Universitet Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Fakul’
«Lar hajvi Xuja Mir Asad», «¢azali qozi Muhammad Rajab»,
«Dor sifati Hakim Turobiy hazar xalta» va b.
Maxmur «Dar sifati Hakim Turobiy hazar xalta» she’rida xalqni aldovchi ilmsiz, johil tabibni fosh qiladi. Feodal tutqunligi ostida yashovchi mehnatkash xalq antisanitar sharoitda, ochlik, yalangochlik bilan turmush kechirgan va eng oddiy meditsina xizmatidan ham mahrum bo’lgani shubhasizdir. Maxmur xalqni davolashdek sharafli vazifani pul topish vositasiga aylantirgan, davolash o’rniga kasallarni o’ldiradigan savodsiz, johil tabibni tasvirlashga kirishar ekan, o’quvchiga bu tabibning salomiga la’nat bilan javob berish kerakligini uqtirib, uni quyidagicha xarakterlaydi: (Antologiya Sh tom 207-bet ( 1).
Shoirning aytishicha, Hakim Turobiy hazar xalta qalbaki usullar bilan xalqni aldab, o’zi tushunmagan holda har turli «dor»larni notob kishilarga beraveradi va shunday qilib, ularning o’limiga sababchi bo’ladi: (Оsha asar 208-bet (2).
Ana shunday johil va nodon shaxs shaharning katta tabiblaridan hisoblanadi. Maxmur bu tabibning qilmishlarini uning o’z tilidan yozilgan bir she’rida, ayniqsa, zo’revolyutsiya mahorat bilan ochib tashlaydi: (Оsha asar 209-bet (3). Shoir hakim Turobiy xaloyiqning bir jallodi ekanligini ko’rsatib, uning tilidan bunday deb yozadi: (4)
Feojalizm jamiyatda din ekspluatatorlar sinfi qo’lidagi asosiy qurollardan biri bo’lib, bu qurol orqali u keng mehnatkashlar ommosini johillik va qorono’ulikda tutar edi. Din ahllari ekspluatatorlarga xizmat qilar, ularga o’z zulm va talonchiligini keng ravishda davom ettirishga yordamlashar o’zlari ham xalq ommasini o’shalar bilan qo’shilib talar edilar.
Maxmur hajviy she’rlarining ko’pi an shunday «shariat homiylari qozilarni tanqid qilishga bao’ishlangan. Qozilar mamlakatda hukm chiqaruvchi va jazolovchi organlarni boshqarar va feodalizm tartiblarini himoya qilar, shariat qonunlarining amalga oshirilishini nazorat qilib turar edilar. Ular yirik feodallar huquqini himoya qilib, mehnatkash aholining feodalizm tartibidan noroziligini har turli hiylalar bilan bosib turishga intilar edilar. Maxmur ana shunday qozilar to’o’risida qator tanqidiy she’rlar yaratdi.
«Avsofi qozi Muhammad rajabi Avj» (Qozi Muhammadrajab Avj sifatlari) she’ri shu jumladandir.
Bu she’r Muhammadrajab qozini fosh etuvchi ikkinchi bir she’rning muqadimmasidir. Uning so’ngidan qozining o’z tilidan aytilgan ikkinchi bir she’r boshlanadi. Bu she’rda qozi o’z turmushi, shubhali ishlari haqida o’zi himoya qiladi.
She’r boshida qozini kishilar ko’ziga vahimali qilib ko’rsatuvchi salla uning muttahamligini, iflos kirdikorlarini xalq ko’zidan yashirib turuvchi vosita ekanini Maxmur qozining o’ziga iqror qildiradi:
Gohkim boshimda sallam bo’lmasa, uldam qarab,
Rasmi rohi tuhmatu shaltoq kirdorimni ko’r.
So’ngra qozining o’z mansabidan foydalanib, xalqni talash orqali qo’lga kiritgan boyligi to’o’risida so’z boradi. Bu qozining ochko’z, tekinxo’revolyutsiya, xalqni talash hisobiga yashovchi unsur ekanini ko’rsatib, shoir qozining tilidan shunday deydi. (Antologiya 202-bet).
Shoir an shunday kuchli ifodalarda bu qozining tepsa tebranmas, ochko’zligini o’azab bilan fosh etib tashlaydi. Unga xalqning la’natlarini yo’lladi. Shu bilan birga, shoir bu qozining tasvirini tasvirini mubolao’a to’la misralarda yuayon qilib, uning karikaturasini chizib beradi: (Antologiya 200-bet (1).
Shoir tanqid qilinuvchi qozining bo’yini «osmonga ustun» bo’ladigan darajadagi terak kabi uzunligini, uning har ikki oyoo’ining barmoo’ini kesib, Amudaryo va Sirdaryoga ko’proq yasash mumkin ekanligini aytadi. Bu mubolao’a ancha orginal bo’lib, shoirning hajv ob’ektiga nisbatan cheksiz nafratini bildirib turadi.
Maxmur karikaturasini davom ettirib, qozining savlatini bunday tasvirlaydi: (200-bet (2).
Qozilarning tashqi ko’rinishlarini shoir an shunday masxarali tasvirlaydi. Achchiq kulgi, kinoya, istehzo, o’azab shoirning ana shunday shaxslarga nisbatan yozgan she’rlarida ko’p uchraydi.
Shoirning «Dar sifati qozi xo’ja sagbon» (It boqar qozi sifati to’o’risida) deb yozilgan she’ri xarakterli.
Itlar ichida yurib, qozining ham itlarning odatini o’rganganini, ya’ni it kabi hurajagini shoir «bular afo’on gar etsa, men huraman» degan misra orqali ifodalaydi.
She’rda qozining jirkanch qiyofasi, jamiyat hayotidan ajralib qolgan hayvon qatori kishi ekani juda real tasvirlanadi.
Aslimi harchand odamzod derlar asli om,
Banda derlar kuchuku so’zimni yolo’on deb xama...
Nega kim men ham bajon itlarga boshu rahnoma
Kecha-kun mendin ayurmaslar padarxon deb hamo.
Ishimizdur bir tubanda, bir yaloqda boshimiz,
Bir katakda etamiz yo’ldoshu yoron deb hamo...
Maxmur satirasi faqat ayrim qozilar, boylar, xon amaldorlarigagina qarshi qaratilib qolmay, hatto xonlarning ham xalq ustidan yurgizgan qonli siyosatini qattiq qoralagan edi. Bu jihatldan uning Qo’qon xoni Olimxon vafotiga yozgan ikki she’ri, ayniqsa diqqatga sazovordir. Ma’lumki, o’zining mehnatkashlar boshiga solgan oo’ir kulfat va azoblari, haddan oshgan zulmi evaziga xalq tomonidan «Zolimxon» degan laqabni olgan edi. Ana shu Zolimxonning zolimligi va qonxo’rligi Maxmurning «Dar sifati amir Olimxon, tarixi o’! Deb yozilgan she’rida aniq ko’ga tashlanib turadi.
Maxmur bu xonning zulmini va u hukmronlik qilgan davrdagi xalqning oo’ir va musibatli turmushini tasvirlab, bunday deb yozadi:
Shohki, xislati o’ ma’ruf bud, ma’lum,
Sangdon zi haybati o’ megasht ob chun mum.
Dar davri revolyutsiyao’zo’orash on qohiri yagona,
Budand xalqi olam payvasta zoru mao’mum.
Tarjimasi:
Podshohkim uning xislati bilingan va ma’lum edi, Uning Xaybatidan sangdon mum kabi erib ketar edi. U yagona yozuvchining davrida olam xalqi, butkul zorlik va o’amginlikda edi.
Xalqning Olimxon zulmi ostida ovqat o’rniga zahar-zuqqum eganini shoir quyidagi misralarda tasvirlaydi.
Dar ahdi o’rkoe har luqmaski mexo’rd,
Bud on taom bar vay monandi zahri zaqqum, ya’ni
Uning zamonida aholi qanchaki luqma egan bo’lsa, o’sha taomlarning hammasi aholi uchun zahar-zaqqum edi.
Maxmur bunday zolimning jazolanishini istar, garchi uni kuch bilan ao’darib tashlash kerakligini mutlaqo tushunmasa-da, podshoh o’z jinoiy kirdikorlariga yarasha jazo tortishi kerak, deb o’ylar edi. Sh/u ham Olimxonning yovuz qilmishlariga yarasha jazo tortganini bunday hikoya qiladi:
Chun shud ziyoda az had buo’zi sharorati o’,
Dar boram xaloyiq az avliyo mazmum.
Nogoh qahri yazdon gardid musallati o’,
Yakbora soxt o’ra az mulku choh maxrum, ya’ni
U va uning hokimlarining xalkk nisbatan yovuzlik alangasi haddan oshib ketgandan so’ng, to’satdan xudoning qahri uning ustiga yopirilib, birdan mulk va podshohlikdan mahrum qildi.
Bu she’r, bir tomondan, zolim podshohning yovuz qiyofasini olib bersa, ikkinchi tomondan, boshqa zolimlarni ham o’z zulmiga yarasha jazo tortishidan ogohlantiradi. Bu fikrini shoir Olimxonning barcha shohlik davlati, askar va dabdabadan ayrilganini tasvirlash orkali beradi:
On lashkaru zalodast, on nusratu saodat
Dar yak nafas tamoman mavhum gasht, ma’lum.
Az shahri shosh omad zamon ro’yi bahri Sayhun,
Boyak tufang nogoh ma’lum gasht mavhum.
Tarjimasi: U lashkar va dabdaba, u o’alaba va saodat , Bir nafasda butunlay ishochsiz bo’ldi va yo’qolib bitdi. Shosh (Toshkent ) shahridan, Sirdaryo yoqasidan kelayotganda, bir to’fang o’qi bilan to’satdan yo’qolib, yo’q bo’lib ketdi.
Maxmur bu she’rida Olimxon vafotiga ta’rix yozadi. Maxmurning Olimxonga bo’lgan munosabatini aniqlash maqsadida uning bu podshoh vafotiga yozgan ikkinchi bir boshqa kichik she’rini ham keltirish mumkin. Bu she’r «Ta’rixi luvvumi amir Olimxon» (Amir Olimxonning ikkinchi tarixi) deb ataladi:
Podshoheroki darei sifatash koftam,
Tsuz xirod chize nadidam ruy az ona bartoftam.
Lek ba’daz maqtali o’ dar siyohi nomaash
«Zolimi mardum» tarixi vafotash yoftam. Tarjimasi:
U podshohningki sifat daryosini kavlab chiqdim, aqldan hech narsa topmagach, undan yuz o’girdim. Lekin u o’ldirilgandan so’ng uning qora yozmishida «La’natlangan zolim» deb, vafotining tarixini topdim.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, Maxmur o’z hajv nayzasini boylar, qozilar, xon amaldorlari va jamiyatdagi boshqa tekinxo’r elementlariga qaratish bilan cheklanib qolmadi, balki ularning boshlio’i va homiysi bo’lgan xon adresiga ham ana shunday o’azabli hajvlar yozib, uning zolimligi va yaramas qilmishlarini fosh qilib tashladi.
Maxmur satirik asarlari ma’lum syujet chizio’iga ega bo’lib, fikrni izchil davom ettirish kompozitsiyasi asosida qurilgan: bularda ma’lum bir epizodning boshlanishi, rivoji va oxiriga etishi emas, balki ob’ektning xususiyatlarini satirik tarzda ochish asosiy o’rin egallaydi. Bunga shoirning «Dar hajvi xo’ja Mir Asad» nomli kichik satirik hikoyasini misol qilib ko’rsatish mumkin.
Qasida umuman, biror hodisa, voqea, tarixiy shaxs va boshqalarni maqtash yoki tabiat manzaralarini tasvirlash maqsadida yozilar edi; Maxmur esa qasidalardan satirik ob’ektni tasvirlash uchun foydalanib satiraning janr jihatidan imkoniyatini kengaytirdi va boyitdi. Maxmur bu asarini ham mulammaot uslubida yaratib, undagi o’zbekcha va tojikcha misralarda satirik ob’ektning sirini fosh etdi, asl basharasini ochib tashladi va o’limtik xasis obrazini yaratdi.
Shoir asarida keltirilgan voqea quyidagicha: irik qahramon-shoirning o’zi Mir Asad dargohiga borganda, u erdan nolayu faryod ovozi eshitiladi, kishilarning biri yoqasini yirtib, biri esa boshini devorga urib yio’lar edi. Bu holning sababini so’raganda birov: