Universitet: Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Fakul’tet: Filologiya Kafedra: «O`zbek adabiyoti va o`qitish metodikasi»



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə8/29
tarix15.06.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#61511
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Universitet Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Fakul’

MAXMUR HAJVIYoTI


«Majmuai shoiron» avtori ko’p peshqadam, demokratik tendentsiyadagi shoirlar qatori Maxmurni ham «yaxshilardan past turuvchi shoir deb xarakterlab shunday yozadi:


Hayoloti Maxmur bemarhabost,
Hizogo’n o’iybat, qalb oshnost.
Nayoyaz zi af’oli o’ o’ayri bad,
Buvad harchi qavli nomo’’tamod.
Shikoyat kunad az hamin bisyor,
Za maxmuri nash’ai ko’knor,
Buvad she’ri on ko’sa az loo’ary,
Ba zulfi suxan xubi malihash hamin. (tarjimasi)
(Maxmurning xayoloti marhamatli emas, uning Xajvgo’yligi o’iybat va qalloblikka yaqin. Uning faoliyatidan yomonlikdan boshqa narsa kelmaydi, barchasi so’ziga ishonish mumkin emas.
Ko’knor nash’asiga xumor bo’lgani uchun, bu mulkchilikdan shikoyat qiladi. Bu ko’saning she’ri oriqlikdan hamisha soqol-mo’ylabga oro berish to’o’risida bo’ladi. So’z zulfiga shu ravishda taroo’ chekdi, uning chiroyli yaxshi she’ri mana bu).
Ey siyah devrohi isqoty,
Duzdi naqdi gunoh isqoty.
Dar jahonnam miyonai juhalo,
Sadri olijanob, isqoti. (tarjimasi)
(Ey qora dev yo’lidan yuruvchi isqotiy, naqd gunohning o’o’risi, isqotiy, Jahonnamda johillar orasida bosh o’rnini olar isqotiy).
Оlgan kishilarning gunohlarini marhumning mollaridan bir hissasi barovariga o’z bo’yniga oluvchi kishini isqotiy deb atar edilar. Demak, jamiyatdagi eng tekinxo’r, haromxo’r kishlar isqotiy deb atalar edi.
Shoir «Amakim» radifli she’rida Fazliyning To’raquro’on va Namanganda isqotiylik kasbi bilan nom chiqarganini eslatib o’tib, uning o’lik chiqadigan joyni doimo axtarib yurganini zaharxanda bilan so’zlaydi:
To’raqo’ro’on bilan Namanganda,
Xush edi mansabi ravon amakim.
Kecha-kunlar so’rab yurar erdi
Murdalar jam’idan nishon amakim,
Bo’ldi zar bo’lmasal bu boisdan
Piri isqotin zamon amakim.
U Fazliyning laganbardorligini ham ayovsiz fosh etadi:
Shohi Sulton Umarni yo’ldin urub,
Ayladi shoiri shahon amakim.
Hamo ash’orini berib anga,
Oldi dunyoni becharon, amakim.
Fazliy nomiga yozilgan «o’lo’ay» radifli she’rida Maxmur bunday muttaham, noinsof, tuban va laganbardor shaxslarga o’zining nafrat va qaro’ishlarini yo’qlab, Fazliyning xalq o’rtasida qilmishlari bilan sharmanda bo’lishini istaydi.
Tavqi la’natni gardaniga osib,
Bobi zallatga nomdor o’lo’ay.
Ikki olamda bul mazallat kin,
Qobili qahri kirdikor o’lo’ay.
Botini xalq ichida erdi ola,
Zohiri dahr aro pifor o’lo’ay.
To abad naqdi la’natu nafrin,
Jami avqotio’a nisor o’lo’ay.
Maxmur va Fazliy o’rtasidagi bu qarama-qarshilik shaxsiy adovat yoki o’zaro kelishmovchilik oqibatida kelib chiqqan emas, albatta. Fazliy bilan Maxmur o’rtasidagi o’zaro tanqidni feodal-klerikal adabiyot bilan... ilo’or, demokratik yo’nalishdagi adabiyot o’rtasidagi keskin va printsipial ziddiyatning bir ko’rinishi deb hisoblash kerak.
Maxmurning tanqidiy va hajviy she’rlari orasida uning «aylading» radifli munojat she’ri ayniqsa diqqatga sazovordir. Odatda, munojatlarda tangri nomiga maqtovlar aytilsa, uning sifatlari yoz etilar edi. Maxmurning bu she’ri esa o’azab, shikoyat va nolishlarga to’la. (Maxmurning bu she’ri esa) U tangri nomiga xitob qilib, she’r yozadi:
Dar panohi zilli altofi gu, ey parvardigor,
Mo za lilu, xoru, zoru, xoksoru bemador,
Jurmi osiylar uchun fayzingni boron aylading.
(ma’nosi: Sening lutflaring panohida, ey parvardigor, biz tubanlashtirilganmiz, xormiz, zormiz.
Tuproq bilan barobar qilinganmiz, madorsizmiz, gunohkorlarga ularning jinoyatlari uchun yaxshiligingni yoo’dirding).
Maxmur ijodi uchun xarakterli bo’lgan bu muxammasda shoirning qo’revolyutsiyaqmas, dadil fikrli kishi ekani, uning o’z zamonasidagi tengsizlik huquqsizlik, zulm va xo’rliklardan nihoyat darajada bezor bo’lib, qattiq qahr-o’azab bilan shu she’rni yozadi.
Maxmurning mashhur she’rlaridan bir «hapalak». (aniqroo’i «dar sifati qishloqi Hapalakki ba Maxmur taalluq yofta) nomli o’azalidir. Bu o’azal nihoyatda o’tkir va real yozilganligi sababli Maxmur zamonasidagi qishloqlarning xarobaligini va undagi aholining xon va beklar zulmi ostida ezilib yotganini aks ettirib, xalq manfaatini himoya (qilayotganini aks) qiluvchi bu holga, bir tomondan, o’oyat achinadi, ikkinchi tomondan esa oo’ir ahvolni engillashtirish maqsadida xondan adolat, iltifot qilishni talab etadi. Оquvchi ko’z o’ngida Hapalak qishloo’i «bir kapa, ikki kapa, uch olachuq, to’rt katalak»dan iborat ekanligi namoyon bo’ladi:
Dema ey, balki zamindandur, agar kirsa kishi,
Har taraf betiga urgaylar aning ko’rshapalak.
Ya’ni qop-qorono’i erto’ladan boshqa narsa emasli zo’revolyutsiya achinish hosil qiladi. Bu tasvirlan ma’lumki, Hapalak qishloo’i X1X asrning birinchi yarmiga kelib, amaldorlarning zolimligi, hokimlarning lak-lak soliqlari tufayli xarobazorga va chordevorga aylangan:
Xalqini ko’rsang agar o’lsa-yu qoqu xarob,
Ochligidan egilib qomati misli kamalak...
Ajrio’ tomirini o’o’urida mayda tuyub,
Qaynatib kunda ichar, otini derlar sumalak.
Shunday qilib, Maxmur Hapalak qishloo’ining o’oyat achinarli manzarasini, undagi aholining nihoyatda qashshoqlik bilan azob chekib yashashini, suvsizlikdan qiynalishini tasvirlaydi.
Maxmur tasvirlagan Hapalak o’sha davrdagi qishloqlarning tipik misolidir. Garchi adabiyotdagi tipiklashtirish masalasini
hozir biz ko’zda tutayotgan tushuncha darajasida chuqur anglamagan bo’lsa, ham, ammo u mazkur asari bilan o’z tushunchasi doirasida X1X asrning birinchi yarmidagi qishloqlar ahvolini umumlashtira olgan edi. (Antologiya-3 tom, 198-bet).
Shoirning xuddi shu mavzudagi asarlaridan biri «Ta’rifi viloyati Qurama va az devoni Kandir tuzashtan» nomli muxammasidir. Bu asar o’ziga xos xarakteri bilan, sayohatnoma janri xususiyatiga egadir. Chunki unda avtor o’zining «Qirovchi» va «Dashti qiyomat» cho’lini bosib o’tganini, «Qandir» davonidan oshgani va nihoyat, «Qurama» viloyatiga safar qilganini, «yo’l azobi-Go’r azobi»ni chekkani hamda bu sayohatdan olgan taassurotlarini yozadi:
Samado, saqla digar bora Qirovchi yo’lidin,
Solma yozimga ani ashti qiyomat cho’lidin.
Talx kom aylama lutfing bila Achchiq ko’lidin,
Shikvagar, to bo’lmayin qumi Qaroqchi cho’lidin,
Bir yurib yo’lida, ming cho’kma saroyi Qurama.
Bundan ko’rinadiki, Maxmur Quramaga etguncha ko’p joylardan o’tgan
Ammo ularning birortasi ham obod bo’lmagan. Qurama esa xaroba va vayrona, suvsiz va noobod joy bo’lib, u ham Hapalak tipidagi qishloqlardan bir edi:
Turfa shahrekiy aning sar-sari monandi samum,
Kuydirar shiddati sarmosi xaloyiqni chu mum.
Har taraf anda olib xayli balo favji hujum,
Suvi zahrobai o’am, chashmalari ayni zaqum.
Hosili mahsuli ofoti baqoyi Qurama.
Feodalizm-hukmronligi sharoitida mamlakatda vayrongarchilik kuchaygan, suo’oriy inshoatlari bino qilinmas, butun boshli qishloqlar, viloyatlar tabiat stixiyasi oldida ojiz edi. Qurama viloyati dehqonlarining ahvoli Hapalak dehqonlarining ahvolidin engil bo’lmagan. Chashmalari zaqqumdan iborat bu viloyatning suvga zorligini ifodalab, shoir «To’la qatroni jahannam hamma soyi Qurama», deb yozadi. Shoir badiiy tasvirga mohir. M: u Kadir dovonidan qish vaqtida o’tmoqchi bo’lgan kishini sovuq shunday qiynaydiki, u odam yo’lida do’zax uchrab qolsa ham, xuddi bir pari tal’at mahbubni ko’rganday quchoo’iga tortar edi, kabi kontrastlar, mubolao’alarni ustalik bilan ishlatadi.
Chillayu qishda kim ul kilsa Kondirga yurush,
Aylagay ul kishi beshak jo’li astarni badush,
Olo’ay andin asari shiddati sarmo dilu xush,
Ul zamon do’zax agar bo’lsa qilur dar oo’ush.
Misli mahbubi pari tal’ati mohi Qurama.
Maxmur «Aylading» radifli muxammasida asosan dono kishilar, ilm-hunar ahlining feodal qulligi zanjiri ostida oo’ir hayotini tasvirlaydi.
X1X asrda Qo’qon xonligida boshqa joylardagi kabi mehnatkash dehqonlar ochlik, yalano’ochlik, qashshoqlikda yashar edilar. Xonlar va beklar ularni xohlagancha talar edi. Bu haqda kichik bir voqea ham guvohlik berib turadi:
Qo’qon atrofida uchta qishloq bor. Ularning nomlari Elash, To’lash, Tovush (Topish) deb atalgan. Ilgari bu qishloqlar boqqacha nomlar bilan atalar ekan. Bir mahal xonning oilasi shu qishloqlar tomoniga qumga tushgani boradi. Shunda xon xotinlaridan birining isiro’asi qumga tushib ketib yo’qoladi. Xon uchala qishloqning aholisiga shu isiro’ani axtarib topishni byuuradi. Aks holda ulardan katta soliq undirib olinishini aytadi. Bu qishloqlarning xalqi qumloqlarga chiqib, isiro’ani axtara boshlaydilar. Ular butun qumloqdagi qumlarni birma-bir elab chiqadilar. Bir qishloq aholisi isiro’ani topa olmasligini ishongach, soliqni to’lashga majbur bo’ladi. Shundan so’ng bu qishloq «To’lash» deb atalgan. Ikkinchi qishloq aholisi esa hamon qumlarni elash bilan masho’ul edi. «Elash» deb ataydilar. Uchinchi Qishloq aholisi esa isiro’ani axtarib topadi. Sh/u bu qishloqni Tovush (Topish) deb ataganlar. Xonlarning xalq ustidan hukmronligi ularni xohlaganlaricha zulm iskanjasida tutganlari shundan ham ko’rinib turibdi. Maxmur tasvirlagan Hapalak qishloo’i, Qurama xalqi ham ana shunday fojialarga duch kelgan joylar edi.
Shoirning bizgacha etib kelgan satirik merosida shahar va qishloqlarni vayron va chordevorga aylantirgan, aholisining esa qashshoqlik va yalono’ochlikka giriftor etgan hokim tabaqalarning tanqid ostiga olinishi alohida o’rin tutadi. Bu asarlar xon va vazirdan boshlab, beklar begi, oo’aliq, mehtar, xazinachi, munshi kabi amaldorlarni, qozi, mullo, hoji kabi din arboblarini, tabib va saroy shoirlarini tanqid qilishga, ularning zolimligi, fosiq va ahloqiy buzuqligi, nodonligi va poraxo’rligi, hiylakorligini ochib tashlashga bao’ishlangan.
Bu maqsadni amalga oshirishda shoir turli uslublarni qo’llaydi: goh qahramon sifatini uning hatti-harakati orqali fosh etadi, goh ularning o’zlarini so’zlatish bilan tanqid qiladi:

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin