«MUNIS UL-UShShOQ» DEVONI
«Munis ul-ushshoq» devoni xaqida Muxammad Raximxon xkmronligining ettinchi yili (1813) Munis o’z she’rlarini to’plab, «Devon» tartib bera boshlaydi. Devonga kiritilgan she’r turlari va baytlarning soni xaqida shoirning o’zi «Munis ul-ushshoq»ning debochasida quyidagilarni yozadi:»... ¢arro qasidalar, dilkusho gazallar, fasoxotoyin tarkibbandlar, latofat ta’yin qit’alar, sharif musoddas va muxammaslar, latif ruboiy va muammolar, shirin masnaviy va tangin tuyuqlar va gayr taxminan olti ming baytdur».
Klassik poeziyaning xilma-xil turlari bo’yicha yaratilgan baytlarni o’z ichiga olgan ana shu «Munis ul-ushshoq» devonining qo’lyozma va ikki tosh bosma varianti bor. Hijriy 1297 yilda (melodiy 1879 yilda) Xevada «Matbaoi Xurshid»da nashr qilingan nusxaning xajmi 668 saxifadan iboratdir.
«Munis ul-ushshoq» devoni avtorining o’zbek adabiyoti xazinasiga qimmatbaxo durdonalar qo’shish yo’lida, she’r san’ati ustida qanday ishlanganini: she’rlarining tematik doirasini, goyaviy mazmunini, badiiy saviyasi qanday ekanini, klassiklardan yoki zamondoshlaridan kimlar unga ustodlik va xomiylik qilganini umumiy tarzda bulsa xam, shu devonning 18 she’rida ko’rish mumkin.
She’riyatga nixoyatda qiziqish, Nizomiy, Xisrav va Jomiy merosini o’rganish, Ansoriy, Hoqoniy merosidan fayz topish, Sa’diy va Anvariy asarlari bilan tabni ravshanlatish, Iroqiyning ishqiy baytlariga mexr qo’yish, edildan ma’no o’rganish, avoiy ruxini o’z ijodiga xomiy deb bilish va nixoyat o’z zamondoshi-ustozi Mavlona Kiromiy qo’lida tarbiyalanish Munisning shoirlikla kamol topishiga sabab bo’lgan edi: (Munis saylanma. T., ¢.¢. nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1980, 11-bet).
Ma’lumki, Munisning xayoti Xeva xonligida saroy doirasi bilan boglangan xolda o’tdi. Lekin u saroy muxitida yashagan bo’lsada, o’zining fikr-xayoli bilan xalq tomoniga intilib, ish olib borgan davrdan, Xukmron doiralardan norozi edi. U o’zining ana shu noroziligini ifodalovchi she’r va qit’alar yaratgan, ba’zan esa ishKiy lirik gazallari ichiga norozilik ruxidagi fikrlarini qistirib ketgan: Chunonchi Munis:
Ne muruvvat ko’z tutarsen charxi dundin kim, qilur,
Xasm otoni o’gluga, o’glin otodin boshqalab.
Baytida otani o’gilga va o’gilni otaga qarshi qilib qo’ygan «charxi dun» dan nolisa, quyidagi baytlarida kishilar o’rtasidagi oshnalik, vijdon va axdu paymon pul va davlat bilan o’lganini fosh etadi: mexnat va xunar axlining goyat xor-zor, aybsiz aybdor bo’lib qolganlariga qayguradi: (199-bet oshno).
Shoirning tojikcha gazallarining ayrim baytlarida xam shunday norozilik motivlarini uchratish mumkin:
Zabon ba kom kashidam ba muqtazam xomushi,
Vagarna shikvai ayyomro nixoya nadoram.
(sukut saqlab, tilimni tanglayimga tortdim, yo’ksa, zamonadan shikoyatlarimning oxiri yo’qdur).
Darin zamona tavoze’ nishonai xorist,
Madon zi xori takabbur guli tagofulimo
(Bu zamonado izzat-xurmat xorlik alomatidur. Ammo sen bizning kishilar ko’rib o’zini ko’rmaslikka solgan gulimizni takabburlik tikonidan deb bilma).
Shoir mexnatkash xalqni talab, qo’rqitib, «Xayvon kabi» (meira) semirib yurgan qozilardan, shafqatsiz va raxmsiz beklardan nafratlanadi. Ular maishat qilib semirganlari bilan bugun-erta o’lib ketib, qurtlarga em bo’ladilar, deydi:
Ko’p ebon xayvon kabi tanni semirturmoq nedur,
Kim bu kun yo tongladur aylar tanovul oni qurt.
Shoirning ta’biriga, qozining xam zo’r berib xalqdan mol yigishi do’zaxda o’z jonining yoqilish uchundir:
Jonni yoqarga do’zax aro jam etar o’tun,
Qoziki mol yigar etib mayli irtisho.
Beklarning esa muxtoj kishiga biror narsa in’om etib, ketidan maqtanib, minnat qilib yurishi saxiylikdan bo’lmaganidek, berganini qaytarib olishi xam nokaslikdirki, bunday qiligi uchun u la’natga sazovorldur:
Falonbek kim birovga qildi in’om,
Valekim ayladi izxori minnat.
Agar ul yona beklik etsa da’vo,
Qilur o’ziga bo’lmas ishni tuxmat.
Vagar bu nokas ul in’omin olsa,
Muningdek nokasi dunyoga la’nat.
Zoxid doimo «el saydi uchun» xar xil xiyla-nayranglar ishlatib yuradi:
Zoxid el sayxi uchun ko’rguzur afsunlarkim,
Oning oldida durur somiri andoxki buzov.
Nokaslardan in’om olgan zoxid o’sha nokaslarning manfaatini yoqlaydi, xalqqa xiyonat qiladi. Agar zoxidning zarracha uyati bo’lganda edi, bu uyat uni eritib, suv qilib yuborar edi:
Talashmoqdur ishing nokaslar in’omi uchun doimo,
Seni qilgay edi bo’lsa uyoting bu taloshdin suv.
Cheklangan dunyoqarashga ega bo’lgan shoir feodalizm tuzumining asl moxiyatini tushunib etmaydi. Sh/u shoir tuzumining xech o’zgarishsiz xalq manfaatiga xizmat qilishini istar edi. Buning uchun esa u xukmron doiralarning, ayniqsa, xonning ma’rifatparvar, xalqparvar kishi bo’lishi kifoya, deb bilar edi. Shu sababdan «shunday bir adolat qonuni tuzilsinki, zulm rasmi jaxonda qolmasin yo’qsa xalqqa qaratib yoqilgan zulm o’ti sho’’lasining tutuni bilan sening ro’zgoring xam qop-qora bo’lishi turgan gap; gariblarga vafo qilish beva-bechoralarni shodlantirish bilan davlating boqiy bo’ladi. Podshoxlik ne’matini topgan kishi ayni zamonda cho’ponlik xunarini xam kasb qilsin, gaar u raiyatga tishini qayraydigan bo’lsa, qo’yga qurt yopishganday bo’ladi»,-degan fikrlarni ilgari suradi.
Zulm o’tin, ey shox, yoqma xalq aro kim nogoxon,
Qilmagay ul sho’’la dudi ro’zgoring qop-qora.
Gar tilar sen joxu iqbolingni, ey shox mustadom,
Bevalarni shod tut, aytom boshini, siypalab.
Ey ki shaxlig ne’matin topling sho’zonlig pesha qil,
Tishni tez etma raoyoga nechukkim qo’yga qurt .
Munis «adolat mulkini tuzatib: o’z qo’l ostidagi fuqaroning och-to’qligidan xabardor bo’lgan xukmdorni shox deb biladi:
Shox uldurkim adolat mulkin tuzatib,
Bo’lsa gamgin fuqaro osiga, xurram to’qiga.
Is ta’lim usulidagi qiyinchiliklar, arab tilini tushunmaslik, qur’onni ko’r-ko’rona yod olishdagi sxolostika, «qiroatxonlik» to’grisida xam bosh qotiradi, bolalar va yoshlarning xat-savod chiqarishlarini, ilm o’rganishlarini bir qadar osonlashtirish maqsadida o’zining «Savodi ta’lim» yoki «Risolai savod» asari (1803 yilda yaratdi), Munisning «Munis ul-ushshoq» devolnining oxirida keltirilgan 250 misrali bu asari ikki qismdar iboratdir. Uning birinchi qismida xat-savodning madaniyat taraqqiyotidagi axamiyati uqtiriladi, il-donishmandlik xat orqali qogoz saxifalariga ko’chirilishi va yo’qolib ketmasligi ta’kidlanadi:
Har so’zki ko’ngildin o’ldi mavjud,
Xat bo’lmasa bo’lgay erdi nobud...
Bu nav’ buyurdi shoxi abror,
Kim ilm yori xatdur, ey yor.
Bas mundoq esa xat e’tibori,
Izzat darin och xat axli sori.
Shoir ilm toliblarini chiroyli yozishni o’rganishga, buning uchun qalam uchini yaxshi yo’nib, «Raqamlar»ni qogoz saxifalariga yaxshi tushirishga, «xatti xub»ga-xusnixatga e’tibor berishga undaydi:
Var yaxshi yo’nalmasa qalamlar,
Shak yo’qki yomon tushar raqamlar... (33-bet)
«Risolai savod»ning P qismida shoir xarflarning ta’rifi, shakli, imlosi to’grsida bir qancha maslaxatlar beradi. Masalan u arabcha xarflar bilan tanishtirar ekan, bolalarga savod o’rgatishda badiiy tasvirdan surat solish vositalaridan foydalanishning axamiyatini uqtiradi. Chunonchi u ( ) (q) xarfi xaqida, (l), (nu) xarflarini yozish va ularni payvandlash xaqida yozadi: (338-359 betlar).
«Munis ul-ushshoq»da xudo, paygambar va islom dini aqidalarini maqtab yozilgan anchagina she’rlar xam bor. Lekin shoir o’z e’tiqodi doirasida Xudoni zulmga qarshi dushman deb tushuntiradi va shu yo’l bilan o’z zamonidagi shoxlarni adolatga, elga raxmdil bo’lishga, «shoxi xaqiqiy»ning – (xudoning) jazosidan qo’rqishga chaqiradi:
Exson qil elga, ey shaxu, ogritma kimsani,
Kim neku badga shoxi xaqiqiy berur jazo.
Munis islom dini va uning shariat qoidalariga xam shu nuqtai nazaridan yondoshadi, ya’ni islomni xalq ogrigini engil qilishga moslashtirmoqchi bo’ladi. Shoir uning masjidi, shayxi va zoxidlarga xam e’tiqod qilmaydi: shayx-zoxidlarning riyo-nayranglaridan xazar qiladi: masjidda zoxidning kasofatidan, shayxning aldovidan qochib, mayxonaga borishni afzal ko’radi:
Masjidingda fayz yo’q, zoxid, xuzuringda futo’x,
Etkuzur soqiy futux el ko’ngliga mayxona fayz
Mayxona sari borki sharofatlar ondadur,
Masjidga kirma etgusi zoxid kasofati.
Borma masjid sori kim ro’y berur
Sanga yuz nav’ riyolar onda.
Shayxlar pandidin o’ldim tangdil,
Lutf ila bo’l dilkusho, ey mugbacho.
Munis ro’za xaqidagi ajoyib she’rida bu diniy urf-odatni qoralaydi, ro’za tuti salomatlikka zarar keltirishini uqtiradi: (Munis saylanma. 22-bet).
Shoir o’z devonini «Munis ul-ushshoq» deb atadi, chunki bu devondagi ko’pchilik she’rlar (gazallar) ishq-muxabbat temasidadir.
Shoir ishqiy gazallarida o’zini oshiqlarga «qiblanoma» deb ataydi: ma’shuqaning yuzini quyoshga, o’zini uning oldidagi zarraga tenglashtiradi: dilbarining jafokor emas, balki vafodor va raXmdil bo’lishini istaydi: dilbar sarv qomatining soyasini jannatdagi «tubo» (gUzal daraxtlardan va «xoni ko’yi»ni jannat gulshanidan ortiq deb biladi. Shoirning fikricha, muxabbat ikki tomondan bo’lmasa, ikki o’rtadagi mo’xabbat mo’’tadil rivoj topmaydi, balki baxt yo’liga gov bo’ladi. Ikkala tomonning xam sevishi va sevilishi ishqning asosiy shartidir.
Hamisha boshim urarman yo’ling sari sanamo,
Magarkim ishq aro bo’lmish men elga qiblanoma.
Ozaring gar bo’lmasa xusn avji uzra aftob,
Nechun olingda qilurmen zarra yanglig iztirob.
Soyai sarv qading tubodir ortiq dilbaro,
Hoki qo’ying gulshani jannatdin ortiq dilfirob.
Vafovu lutf ila Munisni xurram ayla mudom,
Jafovu javr ila ko’p qilding oni ozurda.
Muxabbat ikki yondin bo’lmasa qo’shish abas bo’lgay
Iloxi ul pari ko’nglini isga giriftor et.
«Munis ul-ushshoq» da she’r va shoirlar, adabiyot masalalari xaqida yozilgan ayrim baytlar va badiiy parchalarni xam uchratish mumkin. Munis yaxshi she’rni «seli xodisot»dan xam buzilmaydigan «maxkam imorat» bilan tenglashtiradi: uni kishining farzandidan xam afzalroq bo’lgan abadiy meros deb baxolaydi:
She’r-ul ne’mat erurkim, xar necha bazm etsalar.
Lazzati ortar dogi qadriga topmas nuqs rox.
She’r ul maxkam imoratdurki, seli xodisot
Aylamas xar necha bo’lsa tund bunyodin tabox.
Balki she’r afzaldurur farzandinkim she’rni,
Nasli baqidin baqologidur deraxli intibox.
Shoir she’rni jamiyatga ta’sir kuchi va tez tarqalishi jixatidan tigi dudomga (xanjarga) o’xshatadi:
She’r ul tigi dudamdurkim, jaxonni fatx etar...
Lekin Munis o’z davrida aksar shoirlarning, xuddi boshqa xunar axllari singari, xor-zorlikda yashaganin, odamlarning «simu zarga» berilib ketishi natijasida she’r va shoirga e’tibor berilmay qo’yilganini ko’radi:
Rivoji she’r umedin bu davr aro, Munis,
Ko’tarki, barchaga manzur simuzor o’ldi.
Munisni she’riyatda xar jixatdan ko’proq qiziqtirgan ustod-o’zbek xalqining genial shoiri Alisher Navoiy edi. Munis Alisher Navoiyni ma’nolar yo’lida o’ziga «pir»-buyuk ustod deb biladi:
So’z ichra avoiyni jaxongirdurur
Munisga maoniy yo’lida pir durur.
Shoir xalq uchun xizmat qilishda o’z zamonining Navoiysi bo’lishni istar edi. U xuddi shu niyatni ko’zda tutib, Muxammad Raximxonga yozgan bir qasidasida Navoiy darajasiga etish uchun o’ziga xomiylik qilishni so’raydi:
Bas erur, vojib sanga aylab xamisha tarbiyat,
Manki Munisman, mani qilmoq Navoiy dastgox.
Munisning Navoiy va uning merosiga qanchalik muxabbati borligini «Devon»dagi ko’pgina she’rlaridan anglab olish mumkin. Bu she’rlardan ma’lum bo’lishicha, Munis fikrni ta’sirchan, mukammal ifodalashda, so’z san’atini, vazn, qofiya va adabiy priyomlarni yaxshi bilishda Navoiy singari moxir bo’lishni istab, amalda, asosan, bir-biriga juda yaqin bo’lgan ikki yo’lni: a) Navoiy gazallariga muxammaslar boglash. b) Navoiy gazallariga naziralar aytish yo’llarini tutadi.
Xullas zo’r berib qilgan ijodiy mexnati natijasida is oddiy xavaskordan yirik adabigacha, oddiy kitobxondan tortib adabiyot axligacha manzur bo’ladigan baytlar yaratishga qodir bo’ladi, Misollar:
Shoirning tubandagi baytlari «talmex san’ati» (tasvirlanayotgan ob’ektga moslab bayt orasida biror xikoya yoki qissaga ishora qilib o’tish) bilan yaratilgan:
Nuri ruxsoring bo’lib, Yusuf jamoli ziynati,
Didam ya’qubga gardi quduming to’tiyo.
Balolar ichra kim solmish firoqing,
Erurmen sabr qilmoqlikka Ayyub.
Shoirning quyidagi misralari «tazmin san’ati» (o’z she’rining ta’sir kuchini yanada oshirish uchun biror mashxur shoirdan misra yoki bayt keltirish) bilan yaratilgan:
Ey qoshing mexrobi tarx aylab yangi oy xay’atin,
Vaqf ango qilmish maloyin xayli naqdi toatin.
Chun bu matla’ fikriga topdi xayolim extisos,
Ko’ngluma soldi xavas bu nav’ da’vi naxvatin.
Kim kishi bo’lgaymu kim, desa bu matla’ga ja
vob
Ko’rguzub arzi balogat ichra ta’bi xuddatin.
Munis o’quvchini qiziqtiradigan, tasvirlanayotgan ob’ekt xarakteriga mos tashbexlar xam ishlatgan:
Ozaringdur ganji xusnu onda zulfing ajdaxo,
Bo’lmadi bu ajdaxodin topgon ul gajing raxo.
Tazod:
O’ltururlar meni dam ko’zu qoshi talashib,
Tirguzurlar ikki jon baxsh dudoggi yarashib.
Xulosa...
TEKShIRISh SAVOLLARI
1. Munis ijodi bo’yitcha tadqiqotlar va ularning nomlari.
2. «Firdavsul-iqbol»-is xaqida ma’lumot beruvchi birinchi manba ekanligi.
Z. «Munis ul-ushshoq» devonining janri, mavzu doirasi.
4. She’rlarinig badiiyligi, tili, uslubi.
5 «Savodi ta’lim» masnaviysi, ma’rifiy-ta’limiy qimmati.
6. Munis-tarixchi, tarjimon.
TAYaNCh TUShUNChALAR
1. Munis-lirikasining ijtimoiy, axloqiy, estetik jixatlari.
2. Munis-ma’rifat targibotchisi.
3. Munisning «Firdavsul-iqbol» asarining ilmiy-tarixiy axamiyati.
Dostları ilə paylaş: |