TEKSHIRISH SAVOLLARI
1.Muqimiyning Navoiy,Maxmurga izdoshligi.
2.Muqimiy satiralarining mavzu rang-barangligi,
obrazlar olami
3. «Tanobchilar» satirasining tahlili.
4. «To`y»satirasi-pastkashlik,o`ta ziqnalik,mutelik
dunyosi voqealarini fosh qiluvchi asar .
5.Din ahllarini tanqid qiluvchi asarlari,yumorlari.
TAYANCH TUSHUNCHALAR.
1.Muqimiy chor ma’murlari hamda mahalliy
amaldorlarni fosh qiluvchi iste’dod egasi.
2.Shoir yumorlarining mavzu rang-barangligi.
ADABIYOTLAR:
ADABIY MANBALAR
1.Muqimiy.Tanlangan asarlar.Toshkent.Oz Fan,1958.
2.Muqimiy.Asarlar to`plami.1-2 tomlar.Toshkent.1960
3.Muqimiy.Devon.Toshkent.1975.
ILMIY MANBALAR
1.Zaripov H.Hayoti va ijodiga oid materiallar.Toshkent
Oz Fan,1955.
2.Karimov ¢.Ozbek adabiyoti tarixi,3-kitob.Toshkent,
1975
3.Mo`minova V.Ozbek demokratik adabiyotida lirika.
Toshkent,1979.
4.Muqimiy izdoshlari.1978. (¢urbat va Rojiy).
4-MAVZU : MUQIMIY «SAYOHATNOMA»LARI
REJA: 1.Shoir «Sayohatnoma»larining turkumligi
ularning g`oyaviy-badiiy jihatdan yaxlitligi
2. «Sayohatnoma»larda adaolatsizlikning
tanqidi,xalq vakillari tasviri.
tasviri.
4.Ozbek adabiyotida «sayohatnoma»larning takomillashuvini,Zavqiy,Furqat,Tajalliylar-ning izdoshligi .
Ozbek demokratik adabiyotining ham g`oyaviy,ham badiiy jihatdan boyib,rivojlanishida Muqimiy qo`shgan hissa juda katta bo`lib,o`ziga xos yangi janrni- «Sayohatnoma»ni boshlab beruvchi san’atkor ham Muqimiydir.Shoir boshlagan bu traditsiyani demokratik adabiyotning taniqli keyingi vakili bo`lgan Zavqiy ham muvaffaqiyat bilan davom ettirib adabiyotimizni o`zining «Obid mingboshi haqida hajv» (14 band-56 misralik)va «Shohimardon xotirasi» (10 band-40 misra) kabi sayohatnomalari bilan boyitgani ma’lum.
1892 yilda Furqatning Hindistondan Xitoyga qilgan safari davrida unga hamroh bo`lgan shoir Tajalliyning ham Muqimiy «Sayohatnoma»siga javoban «Sayohatnoma» yozganligi to`g`risida ma’lumot bo`lsa-da,bu asar bizga to`liq etib kelmagan bo`lib,undan ayrim parchalargina saqlanib qolgan.
Muqimiy «Sayohatnoma»ning mukammal badiiy asar ekanligi bilan izohlanuvchi xususiyati shundaki,parcha ulug` to`rt qismdan («Qo`qondan Shohimardongacha», «Qo`qondan Farg`onagacha»,ikki qismlik «Qo`qondan Isfaragacha») iborat bo`lsa-da,kompozitsiya jihatdan yaxlit asardir.Bu qismlar mantiqiy asoslangan ichki qonuniyatlarga ega bo`lib,ularni umumiy yagona vazn, yagona she’riy tuzilish,yagona qofiyalanish sistemasi birlashtirib turadi.
Muqimiy «Sayohatnoma»lari o`z davri ilg`or farzandining ona-yurt haqidagi,uning kishilari, tabiati to`g`risidagi she’riy o`ylaridir; u mehnatsevar xalqimizning yashash sharoiti,og`ir iqtisodiy ahvoli,mavjud tuzumdagi hukmron adolatsizlik,yuqori sinflarning zo`ravonligi,qishloqlarning vayronaligi manzarasini realistik bo`yoqlarda tasvirlovchi adabiy hujjatdir.
«Sayohatnoma»larda yagona syujet chizig`i yo`q,unda to`qima badiiy obraz-personajlar ham uchraydi.Bular janr xususiyatlari bilan izohlanadi.Butun asar davomida izchil harakat etuvchi bayonchi-avtor obrazining favqulotda katta ahamiyati xuddi shu bilan izohlanadi. Hamma voqea-hodisalar,baho-munosabatlar shu obraz orqali amalga oshadi.Asarda u turli qiyofalarda namoyon bo`ladi. «Sayohatnomalar»ning bandalrini birma-bir ko`zdan kechirar ekanmiz,qarshimizda xalq manfaatlari himoyasi va yuksak fazilatli olijanob inson,vatanpar-var grajdanin va nozik tabiatli lirik,beshafqat satirik va quvnoq yumorist boshiga qilich kelganda ham rostini aytadigan shoir namoyon bo`ladi.U yaxshilikni ma’qullab go`zallikni madh etadi,kamchiliklar ustidan kulib,tanbeh beradi,yovuzlikni tanqid qiladi,illatlar va qabohatni satirik nayza ostiga olib,sharmandasini chiqaradi,tuzum ustidan hukm chiqaradi.
Avtor obrazining o`sha davrda huquqsiz,talangan oddiy xalq vakili sifatida asarda harakat etishi uning ijtimoiy mavqei va ruhiy kayfiyatini ham belgilaydi.U o`zini juda siqilgan,davrdan,tuzumdan narozi,g`am-g`ussalar ostida ezilgan sezadi.Bu motiv butun asar mazmuniga singib ketgan: 1.Asarlar 427-bet.
Shuning bilan birga avtor obrazi hayotni,borliqni nigilistlarga inkor etmaydi,aksincha,u hayotsevar,chunki Farg`ona vodiysining xushmanzara joylari,mehnatkash dehqon qo`li bilan yaratilgan bog`u gulzorlari,soya-salqin anhoru «o`ynab» oquvchi suvlari,qir-dalalari avtor tomonidan chuqur lirizm va mamnuniyat bilan tasvirlanadi:
Ammo nazarda «Rashidon»
Firdav bog`idin nishon,
Onab oqar obi ravon,
Sahna gulu gulzor ekan.
. .. «Vodil maqomi dilfizo
Ko`chalaridur dilkusho,
Anhorida obi safo,
Sebarga,obishor ekan.
Muqimiy chin mehnatsevarlik,hayotsevarlik,vatan-sevarlikni tasdiqlashga, yaxshilik, go`zallik madhiga, ularning ziddi buzuq,nursiz hayot va yovuzlikni inkor etishga,fosh qilishga undaydi.
Endilikda avtor obrazi jiddiylashib,uning bayonida dard-qayg`u quyuqlasha borib,g`azab-nafratga aylanadi, tasvir leksikasi o`zgarib,go`yo lirik Muqimiyni satirik Muqimiyga almashtiradi.
Ketguncha yo`llar xorlar,
Yo`l zaxmidin ozorlar,
Ko`kka etar ko`x sorlar,
Hayhot ! Xoriston ekan !
Kir pastida sho`rtang arig`,
Bir to`p yigit urg`ay tarig`
Tunsiz,yalong`och,hay,darig` !
Bechora,och dehqon ekan !
«Sayohatnomalar»dagi juda ko`p bandlar qishloq boylari,amaldorlarning jirkanch kirdikorlari,zulmi, kambag`alga g`ayriinsoniy munosabatini o`tkir misralarda bayon etuvchi satirik xrakteristkalar shaklida yozilgan bo`lib,jiddiy ijtimoiy xulosalar darajasiga ko`tarilgan.
Mingboshilik kimning ishi,
Desam,dedi bedonishi. P-tom 87-bet
Muqimiyning misralari sodda,tushunarli,xalqchil tilda yozilgan, ravon o`qiladi.U bir tomondan, kinoya, kesatik,so`z o`yinlaridan mohirlik bilan foydalansa,ikkinchi tomondan ba’zan hech qanday pardozsiz ochiqdan-ochiq «xolis» bir kuzatuvchi sifatida hayotiy faktlarni bayon etish priyomini qo`llaydi.Bunday paytlarda shoir misralari xuddi isbot talab etmaydigan mutlaq haqiqatning bayoni sifatida qabul etiladi.
«Unda bulus ¢ozi»-dedi
Ham mufti,ham qozi-dedi
«Yurt barcha norozi»-dedi,
Qilgan ishi ozor ekan !
Demokratik shoirning bu asaridagi katta g`oyaviy muvaffaqiyatlaridan biri-uning juz’i faktlardan jiddiy ijtimoiy xulosalarga kela olganligi ham ko`rinadi:
Dunyo qurilgan dor ekan !
Xalqchil,vatanparvar,hayotsevar shoirning afsus bilan qilgan bu xulosasi uning o`sha zolim zamon,adolatsiz tuzum ustidan chiqargan haqqoniy hukm edi.
Dostları ilə paylaş: |