7. Daryo qisqichbaqasi nima bilan oziqlanadi? A-baqalar, baliqlar
o ‘limtigi, B-tirik baliqlar, V-suvo‘tlari, G-o‘simliklar ildizi, D-balchiq,
E-kasallangan
hayvonlar,
J-mollyuskalar,
Z-hasharotlar,
I-mayda
qisqichbaqasimonlar, K-hasharotlar lichinkasi.
8. Qisqichbaqa tana qoplag‘ichining tuzilishi va funktsiyasini
ko‘rsating: A-qattiq, shoxsimon moddadan iborat, B-qalin xitindan
iborat, V-himoya, G-tuyg‘u, D-tashqi tayanch skelet, E-ichki tayanch
skelet.
9. Daryo qisqichbaqachasi qon aylanish sistemasini qonning
yurakdan chiqishidan boshlab tartib bilan ko'rsating: A-tana bo‘shlig‘i,
B-yurakoldi bo‘shlig‘i, V-yurak, G-arteriyalar, D-jabra verialari, E-yurak
teshikchalari, J-jabralar, Z-jabra arteriyalari.
10. Daryo qisqichbaqachasi jabralar qanday tuzilgan? A-tana
bo‘sh!ig’ida joylashgan, B-jag‘oyoqIari va yurish oyoqlari asosida
joylashgan, V-patsimon o’simtalardan iborat, G-yashil bezlar deyiladi,
D-uzun m o’ylovlar asosiga ochiladi, E-bir necha qavat bo‘lib
joylashgan.
11. Daryo qisqichbaqasi nerv sistemasi boMimlarini tartib bilan
ko‘rsating: A-qorin nerv zanjiri, B-organlarga ketadigan nervlar, V-
halquin usti nerv tuguni, G-halqum osti nerv tuguni, D-qorin nerv
tugunlari, E-halqum atrofi nerv halqasi.
12. Daryo qisqichbaqasi erkagi urg‘ochisidan qanday farq qiladi?
(5-topshiriqqa qarang).
13. Daryo qisqichbaqasining urg‘ochisi erkagidan qanday farq
qiladi? A-qorin qismi nisbatan ingichka, B-qorin qismi nisbatan
kengroq, V-gavdasi kichikroq, G-gavdasi yirikroq.
Dostları ilə paylaş: