Guft: Ey shoiri Maxmur turo nest xobar? Xo’jai Mir Asad shud zi fano so’i baqo. Dedi: Ey hayrati, go’yo senga etmadi xobar? Xo’jamiz qildi fano mulkidin ohangi baqo,- deb javob beradi. Lirik qahramon-«men» bu holdan taajjublanadi, chunki u Xo’ja Mir Asadning ertalab otliq kezib yurganini ko’rgan edi. Biror kutilmagan, favqulodda hodisa bo’lib o’lgan degan qarorga kelib, o’limida ma’yuslangan bo’ladi va o’zining Xo’ja Mir Asadga bo’lgan munosabatini shunday ifoda etadi. Men kim ayladi ma’yus Asadning o’limi, Samoda, manzilu ma’vosini qil do’zaxaro... Yio’labon qullari birlan dedim, ey voh, xo’jam, Ketdi afsus o’lub, va’dasi yalo’on Asado... Vo dario’oki qayon ketdi o’shal mazhari jahl, Doo’, dardoki odam bo’ldi imom ul-juhalo... Shundan so’ng necha kun uning darvozasi yonida o’tirsa ham Mir Asadning o’ligini chiqarmadilar. Ehtimol uni uyida ko’mgan bo’lsalar kerak, deb shoir o’z uyiga qaytadi. Lekin bir kun yuo’lda otliq borayotgan Xo’ja Mir Asadni ko’rib qoladi: Necha kundan keyin oniki salomat ko’rdim, Dedim, ey xo’jam o’lgan, bu ahvol sango? Rosti birla boqib, menga dedi Xo’ja Asad, Botinim sirridin aylay senga bir lafz baj Dedi ul vaqtki daro’ohima bording ba tama’, Ketdi jonim xabaringni eshitib tandin aro... Ketdi deb to ki eshitdim seni mahrum negadin, Shul zamon ruh duyum bor menga berdi shifo. Shunday qilib tirilgan murda o’z sirini lirik qahramonga-shoirga aytadi. Shoir va’da qilingan narsani so’oaganida, Mir Asad kelgusi yil ekiladigan paxta hosilidan biror narsa berishga va’da qildi. Bunda tasvirlangan shaxs bir xabba (qatra) uchun jonini berishga tayyor turgan va shoirga va’da qilgan ozgina in’omni berishdan qutilish maqsadida o’zini o’ldiga chiqargan kishi, albatta, insonparvarlik, xususiyatidan ham, insoniy mehrevolyutsiya-muhabbat tuyo’usidan ham mahrum bo’lgan molparast shaxs obrazidir. Xasislar umumlashgan obrazi...
Dostları ilə paylaş: |