TEKSHIRISH SAVOLLARI:
1. Muqimiy ijodining ilk tadqiqotchilari kimlar,
ularning tadqiqot asarlari qaysilar?
2. Muqimiyning oilaviy ahvoli,o`qish davri haqida
ma’lumot bering.
3. Muqimiyning Toshkent safari uning taasurotlari.
4. Rus hayoti bilan tanishuv,shoir dunyoqarashiga qanday
ta’sir qildi?
TAYANCH TUSHUNCHALAR 1.Muqimiyshunoslik maktabi namoyandalari.
2.Muqimiy demokratik adabiyotning ulkan vakili
ADABIYOTLAR: ADABIY MANBALAR 1.Muqimiy.Tanlangan asarlar.Toshkent.Oz Fan,1958.
2.Muqimiy.Asarlar to`plami.1-2 tomlar.Toshkent.1960
3.Muqimiy.Devon.Toshkent.1975.
ILMIY MANBALAR 1.Zaripov H.Hayoti va ijodiga oid materiallar.Toshkent
Oz Fan,1955.
2.Karimov ¢.Ozbek adabiyoti tarixi,3-kitob.Toshkent,
1975
3.Mo`minova V.Ozbek demokratik adabiyotida lirika.
Toshkent,1979.
4.Muqimiy izdoshlari.1978. (¢urbat va Rojiy).
MUQIMIYNING IJODIY MEROSI Muqimiy o`zbek klassik poeziyasining zabardast lirik shoirlaridan biri bo`lishi bilan birga,adabiyotimizda xajviyatni yangi bosqichga ko`targan va satira maktabini yaratgan xajvgo`y ham edi.Adabiyotimizda she’riy usulda yozilgan ajoyib «Sayohatnoma»lar Muqimiy ijodi tufayli maydonga keldi.Muqimiy maktub shaklidagi epistolyar adabiyotning ham chiroyli namunalarini yaratdi.
Afsuski,Muqimiy yaratgan shunday boy ijodiy meros «Devon» «majmua» yoki «Bayoz» holida bizgacha to`liq etib kelgan emas.Muqimiy hayot vaqtida o`z qo`li bilan asarlarini bir muqova ostiga to`plagan emas.Uning yaratgan mazmundor va boy asarlari turli manbalarda uchraydi.bu manbalarni to`rt gruppaga ajratish mumkin.
A)Davlat fondidagi qo`l yozma manbalar;
B)Ayrim adabiyot havaskorlari to`plagan kollektsiyalar;
V)Turkistonda revolyatsiyadan ilgari litografiya va tipografiya yo`li bilan nashr qilingan materiallar (gazeta,jurnal,to`plam va kitoblar);
G)Og`zaki manbalar.
Muqimiyshunoslikning hozirgi bosqichida, demokrat shoir qoldirgan meros batamom to`plandi,degan xulosaga kelash qiyin albatta.Lekin hozirgi kunda shoir yaratgan ijodiy meros asosan to`plandi va nashr etildi.
Professor G.Karimovning o`qtirishiga Muqimiy-dan bizgacha etib kelgan merosning umumiy hajmi, hozircha,taxminan 10 ming misradan iboratdir.
Bu katta hajmdagi she’riy merosni janrlar jihatidan qo`yidagicha klassifikatsiya qilish mumkin.
1.Lirik she’rlar (g`azal,muxammas,murabba’,masnaviy,
ruboiy,tuyuk,fard kabi).
2.Hajviyot (satira,yumor)
3. «Sayohatnomalar».
4.Maktublar (she’riy va przaik shakllarda).