Universitet: Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Fakul’tet: Filologiya Kafedra: «O`zbek adabiyoti va o`qitish metodikasi»



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə11/29
tarix15.06.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#61511
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Universitet Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Fakul’

Shoir Maxmur o’z asarlarini o’zbek va tojik tillarida yozdi. Maxmur bir she’rini o’zbek tilida, boshqasini tojik tilida yozish bilan cheklanib qolmay, bir she’rda har ikkala tilni ham erkin qo’llaydi. Masalan, agar uning ba’zi muxammaslarida birinchi beshlik o’zbek tilida yozilgan bo’lsa, ikkinchi beshlikning to’rt misrai tojik tilida yozilgan, muxammasning oxirgi misrai o’zbek tilida yozilgandir.

Shunisi xarakterliki, Maxmur muhammaslarining deyarli hammasida birinchi beshlik o’zbek tilida, ikkinchi beshlik tojik tilida yozilgan.

o’zbek va tojik tilining bir-biri bilan chambarchas boo’lanib ketganligi Maxmur devonidagi muxammaslardingina emas, balki ayrim baytlarning har ikkala tilda yozilganligidan ham ko’rinib turadi. Masalan: «¢azali xovubol dar borai xud» sarlavhali she’r bunday boshlanadi:

Fio’on zi gardishi ayyomu tolei vojun,

Ba bori foqa alif qomatimni ayladi nun.

Zamona ichra chunon notavoni ma’lumam,

Qaerda menga duchor o’lsa zano’ari mal’un

Bu hol Maxmurning ikki tilni... mukammal bilib, har ikki tilda erkin ijod qilganidan darak beradi.

Maxmur ijodi faqat satirik asarlardangina iborat bo’lmay, balki u lirik she’rlar ham yaratdi. Hozirgi uning 10 ga yaqin lirik she’rlari topilgan. Ayniqsa shoirning tojik tilidagi yuksak mahorati, dilrabo asarlar yozish qobiliyati uning lirik asarlarida alohida yarqirab turadi. Masalan:

Qasdi dil burdan kunand bo chashmi shahlo dilbaron,

Dil chi boshad jon barond bo qaddu bo ruxsor gul.

(Go’zallar shahlo ko’zlari bilan ko’ngilni olishni maqsad qiladilar; ular o’zlarining gulday yuzi va nozik qaddi bilan ko’ngilnigina emas, balki jonni ham o’z qo’llariga oladilar). Yoki:

Bodo muborak idi gu ey nuri har du didaam,

Javlangahat na bar zamin bayad ki andar didaam.

(Hayiting qutluo’ bo’lsin, ey ko’zlarimning nuri, sening joying erda emas, balki mening quz qorachio’imda bo’lishi kerak).

Bu satrlarda, asosan, dilbar va unga bo’lgan muhabbat tasvirlangan bo’lsa, ba’zi o’azallarida shoirning qiyin ahvolda yashaganini ifodalaydi:


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin