis olimi I. Shuls tomonidan taklif qilingan. Autogen mashq biror texnik moslama (xotira, diqqat trenajeri va boshqalar) yoki kishining oʻz xohish irodasi bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda bemorni oyoq-qoʻllarini boʻsh qoʻyishga, hech narsani oʻylamaslikka, faqat sogʻayib ketishga ishontirishga harakat qilinadi. Bu usul boshqa ruhiy davolash usullari bilan birga qoʻshib olib borilganda yaxshi naf be-radi. Asosan nev yuzlarda, ayniqsa uyqu buzilganda qoʻllaniladi. Qisqa muddatli dam olish va boshqa hollarda sogʻlom kishilar ham undan foydalanadilar.