CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) Google Scholar Universal Impact Factor: 7,1 ISSN:2181-2454 www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-357-363 VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2022 Tashkent, Uzbekistan 359 E-mail: carjisor@carjis.org yosh o„quvchilar o„qish savodxonligini rivojlantirib, o„rganish uchun o„qishlari
kerakligi talab qilinmoqda. Odatda o„qishdan ko„zlangan har qanday maqsad ma‟lum
turdagi matnlar bilan bog„liqlikka ega. Misol uchun, badiiy savodxonlikni oshirish
uchun o„qish odatda fantastik asarlarni mutolaa qilish bilan bog„langan, vaholanki,
ma‟lumot olish va ulardan foydalanish esa ma‟lumotga boy maqolalar va
ko„rsatmaga oid matnlarni o„qish orqali amalga oshiriladi. Shunga qaramasdan,
o„qishdan ko„zlangan maqsadlar alohida matn turi bilan cheklanib qolmaydi.
Masalan, tarjimai hollar odatda axborot beruvchi yoki badiiy matn turkumiga mansub
material hisoblanadi, ammo ular o„qishdan ko„zlangan har ikkala maqsad
xususiyatlarini o„z ichiga oladi. Matnlar odatda, ulardan anglashilgan mazmunni turli
usulda shakllantirish yordamida, ularda aks etgan fikr-mulohazalarni qay tartibda
tashkillashtirilgani va taqdim etilganiga qarab farqlanadi. Matnlar tuzilishi va
shakliga ko„ra, yozma materiallari tartib bilan joylashtirilgan matnlardan to tasvirli
va jadvalli ma‟lumotlar bilan to„ldirilgan qisqa so„zlar va iborali matnlargacha bo„lib,
bir-biridan keskin farq qiladi. Ma‟lum matn janriga xos bo„lgan mazmun, tarkib va
uslub o„quvchiga matnni o„qib tushunishiga yaqindan yordam beradi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR PIRLS xalqaro dasturi o„quvchilarning matnni o„qib tushunishlari, yangidan-
yangi g„oyalar, boshqa madaniyatlar va turli mamlakatlar haqida tasavvurga ega
bo„lishlariga imkon beradigan qobiliyat haqida kengroq tushunchaga ega bo„lishni
o„z oldiga maqsad qilib qo„ygan. O„quvchilarning erishgan yutuqlarini baholash
barcha o„quvchilardan emas, balki ushbu qatlam vakillari sifatida tanlab olingan
o„quvchilardan obyektiv testlarni o„tkazish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek,
maktab direktorlari, o„qituvchilar, o„quvchilar, hattoki ota-onalar o„rtasida
so„rovnomalar o„tkazilib, ta‟lim sifatiga ta‟sir etuvchi omillarga doir qimmatli
ma‟lumotlar to„planadi. PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang„ich sinf o„quvchilarining
o„qib tushunish ko„nikmalari qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma‟lumotlarni
xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o„qish va o„qitishni yaxshilashda
ta‟lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo„lgan tahlillarni taqdim
etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi.
Tadqiqot doirasida asosiy e‟tibor tushunishni namoyon qilishdan o„zlashtirilgan
ma‟lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo„llay olish
qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda. O„quvchi va matn o„rtasidagi o„zaro
munosabat o„rnatilsagina matnning mazmuni anglashiladi va o„qishdan ko„zlangan
maqsadga erishiladi. PIRLS baholash dasturi uchun matnlarni saralab olishda asosiy
jihat o„qishdan ko„zlangan maqsadlardan kelib chiqib, bir necha matn turlarini taqdim
etishdir. Bunda, asosiy maqsad o„quvchilar uchun ham maktabda ham maktabdan
tashqarida olib boriladigan o„qish mashg„ulotlariga o„xshash muhit yaratishdan
iboratdir.