Umumta’lim maktablarining fizika kursida “metal o’tkazgichlarda xususiy o’tkazuvchilar qarshilikligining temperaturaga bog’liqligi” mavzusini o’qitishda pedagogik texnalogiyalardan foydalanish”


Fizika o’qitishda dars samaradorligini oshirish



Yüklə 217,04 Kb.
səhifə10/10
tarix27.03.2023
ölçüsü217,04 Kb.
#90386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
metal o’tkazgichlarda xususiy o’tkazuvchilar

2.3.Fizika o’qitishda dars samaradorligini oshirish.

Fizika o’qitishda dars samaradorligini oshirishning ilg’or usullari. “Pedagogik texnologiya” termini yoki iborasi hali barcha izohli lug’atlarga kirib ulgurmagan bo’lsada, hatto kundalik pedagok nashrlarda keng qo’llanib kelinmoqda. Pedagogik texnologiya-bu ta’lim jarayonini natijasi oldindan to’la belgilangan, o’ziga xos ishlab chiqarish texnologik ta’limning ijobiy natijasining to’la kafolatlay oluvchi uslublar majmuasi deb qaraladi. Pedagogik texnologiya-bu ta’limni amalga oshiruvchi mas’ul shaxsning maqsadi bo’lmay, balki ta’limni amalga oshirish maqsadida amalga oshiradigan tadbirlar, usullar qo’llanilib kelingan. Bu borada har bir mashxur davlat arboblari va taniqli sarkardalarning ta’lim-tarbiya va intizom haqidagi nizomlari va tuzuklari Yaratilgan. Pedagogik texnologiya o’qituvchining tajriba mohirlik darajasidan qat’iy nazar albatta bir xil darajadagi ijobiy natijaga olib keluvchi metodik texnologiya majmuasidir. Pedagogik texnologiya asosini- o’qitish metodlari va prinsiplari, xususan izchillik prinsiplari tashkil etadi.


Pedagogik texnologiya-bu o’qitish jarayonini izchil metodik tashkil etish, qo’llash, bilimlarini sinab ko’rish va baholash, inson imkoniyatlarini va salohiYatini hisobga olish va undan samarali foydalanishni tashkil qilish xamonaviy fan-texnika yutuqlari va kompyuter texnologiyalari yutuqlaridan foydalanib, samaradorligini eng yuqqori darajaga ko’tarishdan iborat jarayon tadbiridir. Yapon olimi T.Sakomoto fikriga ko’ra “Pedagogik texnologiyalar- o’qitishda izchillik yondashuvini qo’llashdir” izchil yondashish pedogogik texnologiyaning boshqa usullaridan ajratib turuvchi asosiy belgisidir. Pedagogik texnologiya dastlab AQSHda mashhur olim va pedogoglar B.Blum, D.Prajval, N.Gronxund, J.Kerall, J.Blok, L.Anderson, A.F.Osborn, V.D.Gardon va boshqalar tomonidan ishlab chiqildi va rivojlantirildi. Pedagogik texnologiya pedogogika jarayoni natijasi kafolatlangan “ishlab chiqarish” jarayoniga aylantirishni maqsad qilib olgan. Yangi pedagogik texnologiyalarning metodlari ichida “aqliy hujum” usuli hozirgi kungacha barcha pedogoglar va ixtirochilar tomonidan keng qo’llanilib kelinmoqda. Aqliy hujum- ma’lum muammoni xal qilish uchun turli-ruman g’oyalarni umumlashtirish va rivojlantirish usulidir.
A.F.Osborn fikricha tadqiqotchilarning ishini guruhga ajratish mumkin. Bir guruh ishlarda g’oyalarni Yaratish, ilgari surish va topa bilish qobilYatlari rivojlangan bo’lsa, boshqa birlarida shu g’oyalarni tahlilini qilish uchun qobiliyattlarini yuqori bo’lishi aniqlanadi. “Aqliy hujum” usulini quyidagi asosiy qoidalarga amal qilgan holda olib boradilar:
1. Muammoni aniq ko’rsatish;
2. Alohida miYa hujimi olib borish;
3. Guruhda miYa hujumini olib borish;
-berilayotgan barcha g’oyalarni yozib borish;
fikrlarni navbati bilan nayon etish;
-berilayotgan g’oyalarni tanqid qilmaslik;
-har bir g’oyani muhokama qilish;
-o’zgalar g’oyalariga quloq solish, e’tibor berish.
-g’oyalarni ijobiy tahlil qilish.
4. Har bir g’oyani ijobiy tahlil qilish:
-aniqlab olish va Yaxshi tushuntirish uchun;
-birlashtirish va asosini ajratib olish.
“Aqliy hujum” usulini rivojlantirish va takomillashtirishni Amerika olimi V.D.Gordon “sinektika” deb ataluvchi uslubini taklif etdi. Ixtirochilik vazifalarini hal etish notanish narsani tanish narsaga, odatdagi narsani odatdan tashqari narsaga aylantirishga asoslanadi. Notanish narsani tanish narsaga aylantirish- bu muammoni o’rganish va unga tushuntirishdir.
Qarama-qarshi jarayon Yangi odatiy narsani odatdan tashqari narsaga aylantirish 4 ta o’xshashliklar yordamida amalga oshiriladi:
1. To’gri o’xshashlik;
2. Shaxsiy o’xshashlik;
3. ramziy o’xshashlik;
4. Hayoliy o’xshashlik.
G’arbda keng tarqalgan texnologiyalardan biri B.Blumning “TaksomaniYa” deb ataluvchi usulidir. Bu usulning ob’ektlar, hodisalarning tabiiy bog’lanishlarini hisobga olib ilyuslariga ajratish va sistemalashtirishni anglatadi. O’tgan asrning 90-yillarida novator pedagoglar ish usullari keng targ’ib qilindi, ularning yutuq va kamchiliklari chuqur o’rganildi. Bu usullar o’ziga xos o’sha davr uchun katta samara berishi kuzatildi. Novatorlarning ish uslublari lokal ta’lim muassasalaridagina qo’llanildi va muvaffaqiYatga erishildi. XX asrning 90-yillarida ittifoq matbuotda novator pedagoglardan Donetslik 5- maktabning mashhur matematika fani o’qituvchisi F.V.Shatalovning birinchi kitobi “Uch baholar qayoqqa va qanday qilib uo’qoldi” nomi bilan 1979-yili nashr qilindi. Uzoq yillar qilingan mehnatlar ko’pchilikka o’z samarasini berdi. Sh.A.Omanashvili 6-yoshli bolalarni o’qitishning “o’yinlar usuli”ni taklif etdi va shu usul bilan mashg’ulotlar olib bordi.
Omanashvili baholash borasida zo’r kashfiyot qilgan. Masalan, o’quvchi matematik misollarni ko’zi yumuq holda yechadi va o’qituvchisi kimni qachon rag’batlantirganini ko’rmaydi. Har bir o’quvchi o’z vaqtida baholandim deb his qiladi. 30 Bu pedagogik ustalik chinakam pedagogik mahorat deb baholanishi mumkin. V.F.Shatalov esa o’zining tayanch belgilari va tayanch konspektlari bilan Donetsdagi 5- maktabda birinchi fanlarni samarali o’qitishda erishgan.
Tayanch belgilari juda ixcham va imkoni boricha kam sonli belgilar ishlatilgan holda foydalanadi. Tayanch belgilarni o’quvchilar o’zlari ham tushunishlari mumkin. Shatalov usuli faqatgina tayanch belgilar bilan cheklanmaydi. Ularning mantiqiy asosini, mazmunini keng qamrovli bo’lishini ta’minlaydi.
Tayanch belgilarini tuzatayotgan o’quvchilar albatta mavzu bo’yicha anchagina bilimga ega bo’lishlari kerak bo’ladi. I.T.Volkov esa asosan ulgurmovchi bolalar bilan shug’ullanadi. Volkovning usulida o’quvchining shaxsiy qiziqishlari, layoqati o’quvchida rivojlantiriladi. O’quvchi har bir tayyorlangan yoki bajargan ijodiy ishini “Hisob daftarchasi” ga yozib boradi. “Hisob daftarchasi”dagi ijobiy taqrijlar o’quvchini Yanada ijodga chorlaydi. N. Ilinning adabiy darsida esa o’qimaydigan o’quvchining o’zi yo’q. Masalan, o’quvchilarga o’qituvchi biror she’rni misralarini o’qiydi va ma’nosiga qarab muammoni qo’Yadi. Muammoni ustida o’ylanishga majbur bo’lgan o’quvchilar butun asarni goho esa shoir Yani yozuvchining to’la ijodini o’rganishga harakat qiladi. Azorsk maktabining sobiq direktori M.T.Shattinin esa maktabni deYarli aktyorlik teatriga aylantirishga muvaffaq bo’lgan. O’quvchilar Nyuton va Platon davriga qaytishlari, o’sha davr liboslari va muhitida huddi o’sha olimlar kabi fikr almashishlari va bahslashishlari kerak bo’ladi. O’quvchilar o’sha olimlar davriga mos sahna bezaklariga, kiyim, bosh liboslariga qiziqishi keskin ortadi, o’quvchilar o’zlari ijod qiladilar va dars o’tadilar. Mashg’ulotni o’tishda barcha o’quvchi qatnashadi.
Yangi asr informatsion texnologiyalarning shiddati katta mashtabli rivojlanish bilan boshlangan. Bu borada yetuk mutaxasislar, ayniqsa Yangi boshlovchi tadqiqotchilar va axborot texnologiyalarining o’rgatuvchilari ham uning tadqiqotiga va imkoniyatlariga yetib olish mushkul ekanligini his etmoqdalar. Axborot texnologiyalari texnik imkoniyatlari, intelektual salohiYati, ko’p qirraliligi bilan lokal rivojlanishda jahon fani taraqqiyotiga katta hissa qo’shib kelmoqda. Lokal, alohida davlatlar va ilmiy markazlarda raqobatni rivojlanishi keng ma’noda taraqqiy etish, o’sha davlatning yoki markazning tom ma’nodagi gegamonligiga olib kelmoqda.
Bunday taraqqiyot har bir davlat va hatto har bir mutaxassisda doimo izlanishda bo’lishiga va shu taraqqiyot o’sishi poygasida o’z o’rnini topa bilishni taqozo etmoqda. Bunday raqobatni axborot texnologiyalarning barcha sohalarida kuzatilmoqda. Kompyuter texnikasi imkoniyatlari tezligini, xotirasini va mobilligini doimo takomillashtirish 31 borasida rivojlangan davlatning shu soha mutaxassislari to’xtovsiz ish olib borib, kutilmagan natijalarga, yutuqlarga erishmoqdalar. Ikkinchi tomondan dasturlash muammolarni hal etish va bu sohaning cheksiz katta imkoniyatlarini ham Yanada chuqurroq o’rganilib, informatsion bozorda nihoYatda samarali Yangi biznesning rivojlanishiga ham olib keldi. Uchinchi tomondan internet xizmati turlari kengayishi, rivojlanishi va mobillashuvi jahonda fan va texnika hamda biznesning rivojiga katta turtki bo’ldi. Bu yutuqlarning barchasi sanab o’tilgan sohalarda ko’zga ko’rinib turgan muvaffaqiYatlarga olib kelishi bilan ta’lim va tarbiYa sohasida ham keng imkoniyatlarni Yaratdi. Ta’lim va tarbiYa jarayonini amalga oshirishda dastlab EXM ning qo’llanishi juda qiyin va sekin sodir bo’lgan bo’lsada, keyingi yillar ichida axborot texnologiyalarining ta’limga integratsiYasi keskin kuchaydi. Pedagogik texnalogiYa tushunchasi, har bir pedagog tomonidan xususiy yondashish asosida idrok qilinmoqda. Pedagogik texnalogiYa ta’limining ijobiy natijasini oldindan to’la kafolatlay oladigan metodlar, usullar va tadbirlar majmuasidir. Pedagogik texnalogiYani Yaratish va ta’limni qo’llashdan maqsad esa, ta’limning samaradorligini oshirish, oson o’qish va oson o’qitishni yo’lga qo’yishdan iboratdir. Bu borada klassik pedagoglar, bashariYat allomalari qanday fikrda bo’lgan? – degan savol tug’iladi. Albatta inson Yaratilganidan boshlab, ta’lim va tarbiYani samarali amalga oshirish borasida izlangan va muammolarni xal etib kelgan. Ta’lim samaradorligini oshirish borasida sharq va g’arb mutafakkirlarning qator durdona asarlarini sanab o’tish mumkin. Yu.X.Xojibning “Qutadg’u bilig” asari, Qobusnoma, Temur tuzuklari, Navoiy “Xamsa”si, “Boburnoma” kabi durdonalar shular jumlasidandir. Biz bugun ta’limda keng qo’llayotgan ta’limning 10 dan ortiq printsiplari va ta’limning asoslari shu tasarlarda ishlab chiqilgan. 17 asrda Yashagan buyuk texnologiya pedagogi Ya.O.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari esa g’arb pedagogikasida o’ziga xos buyuk asar sifatida bugungi kunda ham o’z qiymatini yo’qotgani yo’q. Pedagogik texnologiyaning ta’riflari Pedagog texnologiya - o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari, tarbiYaviy vositalarning maxsus yig’indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi: u pedagogik jarayonning tashkiliy – uslubiy vositalaridan iborat. Pedagogik texnalogiYa – o’qituvchi maxoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiYatni kafolatlay oladigan, o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyixasidir. 32 Pedagogik texnologiya – ta’limining rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti. Pedagogik texnalogiYa – o’quv jarayonining o’quvchilar va o’qituvchi uchun so’zsiz qulay sharoitlar taminlashni loyixalash, tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha hamma detallari o’ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli. pedogogik texnologiya – tizimli fikr yuritish usullarini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayYan bir tizimga keltirishdir. Pedagogik texnologiya – bu jamiYat ehtiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo’naltirilgan o’quv jarayonini tizim sifatida qarab, uni tashkil etuvchilar, Yaьni o’qituvchi (pedagog)ning o’qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayYan ketma-ketlikda ko’rsatgan ta’sirini va ta’lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi texnalogiYalashgan ta’limiy tadbirdir. Pedagogik texnologiyaning asosiy yo’nalishlari Xozirgi an’naviy ta’lim Ya.A.Komenskiyning didaktik tamoillarni asosida shakllanib, xozirda maktablarda eng ko’p qo’llanayotgan sinf-dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yo’nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida Yaratilib, xozirda rivojlanib bormoqda. Pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni o’quvchi shaxsiga yo’naltirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar: xamkorlik pedagogikasi, ta’limning insonparvarlika asoslangan texnologiyasi va boshqalar. O’quv faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Muammoli ta’lim, o’yinlar, tayanch signallar konspektlari texnologiyalari va boshqalar.


XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:


1. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev asarida.
2. “Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak”O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev asaridan.
3. “Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz» O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev asaridan.
4. “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
5. Ishmuhamedov R.J., Yo’ldoshev M. Ta’lim va tarbiyada zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – T.: - Nihol nashriyoti, 2016

  1. Berdiyeva O.B., Mirsaburov M.Matematika fanini o’qitish metodikasi moduli bo’yicha o’quv uslubiy majmua. – Termiz-2020.

  2. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.

  3. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonuni.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi “O‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 390-sonli qarori.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21-maydagi “2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi PF-3431 Farmoni.

  6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010-yil 1-iyuldagi “O‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida” gi 6/2/4/1-sonli qo‘shma hay’at majlisi qarori.

  7. G.Ya. Myakishev, B.B. Buxovtsev, N.N. Sotskiy. Fizika 10. - M .: Ta'lim, 2008.

  8. A.P. Rymkevich. Fizika. Muammolar kitobi 10-11. - M.: Bustard, 2006 yil.

  9. O.Ya. Savchenko. Fizikadagi muammolar. - M.: Nauka, 1988 yil.

  10. A.V. Peryshkin, V.V. Krauklis. Fizika kursi. T. 1. - M .: Davlat. uch.-ped. ed. min. RSFSR ta'limi, 1957 yil.

  11. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.

  12. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonuni.

  13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi “O‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 390-sonli qarori.

  14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21-maydagi “2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi PF-3431 Farmoni.

  15. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010-yil 1-iyuldagi “O‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida” gi

INTERNET SAYTLARI



  1. https://pm.piima.uz/steam-ta-lim

  2. Ayp.ru ().

  3. Vikipediya ().



Yüklə 217,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin