CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) Google Scholar Universal Impact Factor: 7,1 ISSN:2181-2454 www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-357-363 VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2022 Tashkent, Uzbekistan 360 E-mail: carjisor@carjis.org O„quvchi bu jarayonning faol ishtirokchisi bo„lib, matn ustida mushohada
yuritadi va samarali o„qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo„llaydi. Har bir
matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o„quvchiga matnni
sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo„lishi mumkin.
Bular an‟anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli
ko„rinishdagi yozma matnlarni ham o„z ichiga oladi.
Badiiy kitoblarni o„qishda o„quvchilar voqealar, voqea joylari, obrazlar,
o„qibatlar, personajlar, asar muhiti, hissiyotlar va g„oyalar bilan yo„g„rilgan matnni
o„qiydi va matndan huzurlanadi. Adabiyotni tushunish va uni qadrlash uchun, har bir
o„quvchi matnda (asarda) sodir bo„ladigan voqealar, hissiyotlar, tildan foydalanish
san‟ati hamda badiiy shakl haqida bilimni o„z hayolidan o„tkazishi kerak. Adabiyot
yosh o„quvchilar uchun o„zlari hali boshidan kechirmagan holatlar va hissiyotlarni
kashf etish imkoniyatini beradi. Badiiy asarda tasvirlangan voqealar, harakatlar va
oqibatlar hayoliy bo„lsada, o„quvchiga ular real hayotda sodir bo„layotgandek
tasavvur uyg„otadi va o„quvchiga ularni hayolan boshidan kechirish imkonini beradi.
Matn (yoki badiiy asar) asarning hikoya qilib beruvchi yoki uning asosiy
qahramonini kelajakda nima qilmoqchi ekanini bildirib turishi mumkin. Murakkabroq
matnlar esa undanda ko„proq dunyoqarash yoki keskinliklarga ega bo„lishi mumkin.
Matnning g„oyasi va undagi ma‟lumotlar to„g„ridan-to„g„ri yoki dialoglar hamda
voqealar ko„rinishida tasvirlanadi. Badiiy tajriba orttirish tartibda bayon qiladi yoki
asar voqealariga qaytish yoki vaqtni avvalga qaytarish orqali bayon qiladi. PIRLS
xalqaro dasturida qo„llanilgan badiiy matnlarning asosiy shakli badiiy janrga mansub
bo„ladi. Ishtirokchi mamlakatlardagi o„quv dasturlari va madaniy jihatdan yuzaga
keladigan farqlaridan kelib chiqib, PIRLS xalqaro dasturi doirasida ayrim badiiy
matnlarni topshiriq sifatida tanlab olish qo„shimcha murakkablik tug„diradi. Misol
uchun, sher‟iy matnlarni tarjima qilish o„quvchilar uchun qiyinlik tug„dirgani bois,
ularni topshiriqlarga qo„yilmaydi.
Axborot beruvchi matnlar qator vazifalardan kelib chiqib yoziladi va o„qiladi.
Binobarin, axborot beruvchi matnlarning asosiy vazifasi ma‟lumot berishdan iborat
bo„lgani sababli, odatda yozuvchilar o„zlari yoritmoqchi bo„lgan mavzuga turli
maqsad bilan yondashadi. Ko„pgina axborot beruvchi matnlarda faktlar biror
topshiriqni bajarish bosqichlari yoki biografik tafsilotlar kabi to„g„ridan-to„g„ri bayon
etiladi. Shunga qaramasdan, ayrim axborot beruvchi matnlar subyektiv xususiyatga
ega. Misol uchun, mualliflar izohlovchi mulohazalar, undash xususiyatli insholar
yoki puxta o„ylab chiqilgan mulohazalar orqali izohlar va faktlarni o„quvchiga
yetkazib berishi mumkin. O„quvchi o„z dunyoqarashini shakllantirish uchun mazkur
matnlarga tanqidiy yondashishi kerak. O„quvchi matnlarning maqsad va vazifalarini
yaxshiroq tushunishi uchun undagi ma‟lumotlar boshqacha tartibda, ya‟ni uning
mazmuni, tuzilishi va shakli o„zgartirilgan holda taqdim etilishi mumkin.
Boshlang„ich sinf o„quvchilari turli mavzularni qamrab olgan axborot beruvchi