Umumta’lim maktablarining fizika kursida “metal o’tkazgichlarda xususiy o’tkazuvchilar qarshilikligining temperaturaga bog’liqligi” mavzusini o’qitishda pedagogik texnalogiyalardan foydalanish”


II BOB METAL O’TKAZGICHLARDA XUSUSIY O’TKAZUVCHILAR QARSHILIKLIGINING TEMPERATURAGA BOG’LIQLIGI



Yüklə 217,04 Kb.
səhifə7/10
tarix27.03.2023
ölçüsü217,04 Kb.
#90386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
metal o’tkazgichlarda xususiy o’tkazuvchilar

II BOB METAL O’TKAZGICHLARDA XUSUSIY O’TKAZUVCHILAR QARSHILIKLIGINING TEMPERATURAGA BOG’LIQLIGI



2.1.1.-rasm
Shu vaqtgacha biz elektr tokini elektr maydon ta’sirida elektr zarYadlarning tartibli harakati tarzida qaradik. Lekin biz hozircha qaysi zarYadlar (musbat yoki manfiy) harakatlanishi va qanday harakatlanishini aniqlaganimiz yo’q. Endi ana shu savollarga ham javob topish vaqti keldi. Buning uchun avval metall o’tkazgichlarning ichki tuzilishini bilib olish zarur.
2.1. Metallarning tuzilishi.


Metallarning tuzilishi. Istalgan metalldagi valent elektronlarning bir qismi atomdagi o’z o’rnini tashlab ketishi aniqlangan. Natijada atom musbat ionga aylanadi.
Metallardagi musbat ionlar qat’iy tartibda joylashib, metallning asosini tashkil etadi. Ular orasida esa erkin (Ya’ni atomni tark etgan) elektronlar tartibsiz (xaotik) harakatlanadi. 2.1.2-rasmda bitta elektronning juda kichik vaqt oralig’idagi harakat trayektoriYasi ko’rsatilgan.



2.1.2.-rasm

2.1.3.-rasm
Metall o’tkazgichlarda elektr maydon ta’sirida qanday elektr zarYadlar harakatlanadi? Musbat ionlar o’tkazgichning asosini tashkil etgani, o’tkazgich esa qo’zg’almas bo’lgani uchun musbat ionlar elektr maydon ta’sirida ham harakatlana olmasligi o’z-о zidan ravshan. Ehtimol, elektr maydon ta’sirida erkin elektronlar harakatlanar?
Bizning bu farazimiz isbotlashni talab qiladi. Fizikada eng ishonchli isbot tajribadir. Nemis fizigi Каr1 Rikke 1899-yilda quyidagicha tajriba o’tkazdi.
U silindr shaklidagi uchta metallni bir-biriga zich qilib ketma-ket joylashtirdi. Silindrlarning ikki chetdagisi misdan, o’rtadagisi esa aluminiydan Yasalgan edi (38- rasm). Shu silindrlar orqali kuchli elektr toki bir yildan ortiq vaqt o’tib turdi. Mis va aluminiy silindrlarning bir-biriga tegib turgan joyini sinchiklab tekshirib, Rikke misda aluminiyning, aluminiyda esa misning ionlarini topa olmadi. Shunday qilibRikke o’tkazgichdan elektr toki o’tganda ionlar ko’chmasligini tajribada isbotladi. Demak, faqat elektronlargina ko’char ekan. Shunday qilib, metall o’tkazgichlarda elektr toki elektronlarning harakati tufayli vujudga kelar ekan.

2.1.4.-rasm



Yüklə 217,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin