Universitet: Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Fakul’tet: Filologiya Kafedra: «O`zbek adabiyoti va o`qitish metodikasi»



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə6/29
tarix15.06.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#61511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Universitet Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Fakul’

KO’RQUSh AYTDI: So’zining omadi Muxammad Qosim dalloli rangfurushga o’xsharkim, bir kun devor urgali mardikor solibdur. Namozi digar vaqtida mardikorga qarab turib, taxorat qilib, do’ppisini tez suvga oqizibdur. Necha jaxdu jadal birla ololmay, mardikorga yana zaxrini solibdur. Mardikor ishdan forig bo’lib, xaqqi muzdurlikni talab qiladi. Mazkur Muxammad Qosim dallol o’rnidan turib, bechora mardikorning boshidan do’ppisini zo’r birla tortib olib, o’zining boshiga kiyib aytadikim, «Mening do’ppimning baxosi uch tanga edi, sening do’ppingni bazo’r bir tangaga oladi.Bir tanga ishlaganingbirla ikki tanga bo’lur. Mening bir tangali xaqim sening chardoningda boqidur. Men senga qarab turib, do’ppimni suvga oqizib, ololmadim. Endi buning tavonini sen berursan. Yana bir kun kelib, ishlab bergil», debdur. Vaxolanki, Muxammad Qosim dallolning do’ppisi mardikor do’ppisidan xam xarob, uch miriga xam olmas ekan...»
Bu xikoyada ikki personaj qatnashadi. Ularning biri o’ta xasis, o’z manfaati yo’lida xech narsadan tap tortmaydigan dallol obrazidir. Avtor dallolning mardikorga qilgan muomolasini tasvirlab, o’z mexnati bilan kun ko’ruvchi kishining-mardikorning xaq-xuquqini yoqlaydi.
«Zarbulmasal»dagi xikoyachalarning bosh xususiyati shundan iboratki, ularda avtor bir-ikki shtrix o’z qaxramonining kimligi, nima bilan shugullanishi, ma’naviy qiyofasi xaqida o’quvchida aniq bir tasavvur qoldiradi. M: odamzod orasiza o’zini «o’tkarur so’sdi», «donishmandi ro’zgor» xisoblab yurgan «Yodgor bulotqi» degan bir odamni Yodgorning po’stin tikkanini ko’rsangiz, chokidan barmoq o’tar, xaridor ushlab ko’rib, der erdiki: «Bu qandoq tikish?» Ul javobida:»Musht o’tmasa, yaxshi tikish» der edi kabi siqiq, quyma jumlalar bilan xarakterlaydi.
Boyo’gli tilidan naql ettirilgan Muxammad Aminxo’ja mufti xaqidagi xajviy xikoya xam juda xarakterlidir: Gulxaniy-1960 yil. 49-50 betlar;
Hikoyada Muxammad Aminxo’ja xato ko’chiruvchi kotiblarning umumlashma obrazi darajasigacha ko’tarilib, «Zarbulmasal» avtori o’z asarining xam xatosiz ko’chirilishiga doir fikrini ora-sira qistirib o’tadi. Modamiki, Navoiy ta’biri bilan aytganda: kotiblarning ishi so’z xazinasini qo’riqlash, undagi qimmatbaxo durlarga xiyonat qilmaslik ekan, ular, dastaval, qalam axllari mulkini ko’z qorachigiday saqlashlari lozim. Binobarin, Gulxaniy xato ko’chiruvchi kotib xaqida gapirganda, avvalo an shu printsipni ko’zda tutadi.
Muxammad Sharif Gulxaniy asarning tili, tasviriy vositalari va kompozitsiyasi ustida ancha mexnat qilgan. Asar Sharq xalq ogzaki ijodida keng tarqalgan xikoya ichida xikoya, xalq askiyachiligi usulida yaratilgan. Bu xol Gulxaniyning «Ming bir kecha», «Kalila va Dimna» singari asarlarni, Navoiy ijodini («Hayratul abror») yaxshi o’zlashtirganidan, o’tkir askiyachi xam bo’lganidan dalolat beradi. Ba’zan avtor biror xikoyani mufassal bayon qilmay, o’quvchi manba ko’rsatadi: (4o-bet, 22-bet, 23-bet).
Gulxaniy asarni yozishga kirishar ekan, avvalo, xalq askiyalarida ko’p ishlatiladigan maqollarni turlarga ajratadi, temalarga bo’ladi, so’ngra ularni personajlarning xaraekteriga va dunyoqarashiga mos ravishda ishlatadi.
Gulxaniy masal janri xususiyatlarini yaxshi o’zlashtirgan yozuvchidir. U allegorik obrazlarning xususiyatiga mos detallarni topib asarning zavq-shavq bilan o’qilishini ta’minlaydi. Chunonchi Ko’rqushning sovchilikka yuboribB Boyo’gli bilan ko’rishganini quyidagicha tasvirlaydi: (Z4-bet)
Asarda avtor o’xshatish sifatlash, istiora, majoz, takror, murojaat kabi tasviriy vositalardan xam o’rinli foydalangan. Masalan, nogorachi va doirachilarning bazmga tayyorgarligini ko’rsatish uchun avtor real turmushga murojaat qilib, undan o’xshatish tanlaydi va o’z zamonidagi jazolash tartibini ustalik bilan fosh etadi: «Bir-ikkov naqoro orasiga darra birla noxili namozni urgan raisdek ura berdilar va o’tga daf orqasini toblagondek toblay berdilar». (Raisning namozdan qochuvchi kishini urishi, o’grining orqasini o’tga toblashlari).
Yoki Gunashbonuning chiroyligini avtor quyidagi mubolaga va o’xshatishlar orqali tasvirlaydi6 (ammo 19-bet)
SIFATLASh : Gulxaniy Qo’qondagi Ashur cho’loq bilan Alini «betamiz, Kaj va Faz axmoqi»-(tengi yo’q axmoq) deb ta’riflaydi.
Gulxaniy o’zbek xalq ogzaki ijodi va yozma adabiyotda qo’llanib kelingan saj’ priyomidan foydalanib, asarning ravon, o’ynoqi o’qilishini ta’min etgan: (37-bet)
VAZNI SARE’ BAHRI

Xulosa shuki, Gulxaniy «Zarbulmasal»da qudachilik majoralari fanida mavjud ijtimoiy tuzumga, o’z atrofidagi muxitga, saroy aristokratiyasining dabdabali xayotiga bo’lgan munosabatini juda katta ustalik extiyotkorlik bilan bildiradi. U o’zining qarashlarini ko’pincha yumoristik tarzda ifodalaydi.


Yozuvchi tasviriga ko’ra, Boyo’gli mutakabbir, mol-mulkka xirs qo’ygan, o’z manfaatini xar narsadan ustun qo’yuvchi jamiyatning yuqori tabaqasiga mansub shaxsdir. U qizini moldek sotishga jon dil bilan kirishadi, sovchilar bilan savdolashadi.
Kunushbonu boyning to’q, badavlat oilada o’sgan yakkayu yagona va erkatoy qizidir. Avtorning tasviriga, u bo’yga etganda xam to’gri so’zga egri javob beradi. Kunushbonu xarakterining boshqa tomoni, yuqorida keltirilgan parchada ko’rib o’tganimizdek, uning otasi bilan bo’lgan munosabatida yaqqol ochiladi.
Asar qaxramonlaridan yana biri Malikshoxindir. U tadbirkor, ishning ko’zini biladigan shaxs obrazidir, Gulxaniy adolatli shox tarafdoridir. Uning fikricha, o’lkani odil, insofli, fuqaroparvar shox idora va o’z atrofiga xalol, tajribali kishilarni to’plab ish ko’rsa, davlatning axvoli yaxshilanishi mumkin.
«Zarbulmasal»ning o’zbek adabiyoti tarixida tutgan o’rni yana shu bilan izoxlanadiki, unda avtor mexnatkash xalqning ogir turmush sharoitini, ekspluatatsiya natijasida vayronagarchilikning avj olganini allegorik obrazlar orqali ko’rsatadi. Ammo Gulxaniy Boyo’gli talab qlgan ming chordevorning Fargona iqlimida emas, balki Buxoroda mavjudligini ta’kidlaydi. Bu ta’kidlash, avvalo, kinoya tarzida aytilgan bir xaqiqat bo’lib, aslida Buxoroda xam, Farga iqlimining o’zida xam juda ko’p vayrongarchiliklar, xarobazorlar mavjud edi. Bu xolni Maxmur Hapalak qishlogi misolida, Ma’dan esa Pongoz va Shaydon xarobasi misolida ochiq ko’rsatgan edilar.

TEKShIRISh SAVOLLARI


1. Gulxaniy xayoti va ijodini o’rganuvchi birinchi manbalar qaysilar?


2. Gulxaniyning xayot yo’li xaqida gapiring.
3. Gulxaniyning adabiy merosi, lirik she’rlaridan shoirning xayot tarzining
ifodasi, ijtimoiy-siyosiy qarashlari.
4. Gulxaniy-etuk masalchi shoir va adib.
5. «Zarbulmasal»ning janr xususiyatlari.
6. Masal va maqollarda ijtiomiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy qarashlar.
7. Gulxaniy va xalq ogzaki ijodi.
TAYaNCh TUShUNChALAR
1. Gulxaniy-Fazliy, Vaze’ munosabatlari.
2. Gulxaniy ijodiy merosi bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar.
3. «Zarbulmasal»-xajviy-yumoristik asar, uning majoziyligi.
ADABIY MANBALAR
R E J A:



  1. Maxmur. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1951.

  2. Maxmur. She’rlar. Toshkent, 1959.

  3. Оzbek adabiyoti, 3 tom. Toshkent, 1959.




Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin