ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI Xalq ta‟limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida
o„quvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish malakalari
va kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida urg„u bergan holda, zamonaviy
innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta‟lim dasturlari va yangi
davlat ta‟lim standartlarini joriy etish, o„quvchilarning bilim darajasini baholashda
ta‟lim sifatini baholash bo„yicha xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda
doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan.
Shu asosda o„quvchilar savodxonligini baholash bo„yicha xalqaro dastur (PISA),
boshlang„ich sinf o„quvchilarining matnni o„qib tushunish darajasi ni baholash
xalqaro dasturi (PIRLS), o„quvchilarning matematika va tabiiy yo„nalishdagi
fanlardan o„zlashtirish darajasini baholash dasturi (TIMSS), rahbar va pedagog
kadrlarning umumiy o„rta ta‟lim muassasalarida o„qitish va ta‟lim berish muhitini
hamda ularning ish sharoitlarini o„rganish bo„yicha xalqaro baholash (TALIS)
dasturlarida ishtirok etishga kirishildi.
2021-yilda o„tkaziladigan PIRLS xalqaro baholash dasturida 60 dan ortiq
davlatlar qatorida mamlakatimizdagi 4-sinf o„quvchilari ham ilk marotaba ishtirok
etadi. Ushbu xalqaro dastur bolaning mustaqil inson sifatida rivojlanishida katta
ahamiyat kasb etib, boshlang„ich ta‟limda tahsil olayotgan o„quvchilarning o„qib
tushunish ko„nikmalarini xalqaro miqyosda baholaydi.
PIRLS dasturida asosiy e‟tibor 4-sinf o„quvchilariga qaratiladi, buning boisi
odatda, ushbu rivojlanish davrida o„quvchilar o„qish ko„nikmasini hosil qilgan bo„lib,
endi bu ko„nikmadan boshqa fanlarni o„rganishda foydalanayotgan bo„ladi.
Ma‟lumki, o„qish savodxonligi insonlarning o„qishdan ko„zlagan maqsadlari bilan
bevosita bog„liqdir. Ko„pgina yosh o„quvchilar endigina o„qishni boshlaganlarida
asosan hikoyali matnlar (masalan, hikoyalar yoki suratli kitoblar) yoki o„quvchilarga
o„zlarini o„rab turgan muhit haqida informatsion va savollariga javob beruvchi
ma‟lumotlarga boy matnlarni o„qiydi. O„quv dasturiga ko„ra, kitob va boshqa bosma
materiallardan ma‟lumot olish uchun o„qish muhim ahamiyatga ega ekanligi bois,