Umumta’lim maktablarining fizika kursida “metal o’tkazgichlarda xususiy o’tkazuvchilar qarshilikligining temperaturaga bog’liqligi” mavzusini o’qitishda pedagogik texnalogiyalardan foydalanish”


O'tkazgichlar, Yarimo'tkazgichlar, izoltorlar



Yüklə 217,04 Kb.
səhifə9/10
tarix27.03.2023
ölçüsü217,04 Kb.
#90386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
metal o’tkazgichlarda xususiy o’tkazuvchilar

O'tkazgichlar, Yarimo'tkazgichlar, izoltorlar Elektronni valent zonadan o'tkazish zonasiga o'tkazish uchun tashqaridan malum energiYa berish kerak. Elektron turg'un holatdan (to'ldirilgan holatdan) . erkin holatga (o'tkazish zonasiga) o'tishda yengish kerak bo'lgan man qilingan zonanirtg kengligi qattiq jismlarni metallar, Yarim o'tkazgichlar va izolYatorlarga ajratishning asosiy mezonlaridan biridir. Bunga keltirilgan sxemalardan osongina ishonch hosil qilish mumkin. Zonalarning elektronlar bilan to'ldirilganligi va man qilingan zonaning kengligiga qarab to'rtta hoi bo'lishi mumkin. Eng yuqori zona elektronlar bilan qisman to'ldirilgan, Ya'ni unda bo'sh sathlar mavjud. Bu holda elektron juda kam energiYa olganda ham shu zonaning yuqoriroq energetik sathiga o'tishi, Ya'ni erkin bo'lib, tok o'tkazishda ishtirok etishi mumkin. Demak, qattiq jismda qisman to'ldirilgan zona mavjud bo'lsa, bu jism elektr tokini o'tkazadi. Aynan shu xususiYat metallarga xosdir.
Agar valent zona va o'tkazish (erkin) zonasi bilan qisman ustma-ust tushsa ham, qattiq jism elektr tokini o'tkazuvchi bo'ladi. Bu Mendeleyev elementlar davriy sistemasidagi II guruh elementlari Be, Mg, Ca, Zn ....larga xos xususiYatdir. Energetik sathlari faqat valent zona va o'tkazish zonasidan iborat qattiq jismlar, man qilingan zonasining kengligiga qarab dielektriklar va Yarim o'tkazgichlarga ajratiladi. Agar kristallning man qilingan zonasining kengligi bir necha elektron-volt bo'lsa, issiqlik harakati elektronni valent zonadan o'tkazish zonasiga sakrata olmaydi va bunday kristallarga dielektriklar deyiladi. Agar man qilingan zona uncha katta bo'lmasa (AE~ 1 eV), elektronni valent zonadan o'tkazish zonasiga issiqlik yoki biror boshqa ta'sir bilan ko'chirish mumkin. Bunday kristallarga Yarim o'tkazgich-lar deyiladi. Masalan, germaniy uchun AE= 0,72 eV, kremniy uchun AE=1.11 eV ni tashkil qiladi. Shunday qilib, o'tkazgichlar uchun man qilingan zonaning keng¬ligi no'lga teng, Yarim o'tkazgichlar uchun 2eV dan oshmaydi, dielektriklar uchun esa 2eV dan katta bo'ladi
Fizikadan nazorat turlari va nazorat darsi. O’quvchilar o’zlashtirishini nazorat etishidagi asosiy talab doimiy va uzluksiz bajarishda xaqoniylikdir. O’quvchilar bilimini, qobiliyattini va malakalarini nazorat qilish fizika o’qitishda asosiy jarayon hisoblanadi. Uning maqsadi o’quvchilar tomonidan o’quv materialini qay darajada o’zlashtirilganligi, aloxida o’quvchi va sinfning bilim va bilim qobiliyatt xolatini aniqlashdan iborat. Bilimni, qobiliyatt va malakani nazorat qilish bir vaqtda takrorlash, chuqurlashtirish, mustaxkamlash va bilimni sistemalashtirishdan iborat. Nazoratning asosiy turlari quydagilardan iborat.
1. Og’zaki nazorat.
a) Yakka so’rash
b) Tig’izlashgan individual so’rash doskaga bir yo’la 2,3,4 kishini chiqarish va so’rash. 27
v) Yalpi (frontal) so’rash
g) Sinov (sinf bo’yicha “zachyot”)
2. Yozma nazorat.
a) Qisqa vaqtli (5-15 min.) yozma ishlar.
b) Yakuniy yozma ishlar (1-soatlik yozma ish, diktant, insho).
3. Bilimni programmalashtirilgan “dasturli” nazorati.
4. O’quvchi bilimi va qobiliyattini fizikadan og’zaki va yozma ishlar, laboratoriya ishi natijalari bo’yicha xisobot praktikum ishi natijalari asosida ham nazorat o’tkaziladi.
O’zlashtirishni og’zaki tekshirish bilim va malakalarni tekshirishning eng keng tarqalgan ko’rinishi bo’lib, u o’quvchilarning fikrlash jarayonini, mantiqiy fikrlashning va uning nutqi rivojlanishini kuzatib borishiga imkon beradi. Uning natijasida o’quvchi bilimidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo’lini aniqlashiga imkon Yaratadi. Shu bois fizikaga vaqtdan unumli foydalanilgan xolda og’zaki so’rashni darsning ko’p qismlarida amalga oshirish mumkin. Bilim va malakalarni og’zaki tekshirish usulini Yangi darsni mustaxkamlashda masala yechish darsida laboratoriya va frontal tajribalar o’tkazishdan ilgari yakuniy takrorlashda qo’llash yaxshi natija beradi. So’rash uchun ajratilgan vaqtdan bog’liq xolda, o’qitish xolati va rivojlantiruvchi ta’lim masalasini xal etishda og’zaki so’rashning Yakka Yalpi so’rash nazorat va sinov usullaridan biri qo’llaniladi. Nazorat natijalariga qarab o’quvchining o’zlashtirish darajasi “besh balli” tizimda yoki reyting tizimi asosida ballar raqami yordamida baxolanadi. Magistirlik dissertatsiYa ishi mavzularini uslubiy taxlilida nazoratning barcha turlari inobatga olinadi.

Yüklə 217,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin